Jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, Mikrokreditbank jamg’arma mablag’lari hisobidan 332 ta kichik biznes subyektlariga jami 282,1 mln.so’m va dehqon va fermer xo’jiliklarini qo’llab-quvvatlash jamg’armasi tomonidan 24 ta kichik biznes subyektlariga 56,7 mln.so’m hajmida boshlang’ich sarmoya shaklida kreditlar ajratilgan.
(6-diagrammaga qaralsin.)
6- diagramma
Бюджетдан ташкари жамгармалар хисобидан кичик бизнес
субъектларига бошлангич сармоя шаклида ажратилган кредитлар
тугрисида маълумот
□ Микрокредитбанк жамгарма маблаги хисобидан
□ шу жумладан дехкон ва фермер хужаликларига
Xulosa tarzida aytish mumkinki, tijorat banki tomonidan joriy yilda ham asosiy maqsadni mamlakatimiz iqtisodiyotining asosini tashkil etayotgan xususiy mulk zamirida faoliyat yuritayotgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik suyuyektlariga mikromoliyaviy xizmatlar ko’rsatish ko’lamini kengaytirishga qaratilmoqda.
Shu bilan birga, fermerlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, oilaviy biznes va kasanachilikni faollashtirishga ham alohida e’tibor berilib, aholini qator mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |