Davlat byudjeti taqchilligini qoplashda xalqaro kredit va xorijiy mamlakatlarning moliyaviy yordamini olish doimo ham ijobiy natijalarni bermaydi. Chunki, kreditor mamlakat qarz oluvchi mamlakatga qator shartlarni qo‘yadi. Ayrim holatlarda kreditlar berish orqali kreditor mamlakat siyosiy va iqtisodiy taziyq o‘tkazish holatlari ham amaliyotda uchrab turadi. Shuning uchun davlat byudjetining taqchilligini qoplashning eng qulay usuli davlatning qimmatli qog‘ozlarni yuridik va jismoniy shaxslarga sotish orqali kredit olishi hisoblanadi. Shu bilan birga, alohida ta’kidlash lozimki, davlat krediti faqatgina byudjet taqchilligini qoplash uchun emas, balki iqtisodiyotni tiklash , mamlakatda ijtimoiy – iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan qurilish ishlarini bajarish yoki sanoat tarmoqlarining alohida sohalarini rivojlantirish uchun uzoq muddatlarga olinishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |