Mavzu: Davlat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish



Download 2,73 Mb.
Sana27.06.2022
Hajmi2,73 Mb.
#710273
Bog'liq
Tadbirkorlik asoslari 1

Mavzu:Davlat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish

Davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtiroki: strategik yondoshuvni ishlab chiqish zaruriyati

Sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishda davlatning iqtisodiy va tadbirkorlik faoliyatidagi ishtiroki prinsiplari, shartlari qayta ko‘rib chiqilishi va qonun darajasida aniq-tiniq qilib mustahkamlanishi zarur. Bu borada muayyan qoidalar belgilangan.Harakatlar strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish hisoblanadi. Bu yo‘nalishda davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xo‘jalik yurituvchi sub'yektlarning ustav jamg‘armalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan obektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish rejalashtirilgan.

Davlat tadbirkorligining o‘ziga xos jihatlari nimada?

Davlatning tadbirkorlik faoliyati bilan faol shug‘ullanishiga qarshilar va uning tarafdorlari o‘rtasida munozaralar doimiy tarzda davom etib kelmoqda. Davlatning tadbirkorligi masalasi davlat aktivlari, xususan davlat korxonalari, ularni boshqarish masalalari bilan chambarchas bog‘liq.

O‘zbekistonda davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki qanday? Joriy yilning fevral oyida Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan jamoatchilik muhokamasiga “Iqtisodiyotda davlat ulushini qisqartirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasi taqdim etildi. Loyihada xususiy sektorga davlat ulushlari to‘liq sotiladigan 1 111 ta korxona va 15 ta davlat ko‘chmas mulk obektlari ro‘yxatlari keltirilgan

Birgina Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llar qo‘mitasi tizimida 200 dan ziyod (!) loyihalash, qurish, ta'mirlash, rekonstruksiya qilish bilan shug‘ullanuvchi DUKlar faoliyat yuritadi Misol uchun, “O‘zmedimpeks” DUK barcha soliqlardan (QQSdan tashqari). “Toza hudud” DUK hamda “Maxsustrans” DUK yer solig‘i hamda davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan (YaITdan tashqari)ozod qilingan.

Rivojlangan xorijiy davlatlarda ham yirik davlat korxonalari va davlat ulushi mavjud kompaniyalar faoliyat ko‘rsatadi. Masalan AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Kanada, Italiya, Koreya, Hindiston davlatlari qonunchiligida “davlat korporatsiyasi”ning huquqiy maqomi belgilangan va bunday tuzilmalar uzoq davrdan buyon faoliyat ko‘rsatib kelmoqda Iqtisodiy faoliyatda davlat aralashuvini kamaytirish uchun rivojlangan davlatlarda “Yellow Pages Rule” tamoyili joriy etilgan.

Ayrim iqtisodchilar tarafidan davlat korxonalarini, mulkini maksimal darajada xususiylashtirish, bunda kerak bo‘lsa “0” qiymatda bo‘lsa ham sotish haqida fikrlar yangramoqda. Bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi. Sababi foyda keltirib turgan, istiqbolda ham foyda keltiradigan korxonalar va mulklarini davlat o‘zida ushlab turishi maqsadga muvofiq. Bozor iqtisodiyotida sharoitida har qanday mulkdor o‘z mulkini sotishdan oldin bunga tayyorgarlik ko‘radi, ya'ni maqbul narxda sotish uchun kerakli tadbirlarni bajaradi. Xuddi shunday, davlat ham mulkdor sifatida o‘z aktivlarini sotishdan avval ushbu aktivlarni bahosini ko‘tarishga, tajribali va ishonchli, iqtisodiy baquvvat investorlarni kelishini kutishga harakat qilishi zarur hisoblanadi. Zero shundagina, sotiladigan davlat aktivi umumiy iqtisodiy farovonlikka o‘z foydasini beradi. Agar, 90-yillardagi xususiylashtirish natijalarini tahlil qiladigan bo‘lsak, o‘sha davrda sotilgan ko‘pgina aktivlar iqtisodiy oborotdan chiqib ketganligini, ko‘pgina korxonalar uskunalari metall chiqit sifatida sotilib, yer maydonlariga esa uy-joylar qurilgan holatlarni ko‘rish mumkin. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, aktiv real bahosi hamda haqiqiy iqtisodiy investor yoʻq paytda davlat aktivini sotish samara bermaydi.

Umuman, davlat tadbirkorligi masalasi huquqiy va iqtisodiy jihatdan chuqur tadqiqotlar amalga oshirishni, huquqiy asoslarini takomillatirishni talab qiladigan mavzu. Davlatning tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish shartlari, shakllari va xususiyatlarini aniq belgilab beradigan, tartibga soladigan qo‘shimcha qonun hujjatlarini qabul qilishni davrni o‘zi taqozo qilmoqda. Bunda “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, davlatning tadbirkorlik faoliyatida ishtirok etish strategiyasi loyihasini ishlab chiqish va qabul qilishni tezlashtirishimiz zaruriyat bo‘lib qolmoqda.

E'tiboringiz uchun Rahmat Tayyorladi: Mamadiyorov Jamshidbek


Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish