Flebit va tromboflebit. Flebit deganda venaning yallig'lanish holati tushuniladi, yallig'lanish venaning tashqi devoridan ham, ichki devoridan ham boshlanishi mumkin. Flebitga vena atrofidagi to'qimalarning yallig'lanishi shuningdek, venaga qilingan ba'zi bir dori moddalari (gipertonik eritmalar, antibotiklar, kalsiy xlor va hokazolar) yuborish sabab bo'ladi. Venaning yallig'lanish ta'sirida uning bo'shlig'ida qon iviydi (tromb), bu tromboflebitga olib keladi. Flebitlar va trombofebitlar qaysi vena yallig'lanishiga ko'ra yuza va chuqur bo'ladi. Ular to'qimalarning yiringlanishi bilan o'tishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |