Qoqsholga uchragan bemorlarni parvarish qilish. Bemorlarni deraza pardalari tushirilgan va xira yoritilgan alohida xonalarga yotqiziladi. Unda mutlaq osoyishtalikni saqlash kerak. Bu sharoitlarga amal qilmaslik talvasa xurujlariga sabab bo'ladi. Bemorlar organizmi anchagina suvsizlanib qolishi sababli ularga parenteral yoki tomchi-li huqnalarda 3—4 1 suyuqlik berilishi kerak. Bemorning qovug'i o'z-o'zidan bo'shalib turmasa, uretrani oldin anesteziya qilingandan so'ng (dikain, novokain, sovkain) siydikni kuniga 2 marta katetr bilan chiqarish kerak. Talvasa sindromi bor bemorlarning burniga kiritilgan doimiy ingichka zond orqali ovqatlantiriladi. Ovqatni suyuq holda kiritiladi. U yuqori kaloriyali va servitamin bo'lishi kerak. Sepsisdagi kabi, muntazam ravishda ich kelishi, vaqtida siydik ajralishi, badan terisining tozaligini kuzatib borish, yotoq yaralar, zotiljam kabilarning oldini olish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |