Mahalliy yiringli infeksiyasi bo'lgan bemorlarni parvarish qilish. Chipqon (yuzadan tashqarida), gidradeniti, mil-kagi bo'lgan bemorlar odatda ambulatoriyada davolanadilar. Chipqon karbunkul, abssess va flegmonasi bo'lgan bemorlar shifoxonada yotib davolanadilar. Davolash yallig'lanish hola-tining turini hisobga olgan holda olib borilishi kerak. Aseptikaga qattiq amal qilish shart. Bog'lov materiali ishlatilgandan keyin kuydiriladi. Organizmning himoya kuchlarini oshirish uchun bemorga yuqori kaloriyali, turli-tuman va vitaminlangan ov-qatlar berilishi kerak. Xonalar yaxshi shamollatilishi lozim. Agar bo'limda bog'lov xonasi bitta bo'lsa, bu holda avval toza bog'lovlar, so'ngra yiringli bemorlarda bog'lovlar o'tkaziladi. Ish tugallangandan so'ng xona nam usulda tozalanadi va bak-teritsid lampalar bilan nurlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |