Bog'liq korxonalar bankrotligini oldini olish va ular faoliyatini soglamlashtirish yonalishlari
BOB KORXONALARNING BANKROT BO’LISH JARAYONINI O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI VA OLDINI OLISHNING
NAZARIY USLUBIY ASOSLARI
Korxonalarni bankrot bo’lish jarayonining nazariy jihatlari
Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalar moliyaviy xo’jalik faoliyatini sog’lomlashtirish hamda ular faoliyatini bankrot bo’lish holatlarini oldini olish asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash joizki, bozor iqtisodiyoti sharoitida qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini qondirishga va majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini bajarishga qodir emasligi, agar tegishli majburiyatlar va to’lovlar majburiyati yuzaga kelgan kundan e’tiboran uch oy davomida qarzdor tomonidan bajarilmagan bo’lsa, uning bankrotlik alomatlari deb e’tirof etiladi.
Korxonalarning bankrot bo’lishi bu xo’jalik sudi tomonidan e’tirof etilgan, qarzdorning pul majburiyatlari bo’yicha kreditorlar talablarini to’la hajmda kondirishga yoki majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini to’la hajmda bajarishga hodir emasligi hisoblanadi. O’zbekistonda faoliyat yurituvchi korxonalarni tugatish jarayonida kelishuv bitimi imzolanishi mumkin. Kelishuv bitimi bu taraflarning sud nizosini o’zaro yon berish asosida tugatish to’g’risidagi bitimidir. Mazkur holatlardagi kreditorlar esa qarzdor pul majburiyatlari bo’yicha yoki majburiy to’lovlar majburiyatini bajarish bo’yicha kaysi yuridik yoki jismoniy shaxs oldida javobgar bo’lsa, ayni shu yuridik yoki jismoniy shaxslar (qarzdor kaysi fukaroning hayoti yoki sog’lig’iga zarar etkazilganligi uchun javobgar bo’lsa, ayni shu fukaro, shuningdek o’z ishtirokidan kelib chikadigan majburiyatlar bo’yicha qarzdor yuridik shaxsning muassislari (ishtirokchilari) bundan mustasno) hisoblanadi. Korxonalarni bankrot bo’lishida kreditorlar yig’ilishi vakili bu bankrotlik to’g’risidagi ishda ishtirok etishiga kreditorlar yig’ilishi yoki kreditorlar qo’mitasi tomonidan vakolat berilgan shaxsdir.
Kuzatuv jarayoni esa xo’jalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning mol-mulki but sahlanishini ta’minlash, qarzdorning moliyaviy
ahvoli tahlilini o’tkazish maksadida qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi ariza kabul qilingan paytdan e’tiboran keyingi taomilga hadar kullaniladigan bankrotlik taomili hisoblanadi. Korxonalar faoliyatidagi moratoriy bu qarzdor yuridik shaxs tomonidan pul majburiyatlari va majburiy to’lovlar majburiyati bajarilishini to’xtatib turishdir.
Korxonalar bankrot bo’lishida sudgacha sanatsiya qilish mumkin. Sudgacha sanatsiya qilish bu qarzdor yuridik shaxsning muassislari yoki uning mol-mulki egalari, kreditorlar va boshka shaxslar tomonidan qarzdorning to’lov kobiliyatini tiklash hamda bankrotligining oldini olish maksadida ko’riladigan chora-tadbirlardir.
Korxonalar bankrot bo’lishida tashqi boshqaruv ham belgilanishi mumkin. Tashki boshkaruv - xo’jalik sudi tomonidan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan uning to’lov kobiliyatini tiklash maksadida qarzdorning ishlarini boshkarish vakolatlarini tashki boshkaruvchiga o’tkazgan holda kullaniladigan bankrotlik taomili hisoblanadi.Tugatishga doir ish yuritishda xo’jalik sudi tomonidan kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda kondirish hamda qarzdorni qarzlardan kutulgan deb e’lon kilish maksadida bankrot deb topilgan qarzdorga nisbatan kullaniladigan bankrotlik taomilidir.
Bankrotlik to’g’risidagi ish xo’jalik sudi tomonidan ko’rib chikiladi. Bankrotlik to’g’risidagi ish bankrotlik alomatlari mavjud bo’lgan takdirda, agar qarzdor yuridik shaxsga nisbatan jami talablar eng kam ish xaki mikdorining kamida besh yuz karrasini tashkil etadigan bo’lsa, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkorga nisbatan esa eng kam ish xaki mikdorining kamida o’ttiz karrasini tashkil etadigan bo’lsa, xo’jalik sudi tomonidan kuzatilishi mumkin, Qarzdorning arizasi bilan quyidagi hollarda qarzdorning rahbari, qarzdor yakka tartibdagi tadbirkor xo’jalik sudiga murojaat etishi shart:
bir yoki bir nechta kreditorlarning talablarini kondirish qarzdorning boshka kreditorlar oldidagi pul majburiyatlarini va (yoki) majburiy to’lovlar bo’yicha o’z majburiyatini tulik hajmda bajarishini imkonsiz kilib kuyishga olib keladigan bo’lsa;
qarzdorning ta’sis hujjatlariga muvofik qarzdorni tugatish to’g’risida qaror kabul kilishga vakolatli bo’lgan qarzdor yuridik shaxs organi tomonidan qarzdorning arizasi bilan xo’jalik sudiga murojaat etish xakida qaror kabul kilingan bo’lsa;
qarzdor unitar korxona mol-mulkining egasi vakolat bergan organ tomonidan qarzdorning arizasi bilan xo’jalik sudiga murojaat etish to’g’risida qaror kabul kilingan bo’lsa;
undiruv qarzdorning mol-mulkiga haratilganda bunday undiruv qarzdorning xo’jalik faoliyatini imkonsiz kilib ho’yadi deb hisoblashga asoslar bo’lsa;
tugatish komissiyasi, agar yuridik shaxs tugatilayotganda kreditorlarning talablarini tulik hajmda kondirish imkonsizligi aniklangan bo’lsa, qarzdorning arizasi bilan xo’jalik sudiga murojaat etishi shart.
Bankrotlik taomili kullanilayotganda barcha kreditorlarning manfaatlarini kreditorlar yig’ilishi yoki kreditorlar qo’mitasi himoya kiladi. Xo’jalik sudi qarzdorni bankrot deb topish to’g’risidagi arizani ish yuritish uchun kabul kilib olgan paytdan e’tiboran kreditorlar qarzdorga o’z talablarini kondirish maksadida yakka tartibda murojaat etishga xakli emas.
Qarzdorga nisbatan sodir etiladigan harakatlarning hammasini barcha kreditorlar nomidan kreditorlar yig’ilishi yoki kreditorlar qo’mitasi amalga oshiradi. Kreditorlar, majburiy to’lovlarga doir talablar kismi bo’yicha esa davlat solik xizmati organlari va boshka vakolatli organlar kreditorlar yig’ilishining ovoz berish xukukiga ega bo’lgan ishtirokchilaridir. Kreditorlar yig’ilishida maslahat ovozi xukuki bilan qarzdor xodimlarining vakili, sud boshkaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol- mulki egasining vakili ishtirok etadi. Bankrotlik to’g’risidagi ishda yagona kreditor ishtirok etayotgan bo’lsa, kreditorlar yig’ilishining mutlah vakolatiga ta’lukli qarorlarni kabul kilishni shu kreditorning o’zi amalga
oshiradi.Kreditorlar yig’ilishining mutlah vakolatiga quyidagi qarorlarni kabul kilish kiradi:
kelishuv bitimi tuzish to’g’risidagi qaror;
kreditorlar qo’mitasi a’zolarini saylash, uning mikdoriy tarkibini belgilash va bunday qo’mita a’zolarining vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish to’g’risidagi qaror;
sud sanatsiyasini yoki tashki boshkaruvni joriy etish va ularning muddatini uzaytirish to’g’risida iltimosnoma bilan xo’jalik sudiga murojaat kilish xakidagi qaror;
qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash to’g’risidagi iltimosnoma bilan xo’jalik sudiga murojaat etish xakidagi qaror;
sud sanatsiyasi rejasini tasdiklash hamda qarzlarni uzish jadvalini ma’kullash to’g’risidagi qaror;
tashki boshkaruv rejasini tasdiklash to’g’risidagi qaror.
kreditorlar yig’ilishi ishtirokchilariga tanishib chikish va tasdiklash uchun takdim etilgan materiallar;
kreditorlar yig’ilishi o’tkaziladigan sana, vakt va joy xakida kreditorlar va vakolatli organlar tegishli ravishda xabardor etilganligi dalillari;
ovoz berish byulletenlari;
sud boshkaruvchisining ixtiyoriga ko’ra yoki kreditorlar yig’ilishi qaroriga binoan boshka hujjatlar.
Kreditorlar yig’ilishi bayonnomasi hamda unga ilova kilingan hujjatlar kreditorlar yig’ilishi o’tkazilgan sanadan e’tiboran besh kundan kechiktirmay xo’jalik sudiga topshirilishi kerak. Kreditorni yoki kreditorlar yig’ilishida ishtirok etish xukukiga ega boshka shaxsni shaxsan xabardor kilish uchun zarur ma’lumotlarni aniklash imkoni bo’lmaganda yoxud mazkur shaxslarni shaxsan xabardor etish imkonini bermaydigan boshka holatlar mavjud bo’lgan takdirda kreditorlar yig’ilishi xakidagi xabarning rasmiy nashrda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda e’lon kilinishi ana shunday shaxslarni tegishli ravishda xabardor etish deb e’tirof etiladi.
Kreditorlar yig’ilishini o’tkazish to’g’risidagi xabarda quyidagi ma’lumotlar bo’lishi lozim:
qarzdor yuridik shaxsning nomi va joylashgan eri;
kreditorlar yig’ilishi o’tkaziladigan sana, vakt va joy;
kreditorlar yig’ilishining kun tartibi;
kreditorlar yig’ilishi ko’rib chikadigan materiallar bilan tanishish tartibi;
kreditorlar yig’ilishi ishtirokchilarini ro’yxatga olish tartibi;
Ovozga kuyilgan masalalar yuzasidan kreditorlar yig’ilishi qarori yig’ilishda hozir bo’lgan kreditorlarning ko’pchilik ovozi bilan kabul kilinadi. Har bir kreditor kreditorlar yig’ilishi o’tkazilayotgan sanadagi holatga ko’ra umumiy kreditorlik qarzidagi o’z ulushiga mutanosib ovozlar soniga ega bo’ladi. Kreditorlar yig’ilishi quyidagi qarorlarni barcha kreditorlarning ko’pchilik ovozi bilan kabul kiladi:
kelishuv bitimi tuzish to’g’risidagi qaror;
sud sanatsiyasini yoki tashki boshkaruvni joriy etish va ularning muddatini uzaytirish to’g’risidagi iltimosnoma bilan xo’jalik sudiga murojaat etish xakidagi qaror;
qarzdorni bankrot deb topish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash to’g’risidagi iltimosnoma bilan xo’jalik sudiga murojaat etish xakidagi qaror;
sud boshkaruvchisining tayinlanishi, almashtirilishi yoki vazifasidan ozod kilinishi to’g’risidagi iltimosnoma bilan xo’jalik sudiga murojaat etish xakidagi qaror.
Bankrotlik to’g’risidagi ishda ishtirok etayotgan shaxslar kreditorlar yig’ilishining qarori ustidan xo’jalik sudiga shikoyat berishga haqli.
Kreditorlar qo’umitasi kreditorlarning manfaatlarini ifoda etadi hamda sud boshqaruvchilarining harakatlari ustidan nazorat olib boradi. Kreditorlar qo’mitasi tarkibiga kreditorlar yig’ilishi tomonidan belgilanadigan mikdorda kreditorlar vakillari kiritiladi. Agar qarzdorning kreditorlari soni yigirmatadan kam bo’lsa, kreditorlar qo’mitasining vazifalarini kreditorlar yig’ilishining qarori bilan kreditorlar yig’ilishi zimmasiga yuklash nazarda tutilishi mumkin.
O’z zimmasiga yuklangan vazifalarni amalga oshirishda kreditorlar qo’mitasi quyidagilarga xakli:
sud boshkaruvchisidan qarzdorning moliyaviy ahvoli va bankrotlik taomilining borishi to’g’risida axborot takdim etishni talab kilish;
sud boshkaruvchisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan xo’jalik sudiga shikoyat berish;
bankrotlik to’g’risidagi ishda ishtirok etish uchun o’z vakilini saylash;
ushbu Konunda va sud sanatsiyasi yoki tashki boshkaruv rejasida nazarda tutilgan boshka harakatlarni amalga oshirish.
Kreditorlar qo’mitasi quyidagi qarorlarni qabul qilishga haqli:
kreditorlar yig’ilishini chahirish to’g’risidagi qaror;
sud boshkaruvchisining tayinlanishi, almashtirilishi yoki vazifasidan ozod kilinishi to’g’risidagi iltimosnoma bilan xo’jalik sudiga murojaat etishni kreditorlar yig’ilishiga tavsiya kilish xakidagi qaror;
qarzdorning yirik bitimlarini hamda amalga oshirilishidan qarzdor manfaatdor bo’lgan bitimlarini tasdiklash yoki ularni tasdiklashni rad etish to’g’risidagi qaror.
Kreditorlar qo’mitasining yig’ilishida masalalarni hal etishda kreditorlar qo’mitasining har bir a’zosi bir ovozga ega bo’ladi. Kreditorlar qo’mitasining a’zosi ovoz berish xukukini boshka shaxsga o’tkazishiga yo’l kuyilmaydi. Kreditorlar qo’mitasining qarori kreditorlar qo’mitasi a’zolari umumiy sonining ko’pchilik ovozi bilan kabul kilinadi. Kreditorlar qo’mitasi yig’ilishlarida qarzdor xodimlarining vakili, sud boshkaruvchisi, qarzdor muassislarining (ishtirokchilarining) yoki qarzdor mol-mulki egasining vakili maslahat ovozi xukuki bilan ishtirok etishi mumkin.