Мавзу: Кредит шакллари, турлари ва уларни келгусида ривожлантириш истиқболлари


Tijorat banklari kredit siyosatini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari



Download 1,16 Mb.
bet17/33
Sana28.03.2023
Hajmi1,16 Mb.
#922456
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33
Bog'liq
Ìàâçó Êðåäèò øàêëëàðè, òóðëàðè âà óëàðíè êåëãóñèäà ðèâîæëàíòèðè

Tijorat banklari kredit siyosatini amalga oshirishning asosiy yo’nalishlari.

Tijorat banklarining kredit siyosatini amalga oshirish amaliyotining asasiy yo’nalishlari:

  1. Bank tomonidan berilgan kreditlarning iqtisodiyotning tarmoqlari o’rtasida joylashtirilganlik holati. Ushbu yo’nalishning ahamiyati, kredit portfelini diversifikasiya qilishning asosiy mezonlaridan biri - kreditlarni mijozlarning tarmoq xususiyatiga qarab joylashtirilganligidir.

  2. Tijorat banki tomonidan berilayotgan qisqa va uzoq muddatli kreditlarning o’zaro nisbati. Inflyasiya darajasi nisbatan yuqori bo’lmagan va barqaror bo’lgan sharoitda uzoq muddatli kreditlar hajmini oshirish bank daromad bazasini mustahkamlashning asosiy belgilaridan biri sanaladi.

  3. Bank tomonidan berilgan jami kreditlar hajmida muddati o’tgan kreditlar salmog’i o’zgarishi.

  4. Kreditlardan olingan foizli daromadlarning jami foizli daromadlar hajmidagi salmog’ining barqarorligini ta’minlash.

  5. Kreditlash shartlaridan foydalanish darajasi.

  6. Foizlarni o’stirmaslik maqomiga ega bo’lgan kreditlar va ularga hisoblangan foizlar miqdorining o’zgarishi.

  7. Banklarning kreditlash faoliyatida garov obyektlaridan foydalanish

samaradorligi.

  1. Tijorat banklarining yetarli darajada barqaror resurs manbalariga ega ekanligi.

Kredit siyosatining birinchi navbatdagi maqsadi mijozlarning bank kreditlariga bo’lgan ehtiyojlarini qondirish, bankning o’z va jalb qilingan mablag’larini qulay shart-sharoitlarda joylashtirish orqali daromadliligini oshirish, bank aksiyadorlarining yuqori daromad olishlarini ta’minlash, likvidlik ko’rsatkichlarini me’yor talablari darajasida ushlab turish, kredit portfelini diversifikasiyalash orqali tavakkalchiliklar (risklar)ni kamaytirish, kreditlash jarayonlarida qonun va me’yoriy huquqiy hujjatlarga rioya qilinishini ta’minlashdan iboratdir.
Tijorat banklari (odatda) faol kredit siyosatini amalga oshirib, istiqbolli investision loyihalarni moliyalashtirish orqali o’z resurslarini samarali joylashtiradi. Bundan tashqari import mahsulotlarini o’rnini bosadigan va eksportga yo’naltirilgan mahsulotlar, xalq iste’mol mollari, korxona tashkilotlarining moliyaviy holatini sog’lomlashtirish bo’yicha loyihalarni moliyalashtiradi.
Tijorat banklarining investision faoliyati davomida moliyaviy loyihalarni moliyalashtirish sohasida kichik biznes subyektlarini qo’llab-quvvatlash, shuningdek loyihalarni chet el valyutasida moliyalashtirishni ko’zda tutgan. Buning natijasida tijorat banklarining investision portfeli yangi sifat darajasiga ko’tariladi va loyihalar bo’yicha xatarlarni baholashning aniq darajasi va ekspertiza sifati oshiriladi.
Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarni kreditlash, o’z kredit siyosatlari asosida to’lovlilik, qaytarishlilik, muddatlilik, ta’minlanganlik va ajratilgan mablag’larni maqsadga muvofiq ishlatishlik tamoyillariga muvofiq ravishda olib boradi.
Kreditlar, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, barcha turdagi subyektlarga ajratiladi va shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Tijorat banklarining filiallari kredit siyosati talablaridan kelib chiqqan holda kredit oluvchilar bilan munosabatlarini mustaqil ravishda tartibga soladilar hamda kreditlash obyektlari va u bilan bog’liq tadbirlarda mustaqil ish yuritadilar.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, kredit siyosati bankning o’ziga xos “kredit tili”ni yaratadi va u bank faoliyati yomonlashganda hamda kredit vakolatlari va majburiyatlari o’zgarganda huquqni saqlab qolish uchun katta ahamiyat kasb etadi. Qat’iy siyosat asosida berilgan bank umumiy kreditlash faoliyatining rivojlanishi va kreditlarning samarali ishlatilishi uchun zamin yaratadi. Kredit siyosati qoidalariga rioya etish bankning asosiy maqsadlari: foyda olishni ta’minlash, risklarni boshqarish bank faoliyati me’yorlariga rioya etishga erishish imkonini beradi.
Kredit siyosatining mavjudligi, eng muhimi - barcha darajalarda ishlab chiqilgan siyosatga rioya etish bank ssuda portfelini sifatli boshqarish uchun asos bo’ladi. Bu esa o’z navbatida, uning qarzdorlari va aksiyadorlari foydasini ko’paytiradi va faravonligini oshiradi.III BOB. KREDIT PORTFELINI ShAKLLANTIRISh VA UNING TAHLILI.


    1. Download 1,16 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish