Bog'liq Ìàâçó Êðåäèò øàêëëàðè, òóðëàðè âà óëàðíè êåëãóñèäà ðèâîæëàíòèðè
II BOB. KREDIT SIYoSATINING MOHIYaTI VA MAZMUNI Kredit siyosatining maqsadi va strategiyasi.
O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2000 yil 2 martdagi «Tijorat banklari kredit siyosatiga qo’yiladigan talablar to’g’risida»gi Nizomiga asosan, bankning kredit siyostiga qo’yidagicha ta’rif beriladi: Bank kredit siyosati - kreditlash jarayonida yuzaga keluvchi risklari boshqarishda bank rahbariyati tomonidan qabul qilinadigan choralar va uslublarni belgilovchi hamda bank rahbariyati va xodimlari kreditlash portfelini samarali boshqarishga doir ko’rsatmalar bilan ta’minlovchi hujjatdir. Kredit siyosati bankning kredit faoliyati maqsadlarini ko’rsatishi va aniqlab berishi shart. Tijorat banklarining kredit siyosati kredit menejmentini samarali olib borishning asosi hisoblanadi. Bu siyosat bank xodimlarining kredit berish, bankning kredit portfelini boshqarish bilan bog’liq obyektiv standartlarini va mezonlarini aniqlab beradi. Tijorat banklari kredit siyosati hujjat sifatida ishlab chiqiladi va bank Kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Har bir bank o’z kredit siyosatini ishlab chiqishi va amalga joriy etishi lozim. Kredit siyosatini ishlab chiqish va ijro etish yuzasidan javobgarlik bank Kengashi va Boshqaruvi a’zolari, bankning boshqa mansabdor shaxslariga yuklatiladi. Bankning kredit siyosati uning joriy bank strategiyasi va iqtisodiy holatiga muvofiqligini ta’minlash uchun bank Kengashi tomonidan yiliga bir marta tegishli yilning 1 fevraligacha bo’lgan muddatda ko’rib chiqilishi va tasdiqlanishi kerak. Bank kredit siyosatining mazmuni qo’yidagilardan iborat:
bank kredit portfelini aniqlash va shakllantirish (kredit turlari, qoplash
muddatlari, miqdori va sifati) bilan bog’liq masalalar;
bank raisining kredit faoliyati uchun javob beradigan o’rinbosari, kredit qo’mitasi raisi va kredit inspektoriga yuklangan vakolatlar ro’yxati;
bankning kredit berish sohasidagi huquqlari va axborot taqdim etish
kredit arizasiga ilova qilinadigan zaruriy hujjatlar va kredit ishida albatta saqlanadigan hujjatlar ro’yxati;
kredit ishlari saqlanishi va tekshirilishi uchun kim javobgarligi, kim va qanday holatda ularni olish huquqiga egaligi to’g’risidagi batafsil ma’lumotlar;
kreditning ta’minlanganligi va uni qabul kilish, baholash va amalga
barcha kreditlar sifatini belgilaydigan me’yorlar bayoni;
eng yuqori kredit imtiyozlarini belgilash va ko’rsatish;
bank xizmat ko’rsatadigan mintaqa, kredit qo’yilmalarining asosiy qismi joriy etiladigan tarmoq, iqtisodiyot sohasi yoki sektori;
muammoli kreditlar tarkibi va tahlili, bunda muammolarni qanday hal etilishi ehtimollari ko’rsatiladi.
Odatda tijorat bankining kredit siyosati yo’nalishlari ko’yidagilardan iborat: bank o’rni va obro’sini moliyaviy barqaror banklar singari yaxshilash;
O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki normativlariga muvofiq darajada o’z kapitalining yetarliligini ta’minlash;
bankning samaradorligi va barqarorligini inobatga olgan holda uning daromadlarining maksimallashuvini ta’minlovchi aniq kredit va investisiya siyosatini o’tkazish; strategik jihatdan muhim bo’lgan shahar rayonlarida yangi omonat kassalarini ochish bilan bog’liq bo’lgan tarmoqni kengaytirish. Kredit siyosatining asosiy tamoyillari: В kreditlash to’g’risida qaror qabul qilishning barcha darajalari bo’yicha javobgarlikni taqsimlash; В bank tomonidan amalga oshiriladigan kredit operasiyalari uchun aniq belgilangan shartlarning mavjudligi; В maxsus kreditlash tamoyillari - muddatlilik, to’lovlilik, qaytarib berishlilik, ta’minlanganlik va maqsadlilik asosida beriladigan kreditlarni majburiy nazorat qilish; В bank boshqaruvining umumiy siyosati bilan maxsus faoliyat yo’nalishi siyosatining uzviy bog’liqligi. Xulosa qilib aytganda, tijorat bankining kredit siyosati bankning kreditlashni amalga oshirishdagi maqsadi va strategiyasini, kredit berish jarayonida bank xodimlari vakolat darajasi va mas’uliyatini, tijorat banki tomonidan beriladigan kreditlarning turlari va toifasi, bank krediti yo’naltiriladigan iqtisodiyot sohalarini belgilab olish, kreditlash usullari, kreditlash ko’rsatkichlari, kreditlarni qaytarib to’lash shartlari va qoidalari, kreditning muddati, qarzdorlikni undirib olish bo’yicha chora-tadbirlar, yuridik va jismoniy shaxslarning moliyaviy hisobotlariga qo’yiladigan talablar, mijozning kreditga layoqatlilik ko’rsatkichlari to’g’risidagi ma’lumotlarni o’zida ifoda qiluvchi qarzdorlarning faoliyatiga doir moliyaviy axborotlar, garov ta’minotiga qo’yiladigan talablar, kredit monitoringiga qo’yiladigan talablar, foiz stavkalari bo’yicha bajariladigan operasiyalar, ko’zda tutilmagan holatlar moddalari, kredit portfelini audit qilish bo’yicha talablar bank boshqaruvi va kengashiga taqdim qilinadigan hisobotlar bo’yicha talablarni o’zida ifoda qilishi lozim.