O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
Biologiya ta’lim yo’nalishi 1-kurs, 19.58-guruh talabasi
RAVSHANOV MUHAMMADJON SHERALI O`G`LINING
«QIRQBO’G’IMTOIFA O’SIMLIKLAR»
mavzusidagi
Kurs ishi
Kurs ishi rahbari: botanika kafedrasi katta o`qituvchisi M.DAVIDOV
Farg’ona – 2020
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O`zbekiston florasi ko`plab foydali, dorivor, efir moyli va manzarali o`simlik turlariga boyligi bilan boshqa floralardan ajralib turadi. Aksariyat o`simlik turlari meditsinada, kulinariyada, ko`kalamzorlashtirish va shu boshqa sohalarda keng ishlatiladi. Biroq, O`zbekiston florasidagi foydali ahamiyatga ega o`simlik turlari, turkumlari va oilalari hali to`la to`kis o`rganilgan emas. Kishilarning kundalik hayotida yoki ishlab chiqarishning ayrim tarmoqlarida mahalliy bioxilma-xillikdagi ko`plab o`simlik turlari hali o`z o`rnini topgani yo`q. Yana bir faktni aytish mumkinki, dunyo florasidagi 300 000 dan ortiq o`simlik turlaridan faqatgina 2500 ga yaqin o`simlik turlari odamlarning kundalik turmush tarzida u yoki bu darajada ishlatiladi, xalos.
O`zbekiston xududida 4300 ga yaqin o`simlik turlari tabiiy sharoitda yovvoyi holda uchraydi. Ulardan 120 ga yaqin turlar rasmiy ravishda farmakologiya ro`yhatidan o`tgan turlar hisoblanadi. Olimlarning ma‘lumotlariga ko`ra, O`zbekiston florasidagi 2000 ga yaqin o`simlik turlari halq tabobatida turli darajada ishlatiladi, xalos. Qolgan o`simlik turlarining foydalilik xususiyatlari yoki ularni kundalik turmushda ishlatilishi borasidagi ma‘lumotlar yetarli darajada emas.
Bunday holat mahalliy biologik xilma-xillik ob‘ektlarini yanada ko`proq o`rganish lozimligini belgilaydi. Flora tarkibini, ayniqsa mavjud oilalarning sistematik va floristik nuqtai nazardan o`rganish va uning keng ko`lamli tahlilini amalga oshirish bu botanika fanining dolzarb mavzulardan biri bo`lib qolmoqda. Ayniqsa, aholi o`ta zich joylashgan va kishilarning kundalik turmush tarzi atrof muhitga ta‘sir ko`rsatishi bilan qattiq bog`liq bo`lgan xududlarda bunday tadqiqotlarning nafaqat ilmiy, balki amaliy ahamiyati yanada yuqori bo`lib bormoqda.
.
Mavzuning o`rganilganlik darajasi. O`zbekistonda olib borilgan botanik izlanishlar ichida aynan Qirqbog’imtoifa o’simliklarga bag`ishlangan ilmiy tadqiqotlar, manbalar va ilmiy adabiyotlarning, shuningdek, oilaning turlari ro`yhatini tuzilmaganligi mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Kurs ishining maqsadi. O`zbekistonda tarqalgan Qirqbog’imtoifaga mansub o`simliklarining zamonaviy holati, o`simlik jamoalarining xilma-xilligi, tur tarkibi, turlar morfologiyasi, tarqalish mintaqalari, hayotiy shakllari, xalq xo`jaligi va xalq tabobati hamda ilmiy meditsinada qo`llanilish usullarini o`rganish.
Kurs ishining vazifalari:
─ Qirqbog’imtoifaga umumiy tavsif;
─ Qirqbog’imtoifa zamonaviy holatini o`rganish;
─ Qirqbog’imtoifa turlar tarkibini aniqlash, kamyob va endem turlarning kamyoblik maqomini o`rganish
─ ayrim vakillarining morfologiyasini, bioekologik xususiyatlarini o’rganish;
─ taksonomik tahlil;
─ hayotiy shakllari va tarqalish mintaqalarini yoritib berish;
─ xalq xo`jaligi va tabobatda ahamiyatini o`rganish;
Kurs ishining ob`ekti: O`zbekistonda tarqalgan Qirqbog’imtoifa vakillari
Kurs ishi quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi:
Klassik floristik, solishtirma-morfologik, floristikaning solishtirma-geografik usullari, O`zbekiston florasi, O`rta Osiyo o`simliklari aniqlagichi, O‘zbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ni tahlil qilish va kuzatishlarimizga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |