Мавзу: Кредит шакллари, турлари ва уларни келгусида ривожлантириш истиқболлари


Kredit portfelini shakllantirishning ahamiyati va zaruriyati



Download 1,16 Mb.
bet18/33
Sana28.03.2023
Hajmi1,16 Mb.
#922456
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33
Bog'liq
Ìàâçó Êðåäèò øàêëëàðè, òóðëàðè âà óëàðíè êåëãóñèäà ðèâîæëàíòèðè

Kredit portfelini shakllantirishning ahamiyati va zaruriyati.

Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda tijorat banklarining kredit siyosatiga, ularning kredit portfeli va uning sifatiga, undan foydalanish darajasiga katta e’tibor beriladi. Chunki, kredit portfelining to’g’ri tashkil qilinishi banklarning samarali faoliyat yuritayotganligidan dalolat beradi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh etish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida»gi Farmonida bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish, tijorat banklarining mustaqilligini oshirish, banklar hamda ularning mijozlari o’rtasidagi o’zaro manfaatli sheriklik munosabatlarini shakllantirish, bank aktivlari, shu jumladan, kredit portfelini shakllantirish bilan bog’liq xatarlarni boshqarish kabi vazifalarni tijorat banki rahbariyati zimmasiga yuklash va uning vakolatiga kiritish ta’kidlab o’tilgan. Bundan ko’rinib turibdiki, banklar kredit portfelining samarali boshqarilishi, avvalambor bank rahbariyatiga bog’liqdir.
Tijorat banklari kredit portfelini boshqarishning asosiy vazifalari qo’yidagilardan iborat bo’lishi, bank faoliyatida yuzaga keluvchi xatarlarni boshqarishda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Bular:

  • kredit xatari darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni aniqlash va ularni baholash;

  • ssudalarni xatar guruhlari bo’yicha tasniflash;

  • kredit portfelini kredit xatari, mijozlar tarkibi va ssudalar tarkibi bo’yicha ma’qullashtirish;

  • kredit xatarini prognoz qilish maqsadida qarz oluvchining kreditga layoqatlilik darajasini va uning moliyaviy ahvoli o’zgarishi ehtimolini aniqlash;

  • muammoli ssudalarni oldindan aniqlash;

  • yaratilayotgan zahiralarni yetarliligini baholash va uni o’z vaqtida ta’minlab borish;

  • kredit qo’yilmalarini diversifikasiya qilish, ularning likvidliligini va daromadliligini ta’minlash;

  • bankning kredit siyosatini ishlab chiqish va uni kredit portfelining sifatli tahliliga asoslangan holda yuritishdan iborat.

Bank kredit portfelining monitoringini o’tkazish orqali kredit portfelini
holatiga baho berish mumkin.
Bank kredit portfeli monitoringi - bu kredit resurslarini rasional joylashtirish va undan samarali foydalanish hamda berilgan kreditlar va ular bo’yicha hisoblangan foizlarni o’z vaqtida undirib olishni ta’minlashga yo’naltirilgan bilimlar, uslublar va chora-tadbirlar majmuasidan iborat.
Hozirgi paytda iqtisodiyotni rivojlantirishga yo’naltirilayotgan bank kreditlar hajmi oshishi, bank kreditlaridan foydalanayotgan turli mulkchilik va xo’jalik yuritish shaklidagi mijozlar miqdori ko’payishi va banklar tomonidan berilayotgan kreditlarni oqilona joylashtirish va ular samaradorligini oshirish, berilgan kreditlar hamda ular bo’yicha hisoblangan foizlarni o’z vaqtida undirib olishni ta’minlash banklar kredit portfeli ustidan doimiy monitoring olib borishni talab etmoqda.
Bank kredit portfeli monitoringi jarayoni to’rt bosqichdan iborat:

  • kreditlarni rasmiylashtirishning qonuniyligi va to’g’riligini nazorat etish;

  • berilayotgan kreditlarning maqsadga muvofiq ishlatilishini ta’minlash va nazorat etish;

  • qarzdorning va kafolat beruvchining moliyaviy holatini, garovga olingan

mulkning butligini doimiy kuzatib borish hamda kredit va u bo’yicha hisoblangan foizlarning belgilangan grafik asosida undirilishini nazorat qilish;

  • kredit va u bo’yicha hisoblangan foizlarni shartnomada belgilangan muddatlarda to’liq undirib olishni ta’minlash, o’z vaqtida undirilmagan taqdirda zudlik bilan keskin chora-tadbirlar belgilash.

Kreditlarni rasmiylashtirishning dastlabki bosqichida, avvalo mijozning taqdim etgan biznes-rejasi bilan birgalikda uning moliyaviy ahvolini chuqur tahlil etish lozim.
Kreditni rasmiylashtirish jarayonida mijozning moliyaviy ahvolini o’rganish bilan birga, kreditning ta’minot obyektini chuqur tahlil etish ham muhim ahamiyatga ega. Agar kredit ta’minoti sifatida uchinchi shaxslarning kafolati taqdim etilgan bo’lsa, bu shaxslarning moliyaviy holati chuqur tahlil etilishi lozim va qarzdor tomonidan ba’zi bir sabablarga ko’ra kreditni o’z vaqtida qaytarishda qiyinchiliklar tug’ilgan paytda ushbu kreditni kafolat beruvchi shaxsdan undirib olishga shubha bo’lmagan taqdirdagina, kafolatni kredit ta’minoti sifatida qabul qilish mumkin.
Agar kredit ta’minoti sifatida ko’chmas yoki ko’chadigan mulklarni garovgv qo’yish taklif etilsa, kredit vaqtida qaytarilmagan taqdirda, ushbu mulklarni tezlikda sotib, unlan tushgan tushumdan kredit va hisoblangan foizlarni to’liq undirib olishga shubha bo’lmagan taqdirdagina, qabul kilish maqsadga muvofiqdir. Kreditni rasmiylashtirishda undan foydalanish muddatini to’g’ri belgilash ham juda muhimdir. Chakana savdo korxonalariga tovarlarning oldi-sotdi operasiyalari uchun berilayotgan qisqa muddatli kreditlarning muddati 1-2 oydan ortiq bo’lmasligi maqsadga muvofiqdir. Chunki, bunday korxonalarda tovar aylanishi tez sodir bo’ladi va kreditni so’ndirish, kreditga olingan tovarlarning sotishdash tushayotgan kunlik tushum miqdorida har kuni amalga oshirilmog’i lozim. Kredit va ular bo’yicha hisoblangan foizlar o’z vaqtida to’liq undirib olingandan so’ng yana kreditga talab bo’lsa, yangidan kreditni rasmiylashtirish mumkin. Kredit rasmiylashtirilgandan so’ng, uning maqsadli ishlatilishini nazorat etish kerak.
Bank kredit portfelini tahlil etishning asosiy bosqichlari 4- jadvalda ko’rsatib o’tilgan.
4-jadval
Bank kredit portfelini tahlil etishning asosiy bosqichlari




Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish