Kredit munosabatlarini tartibga soluvchi asosiy hujjat ular o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasi hisoblanadi. Bank kreditlari xo‘jalik yurituvchi subyektlarning takror ishlab chiqarish jarayonini to‘xtovsizligini ta’minlashga va oborot mablag‘- larining hajmini oshirishga yo‘naltiriladi. Bank kreditlari muddati jihatidan qisqa va uzoq muddatlarga guruhlanadi. Bank kreditining asosiy turlaridan biri banklararo kredit hisoblanadi, ushbu kreditni banklar bir – biriga berishadi. Banklararo kreditlar bankning vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘laridan samarali foydalanish, o‘zaro likvidlikni ta’minlash maqsadida beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |