Mavzu; Korxonada strategik marketingni roli va uni boshqarish masalalari Mundarija Kirish Reja; I bob. Korxonada marketingni ro’li


Xulosa…………………………………………………………………………



Download 0,81 Mb.
bet2/15
Sana30.12.2021
Hajmi0,81 Mb.
#89622
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
мусинов с

Xulosa………………………………………………………………………….

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati…………………………………………….

KIRISH
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini samarali tashkil qilish va ulardagi iqtisodiy munosabatlarni bozor iqtisodiyoti talablariga moslashtirish zaruratini keltirib chiqaradi.
Iqtisodiyotni bozor tamoyillari asosida tartibga solishning bugungi bosqichida to‘g‘ridan to‘g‘ri tovar ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish, sotish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bunda korxonaning faoliyati bozorni o'rganish, tadqiq qilish, ishlab chiqargan mahsulotlarining reklamasini uyushtirish, tovarni to iste’molchi qo'liga yetib borgunga qadar boigan barcha bosqichlarda qatnashishdan iborat bo‘ladi.
Hozirga kelib respublikamizdagi marketing faoliyati ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish bilan cheklanmagan holda iste’molchilarning
ehtiyoj va talablarini jiddiy o‘rganish va tezkor moslashishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi. Iste’molchilarning tobora o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirish marketing va bozor iqtisodiyotining o'zagidir. Marketing, bir tomondan, bozorni, talab, didlar va ehtiyojlarni mukammal va har taraflama o‘rganishni; ishlab chiqarishni talabga yo‘naltirishni; boshqa tomondan, bozorga mavjud talabni, ehtiyojlarni va iste’molchilar ustunliklarining shakllanishiga faol ta’sir etishni ko‘zda tutadi.
Yurtimizda yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar iqtisodiyotni yanada
rivojlantirish imkonini bermoqda. Bu borada mamlakatimiz Prezidenti ta’kidlaganlaridek: «Mamlakatimizda iste’mol tovarlari ishlab chiqarishni tubdan oshirish bo‘yicha o‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar ham
amaliy samarasini bermoqda. 0 ‘tgan yilda ana shunday tovarlar ishlab
chiqarishning o‘sish hajmi 14,4 foizni tashkil etdi va yalpi sanoat hajmida
ularning ulushi 35,5 foizga yetdi. Bunday tovarlar raqobatbardoshligi nafaqat ichki bozorda, balki tashqi bozorda ham tobora ortib bormoqda»'.
Bundan ko'rinib turibdiki, mamlakatimiz korxonalarida marketing konsepsiyasi va strategiyasini qo‘llashda avvalambor, iste’molchilar ehtiyojlarini to‘laroq qondirish orqali foyda olishga, korxonaning bozordagi
brendini yanada kuchaytirish, reklama faoliyati samaradorligini oshirish, mijozlarga nisbatan alohida yondoshuvni amalga oshirish, ichki va tashqi
bozorlarda tovarlar raqobatbardoshligiga erishishga alohida e’tibor qaratilmoqda.1
Har qanday firma iqtisodiyotda samarali harakat qilishi uchun o‘zi
marketing strategiyasini tanlab olishi lozim. Bunda korxonaning imkoniyatlari bozor talablariga muvofiqlashtirilib, marketing strategiyasi bozorni tadqiq qilish va istiqbolini belgilash, tovar va iste’molchilarni o'rganish asosida ishlab chiqiladi.
Firma tomonidan eng avval qabul qilinadigan strategik qarorlardan
biri u raqobatli kurash olib bormoqchi bo‘lgan bozorni tanlab olishdir.
Asosiy bozorni tanlash bozorning ehtiyojlari va xulq-atvori yoki motivatsion xarakteristikalari o'xshash bo'lgan iste’molchilardan tashkil
topgan qismlarga ajratishni ko‘zda tutadi. Bu tajribaviy qismlar firma
uchun qulay marketing imkoniyatlarini vujudga keltiradi.
Tadqiqot jarayonida zamoanviy iqtisodiyotda axborot tеxnologiyalarini
qo’llashning nazariy asoslari, ya'ni axborot rеsurslari, tizim, boshqaruv tizimi,
boshqaruv tizimi faoliyatining axborot jihatlari, qaror qabul qilish, axborot
tizimlari, avtomatlashtirilgan axborot tеxnologiyalari, axborot tеxnologiyalarining
rivojlanish bosqichlari, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari, ularning
evolyutsiyasi, samaradorligi, yaratish hamda rivojlantirish tеndеntsiyalari,
ma'lumotlar bazasi, ma'lumotlar bazasini boshqarish tizimlari, zamonaviy axborot
tеxnologiyalari batafsil yoritib bеrilgan. Shu bilan birga iqtisodiyotda axborot
jarayonlarini boshqarishda avtomatlashtirilgan axborot tеxnologiyalaridan 5
foydalanish, ya'ni turli sohalarga qo’llash: statistika, buxgaltеriya hisobi, bank va
markеting faoliyati yoritilgan.
Zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda xususan
marketingda qo’llashni samaradorlikka erishtiradigan uslubiy asoslari:
- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llashni
takomillashtirish ta’moyillari;
- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llashni
asosiy yo’llarini rivojlantirish istiqbollari;
- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llashni
bugungi kundagi xolatlarti;
- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llashni
davlatning o’rni va uning axamiyati;
- zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda qo’llash
mexanizmlarini yoritish yo’llari;
Tadqiqot natijalarining ilmiy va amaliy ahamiyati, shundan iboratki, unda
zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni iqtisodiyotda xususan
marketingda qo’llash bo’yicha ishlab chiqilgan alohida taklif va tavsiyalar
korxonalarda tezkor axborotlarga ega bo’lish va uning nazariy va amaliy
muammolarini o’rganish asosida tashkil etilgan hamda samarali boshqarish
yo’llarini imkonini beradi.
Mazkur tadqiqot natijalaridan mamlakatiz iqtisodiyotida xususan marketingda zamonaviy axborot kommunikatsion texnologiylarni qo’llash hamda oliy o’quv yurtlarida iqtisodiyotda axborot texnologiylari fanidan o’qitishda foydalanish mumkin.


Download 0,81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish