FUTBOL O’YININING VUJUDGA KELISHI VA RIVOJLANISH TARIXI
REJA:
KIRISH
1.BOB. Futbol o’yinining vujudga kelishi.
1.1. Futbol o’yinining ilk qoidalari va ularning tartiblanishi.
1.2. Futbolning rivojlanishi va musobaqalar tarixi.
2.BOB. O’zbekistonda futbolning rivojlanishi.
2.1. O‘zbekistonga futbolning kirib kelishi va rivojlanishi.
2.2. O’zbekistonda zamonaviy futbol.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Kurs ishining dolzarbligi: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2019- yil 13-fevralda tasdiqlangan 2019-2023-yillar davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ,,Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PF-5368-son Farmoni.1 Respublikada jismoniy tarbiya va sportni faol rivojlantirish aholini barcha qatlamlarini, ayniqsa yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb qilish, jamiyatda sog‘lom turmush tarzining foydasi va ustunligini keng targ‘ib qilish, mamlakatda yaratilgan jismoniy tarbiya sog‘lomlashtirish va sport infratuzilmasidan to‘loqonli va samarali foydalanishni taminlash, shuningdek, yanada takomillashtirish maqsadida ustuvor yo‘nalish va vazifa etib belgilandi.Sport bayramlari, musobaqalar va jismoniy mashg‘ulotlarning darsdan tashqari formalari uchun salomatlikni mustahkamlash, ish qobiliyatini saqlab qolish va yuksaltirish, badanni chiniqtirish va davolash, jismoniy hamda iroda sifatlarini tarbiyalash, shuningdek ma’lum harakatlarga o‘rgatish maqsadidagi faoliyatni mustaqil ravishda tashkil etish xarakterlidir.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgan davr mobaynida futbolchilar va trenerlarning bir necha avlodi almashdi. Terma jamoalar turli miqyosdagi xalqaro musobaqalarda ishtirok etib, muayyan yutuqlarga erishdilar. Mamlakatning ichki chempionati har yili muntazam ravishda o‘tkazib turiladi. Bolalar va o‘smirlar uchun mini futbol bo‘yicha ko‘pgina musobaqalar tashkil etilmoqda. Ayollar futboliga ham alohida e’tibor qaratilayotir.
O‘zbekistonda uyushgan holda futbol bilan shug’ullanuv-chilar 70000 dan ortiq, 320 dan ziyod futbol maktablari hamda maktab-internatlar mavjud; terma jamoalarni tayyorlash bo‘yicha yangi markazlar ochilmoqda, 3000 dan ortiq trenerlar o‘rta va oliy jismoniy tarbiya ma’lumotiga ega.
O‘zbekistonda zamonaviy futbol o‘tgan asrning boshla-rida paydo bo‘ldi va tezda mashhur o‘yinga aylandi. Uning rivojlanish joylari Farg’ona, Toshkent, Andijon, Qo‘qon va Samarqand edi.
Ilk bor futbolni Farg’ona shahrida o‘ynaganlar. Xuddi shu yerda 1911 yilning oxirida birinchi futbol jamoasi tashkil topgan.
Farg’onada tuzilgan futbol jamoalari soni 1912 yil avgustida «Futbolchilar jamoasi»ga birlashishga yo‘l berdi.
Kurs ishining maqsadi: Futbol sport turi haqida adabiyotlarni o’rganish va tahlil qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |