Muomalaga qo‘shimcha pullarni chiqarish hisobiga davlat byudjeti taqchilligini qoplanishi iqtisodiyotda tovar va pul massasi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ya’ni, pul massasi tovar massasiga nisbatan ortib ketadi, bunday holatda milliy valyutaning sotib olish qobiliyati pasayadi va inflyatsiya darajasining ortishiga sabab bo‘ladi. Markaziy bankning krediti davlat byudjeti taqchilligini qoplashning boshqa manbalariga nisbatan bir muncha samaraliroq hisoblanadi, lekin Markaziy bank tomonidan berilgan kreditlar asosan 3 oy muddatga berilib, ushbu muddatdan ortib ketishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |