Anaerob infeksiya bilan kasallangan bemorlarni parvarisli qilish. Ular sepsis bo'lgan bemorlar kabi parvarishga muhtoj bo'ladilar. Palatada osoyishta sharoit yaratish va tinchlikka rioya qilish kerak. Uyqusizlikni davolash uchun uxlatadigan (lyuminal, noksiron), tinchlantiradigan (andaksin, brom, valeriana preparatlari), og'riq qoldiruvchi (sibazon, relanium, fentanil) buyuriladi.
Anaerob infeksiya boshqa bemorlarga oson yuqadi. Shuning uchun bemor alohida palatada yotishi kerak. Xizmatchi xodimlar bunday xonada maxsus xalat kiyadilar, ularning bu xalatlarida boshqa bemorlar yotgan xonalarga kirishi man qilinadi. Qo'lqop kiyib, fartuk taqadilar. Ishlatilgan bog'lov materiallarining hammasi yoqib tashlanadi. Bunday bemorlarga qarashda maxsus asboblar ishlatiladi, bu asboblarni har gal bog'lashdan keyin bo'lib-bo'lib qaynatib yoki quruq issiqlik bilan sterillanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |