Mavzu: Kvadrat tenglamalarni yechish.
Dars turi: aralash
Dars uslubi:
Darsning jihozi: 8-sinf algebra darsligi, elektron darslik. tarqatma-didaktik materiallar, Internet materiallari, qo'shimcha adabiyotlar, sinf doskasi
Darsning maqsadlari:
1.Ta’limiy: O’quvchilarga umumiy ko'rinishdagi kvadrat tenglama ildizlari formulasini o'rgatish, bu formulani kvadrat tenglamalarni yechishda qo'llay bilish ko’nikmalarini hosil qilish.
2.Tarbiyaviy: O’quvchilarni dunyoqarashini kengaytirish, ularni ajdodlarimiz merosiga hurmat va g'urur ruhida tarbiyalash.
3. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarning kvadrat tenglamalarni yechish ko'nikmalarini, mustaqillik, topqirlik, ziyraklik kabi xislatlarini rivojlantirish.
Darsni olib borish rejasi va vaqt taqsimoti
T/r
|
Dars jarayoni
|
Mo‘ljallan-gan vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
2 minut
|
2
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash, baholash ishlari
|
7 minut
|
3
|
Yangi mavzu bayoni
|
15 minut
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash va o‘zlashtirishni tekshirish
|
8 minut
|
5
|
Darsda mustaqil ish bajarish
|
10 minut
|
6
|
Darsni yakunlash va baholarni e’lon qilish
|
2 minut
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
1 minut
|
Darsning borishit
1. Tashkiliy qism
O’qituvchining darsni tashkil qilishdan oldin sinfning sanitariya ahvoliga e’tibori, sinfni darsga to‘laqonli tayyorgarligini ko‘rish, mavzu uchun o‘quv jihozlarining mavjudligini aniqlash.
2. O‘tilgan mavzuni takrorlash, baholash ishlari
1) O‘quvchilarga “Kvadrat ildizlar” bobi yuzasidan savollar berish, arifmetik kvadarat ildiz, darajaning, kopaytmaning va kasrning kvadrat ildizlari haqida so‘rash.
2) Yu vazifasini tekshirish va baholash.
3. Yangi mavzu bayoni
Bundan oldingi paragrafda kvadrat tenglamalarni to’la kvadratni ajratish usuli bilan yechish qaralgan edi. Shu usulni umumiy ko’rinisndagi kvatrat tenglamani yechish formulasini keltirib chiqarish uchun qo’llaymiz.
Umumiy ko’rinishdagi kvadrat tegnlamani qaraymiz:
ax2+bx+c=0, bunda a≠ 0
Tegnlamaning ikkala qismini a ga bo’lib,
x2+b/ax+ c/a
Kvadrat tenglamani hosil qilamiz.
Bu tenglamaning shaklini shunday almashtiramizki, uning chap qismida ikkihadning to’la kvadrati hosil bo'lsin:
x2+b/ax=-c/a
……………………………………………………..
X1,2 = (1)
Bu formula umumiy ko’rinishdagi kvadrat tenglama ildizlari formulasi deyiladi.
O'quvchilar bilan birgalikda darslikdagi 1,2-masalalar doskada yechib muhokama qilinadi. Yangi mavzuni tushuntirishda o;quvchilarning e'tibori kvadrat tenglama ildizlari mavjud va mavjud bo'lmagan hollarga qaratiladi.
4. Yangi mavzuni mustahkamlash va o'zlashtirishni tekshirish
Oquvchilar 3 guruhga ajratilib, har guruhga 5 tadan test savollari va 1 tadan kvadrat tenglama beriladi. Topshiriqlarning bajarilishi tekshirilib, yo'l qo'yilgan xato va kamchiliklar ko'rsatilib, ularni takrorlamaslik yuzasidan tegishli ko'rsatmalar beriladi.
5. Darsda mustaqil ish bajarish
1) O‘tilgan mavzuni o‘quvchilar yanada yaxshiroq o‘zlashtirishlari uchun ularga mustaqil ish sifatida darslikdan mustaqil ishlash uchun 315,316-misollar beriladi.
2) O‘quvchilarning bajargan ishlari tekshirilib yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatiladi.
6. Darsni yakunlash va baholarni e’lon qilish
a) Mavzu o‘zlashtirilganligiga ishonch hosil qilish
b) Yaxshi natija ko‘rsatgan o‘quvchilarni ma’naviy rag‘-batlantirish
c) Baholash, dars samaradorligini aniqlash
7. Uyga vazifa
1) O‘tilganlarni takrorlash
2) 322-misol (darslikdan).
Do'stlaringiz bilan baham: |