Joy nomlari bosh harf bilan yoziladi.
IV. Darslik bilan ishlash:
103-mashq.
O’zbekistonning poytaxti – Toshkent haqida o’quvchilarga matn orqali ma`lumot beriladi. Uning diqqatga sazovor yerlari bilan tanishtiriladi. Matnda ajratib ko’rsatilgan so’zlar joy nomlari ekanligi, shuning uchun bosh harf bilan yozilganligi tushuntiriladi.
104-mashq. Matn ko’chirib yozdiriladi. Joy nomlarini bildirgan so’zlarning tagiga chizdiriladi.
Ko’hna Urganch Xorazm davlatining poytaxti edi. Uni Chizgizxon qo’shinlari vayron etdi. Jaloliddin Manguberdi Vatan ozodligi uchun kurashdi.
V. Darsni yakunlash: Darslikda berilgan qoidani mustahkamlash, o’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: 105-mashq.
O’qish
Mavzu: Yaxshi niyat (Anvar Obidjon)
Maqsad: O’quvchilarni Anvar Obidjonning “Yaxshi niyat” she`ri bilan tanishtirish; ularga niaytni yaxshiligi insonni kelajakda buyuk inson bo’lishiga ko’mak berishini tushuntirish, kelajakda kim bo’lishini hozirdan tanlab, unga intilish, zarur bilimlarni egallab borish kerakligini uqdirish; tushunib, ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Kompyuter” matnini o’qish, mazmunini so’zlatish.
Kompyuterning qanday imkoniyatlari bor ekan?
Kitob bilan kompyuterni qiyoslay olasizmi?
- Hikmatli gapning mazmunini tushuntiring.
III. Yangi mavzu bayoni: “Yaxshi niyatr” she`ri bilan tanishtirish.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. Anvar Obidjonning “Yaxshi niyat” she`rini ifodali o’qish.
2. Mazmunini tushuntirish:
Inson kelajakda yuqori yutuqlarga erishishi uchun unga yoshlikdan kerakli bilimlarni egallab borishi, jismoniy imkoniyatlarini kengaytirib borishi, o’z maqsadi, orzusi uchun astoydil harakat qilishi talab etiladi. She`r qahramoni Avaz ham o’z orzusini aniq tanlab, unga intilishi ko’rsatib berilgan.
V. Darsni yakunlash:
- Siz kelajakda kim bo’lmoqchisiz? (suhbat tashkil etish)
VI. Uyga vazifa: “Yaxshi niyat” she`rini yod olish.
Matematika
Mavzu: Qo’shishning qulay usullari
Maqsad: o’quvchilarni qo’shishning qulay usullari bilan tanishtirish; ularni tariximizni bilishga bo’lgan qiziqishlarini o’stirish; misol va masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: mavzuga oid ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Yangi mavzu bayoni: Qo’shishning qulay usullari
Ikki xonali va bir xonali sonlar ustida amallar bajarilganda birliklar birliklarga qo’shiladi. 37 + 2 = 39
III. Darslik bilan ishlash
2-misol
16 +2 = 18 35 +3 = 38 26 + 3 = 29 47 + 2 = 49
25 + 4 = 29 14 + 5 = 19 13 + 5 = 18 63 +4 = 67
8-masala
I - sinfdan – 27 o’quvchi
2- sinfdan – ?, 2 ta ortiq
Yechish: 27 + 2 = 29 ta
Javob: 2-sinfdan 29 ta o’quvchi borgan.
4-misol
3 ta uchburchak 5 ta uchburchak
IV. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash.
IV. Uyga vazifa: 5-misol (127-bet)
O’qish
Mavzu: Toshbaqa va quyon (G’ulom Muhammad Vosit)
Maqsad: O’quvchilarni “Toshbaqa va quyon” ertagi bilan tanishtirish; ularni o’zgalarni hurmat qilishga, kamsitmaslikka o’rgatish; tushunib, ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: Anvar Obidjonning “Yaxshi niyat” she`rini yoddan so’rash, mazmunini so’zlatish.
Avaz katta bo’lganida kim bo’lmoqchi ekan?
Kosmonavt bo’lish ucnun nima qilish kerak?
- Siz ham.kelajakda kim bo’lishingizni tanlab bo’lganmisiz?
III. Yangi mavzu bayoni: G’ulom Muhammad Vositning “Toshbaqa va quyon” ertagi bilan tanishtirish.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. G’ulom Muhammad Vositning “Toshbaqa va quyon” ertagi matnini o’qish.
2. Mazmunini tushuntirish:
O’zgalarning imkoniyatlarini bilmay turib ularni kamsitish, o’zimizni uyaltirib qo’yishi mumkin. Beparvolik, manmanlik odamni ko’p yutuqlardan benasib qilishi mumkin. Shuning uchun har bir inson o’zning ham, o’zgalarning ham kuchiga to’g’ri baho berishi, imkoniyatlarini yaxshilikka sarflashi lozim. Vaqtdan unumli foydalanish kerakligini tushuntirish ham asarning bosh maqsadlaridan biridir.
V. Darsni yakunlash:
- Siz vaqtingizni qanday sarflaysiz? (suhbat tashkil etish)
VI. Uyga vazifa: “Yaxshi niyat” she`rini yod olish.
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (106-108-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarning joy nomlarini bosh harf bilan yozishga oid malakalarini rivojlantirish; ularni vatanimiz shaharlari haqidagi ma`lumotlarini kengaytirish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Yangi mavzu bayoni:
Joy nomlarining bosh harf bilan yozilishi mavzusini mustahkamlash.
O’tgan darslarda o’rganilgan qoidani takrorlash.
III. Darslik bilan ishlash:
106-mashq. Matn o’qiladi va Qarshi shahari haqida ma`lumot beriladi. Matn ichida kelgan joy nomlari ko’chirib yoziladi.
Qarshi, Toshkent, Farg’ona, Samarqand, Buxoro, Termiz.
107-mashq.
Namuna asosida mashq bajariladi.
Shaharlar: Toshkent, Andijon, Namangan, Farg’ona.
Qishloqlar: Yakkatol, Yaypan, Buvayda.
Mahallalar: Mevazor, Bo’ston, Mustaqillik.
Ko’chalar: Qatortol, Uzumzor, Amir Temur.
IV. Darsni yakunlash:
O’tilganlarni umumlashtirish, xulosa yasash.
O’quvchilarni baholash.
V. Uyga vazifa: 108-mashq.
Matematika
Mavzu: Qo’shishning qulay usullari (mustahkamlash)
Maqsad: o’quvchilarni qo’shishning qulay usullari mavzusiga oid bilimlarini mustahkamlash; ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; misol va masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: mavzuga oid ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Yangi mavzu bayoni: Qo’shishning qulay usullari
Ikki xonali sonlar ustida amallar bajarilganda birliklar birliklarga, o’nliklar o’nliklarga qo’shiladi. 50 + 14 = 64
III. Darslik bilan ishlash:
1-misol og’zaki bajarilib, mavzu mustahkamlanadi.
2-masala
O’quvchilar maktab bog’ida ishlab savatga 20 kg olma, chelakka 14 kg sabzu uzishdi. O’quvchilar jami qancha mahsulot yig’isjgan?
Yechish: 20 + 14 = 34 kg
Javob: o’quvchilar jami 34 kg mahsulot uzishgan.
3-misol
Berilgan misollar doskada o’quvchilar tomonidan yechiladi.
4- masala.
C huqur taqsimcha – 30 ta - ? ta taqsimcha
Mayda taqsimcha - ?, 14 ta ko’p
Yechish: 1) 30 + 14 = 44 ta
2) 30 + 44 = 74 ta
Javob: Hammasi 74 ta taqsimcha keltirilgan.
IV. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash.
IV. Uyga vazifa: 5-misol (128-bet)
Ona tili
Mavzu: Hayvon nomlarining bosh harf bilan yozilishi
Maqsad: o’quvchilarni hayvon nomlarini bosh harf bilan yozilishi haqida ma`lumot berish; ularni hayvonlarga nisbatan yaxshi munosabatda bo’lishga o’rgatish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Yangi mavzu bayoni:
Hayvon nomlarining bosh harf bilan yozilishi mavzusini tushuntirish.
Ba`zi uy hayvonlariga insonlar tomonidan nomlar qo’yiladi. Hayvonlarga atab qo’yilgan nomlar bosh harf bilan yoziladi.
III. Darslik bilan ishlash:
109-mashq. Hayvonlarga mos nomlarni aniqlash malakalarini hosil qilish.
Mushuk - Popuk, Momiq;
It -` Olapar, Qoplon;
Ot – Boychibor;
Sigir – Qashqa, Govmish;
110-mashq.
It To’rtko’z
Sigir Targ’il
Mushuk Baroq
Ot Qarabayir
IV. Darsni yakunlash:
O’tilganlarni umumlashtirish, xulosa yasash. O’quvchilarni baholash.
V. Uyga vazifa: 111-mashq.
O’qish
Mavzu: Bo’lim yuzasidan takrorlash
Maqsad: O’quvchilarni “Ilm – aql chirog’i” bo’limida olgan bilimlarini mustahkamlash; ularni ilm olishga qiziqishlarini oshirish, o’zgalarni hurmat qilishga, kamsitmaslikka o’rgatish; tushunib, ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: umumlashtiruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: G’ulom Muhammad Vositning “Toshbaqa va quyon” ertagini qayta so’zlatish, o’qish tezligini tekshirish.
Quyon toshbaqaga nima dedi?
Toshbaqa quyonga nima dedi?
- Quyon qanday odamlarga o’xshaydi, toshbaqa-chi?
III. Yangi mavzu bayoni: “Ilm – aql chirog’i” bo’limi yuzasidan takrorlash o’tkazish.
Bo’limda qanday asarlar bilan tanishdik?
Sizga qaysi asar yoqdi?
Bo’limdan qanday xulosa chiqardingiz?
IV. Darslik bilan ishlash:
1. Boshqatirmani yechish;
1. Kompyuter; 2- televizor; 3- soat; 4- quyon; 5- toshbaqa. Hosil bo’lgan so’z – Kitob.
2. Rebus:
Kitob – bilim bulog’i..
V. Darsni yakunlash:
Ikkinchi boshqotirmani yechish: Ilimli kishi xor bo’lmas.
VI. Uyga vazifa: Savol va topshiriqlarga javob topish.
Musiqa
Mavzu: “Bug’doy” qo’shig’i. “Lavlagi” kuyi. Nimchorak nota.
Maqsad: “Lavlagi” kuyi bilan tanishtirish, “Bug’doy” qo’shig’ini o’rgatish, nimchorak nota haqida ma`lumot berish; kuyni eshitish qobiliyatini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning usuli: tanishtirish, kuylatish.
Darsning borishi.
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. “Lavlagi” kuyini eshittirish.
III. 1. “Bug’doy” qo’shig’ining matni bilan tanishtirish
Bug’doy
R. Tolib she`ri
N. Norxo’jayev musiqasi
Ekkan edim,
Ko’kat bo’ldi, don bo’ldi.
Pishgandan so’ng
Oppoqini non bo’ldi.
Elim boy, elim boy,
Nimaga boy?
Elim boy, elim boy,
Ekar bug’doy.
Qo’shiqni kuyga solish.
4. Nimchorak nota haqida ma`lumot berish:
Butunning to’rtdan bir bo’lagi chorak bo’ladi. Chorak notaning ikki marotaba qisqartirsak nimchirak nota bo’ladi. Ichi bo’yalgan aylana va unga ulangan bayroqcha nimchirak notani anglatadi. Bunday notani ko’rganda “bir” deguncha nota ushlanib turadi.
IV. Darsni yakunlash: O’quvchilarning olgan bilimlarini umumlashtirish.
V. Uyga vazifa: “Bug’doy” qo’shig’ining matnini yodlash.
Matematika
Mavzu: Ayirishning qulay usullari
Maqsad: o’quvchilarni ayirishning qulay usullari bilan tanishtirish; ularni sport bilan jiddiy shug’ullanishga chaqirish; misol va masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: mavzuga oid ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Yangi mavzu bayoni: Ayirishning qulay usullari
Ikki xonali sonlar ustida amallar bajarilganda birliklardan birliklar, o’nliklardan o’nliklar ayriladi: 56 - 4 = 52, 56 – 30 = 26
III. Darslik bilan ishlash:
1-misol og’zaki bajarilib, mavzu mustahkamlanadi.
2-masala
Y ugurish – 46 ta - ? ta o’quvchi qatnashgan
Uzunlikka sakrash – 20 ta
Yechish: 46 + 20 = 66 ta
Javob: Jami 66 ta o’quvchilar qatnashgan.
3-misol
Berilgan misollar doskada o’quvchilar tomonidan yechiladi.
4- masala.
Birinchi yashikda 30 kg, ikkinchi yashikda esa 27 kg o’rik bor edi. 20 kg o’rik murabbo uchun ishlatildi. Qancha o’rik qoldi?
Yechish: 1) 30 + 27 = 57 kg
2) 57 – 20 = 37 kg
Javob: 37 kg o’rik qoldi.
IV. Uyga vazifa: 5-misol (129-bet)
Matematika
Mavzu: Nol bilan tugaydigan sonlarni qo’shish va ayirish ( -bet)
Maqsad: o’quvchilarni mavzuga doir bilimlarini shakllantirish; ularni jamoat joylarida o’zini tutish qoidalari bilan tanishtirish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: raqamlar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash: bir va ikki xonali sonlar yuzasidan mustahkamlash ishlarini o’tkazish;
O’nlik
|
Birlik
|
|
1
|
1
|
O’n bir
|
2
|
6
|
Yigirma olti
|
3
|
8
|
O’ttiz sakkiz
|
4
|
5
|
Qirq besh
|
5
|
6
|
Ellik olti
|
6
|
7
|
Olmish yetti
|
7
|
9
|
Yetmish to’qqiz
|
8
|
8
|
Sakson sakkiz
|
9
|
0
|
To’qson
|
III. Yangi mavzu bayoni:
O’quvchilarni “Nol bilan tugaydigan ikki xonali sonlarni qo’shish va ayirish” mavzusi bilan tanishtirish.
20 + 30 = 50
2 o’nlik + 3 o’nlik = 5 o’nlik
1-misol yordamida yangi mavzuga oid bilimlarini shakllantirish
Qo’shiluvchu
|
40
|
60
|
30
|
50
|
70
|
80
|
20
|
Qo’shiluvchi
|
20
|
10
|
30
|
40
|
20
|
10
|
30
|
Yig’indi
|
60
|
70
|
60
|
90
|
90
|
90
|
50
|
IV. Darslik bilan ishlash:
2-masala
Olib kelindi – 50 tup atirgul
Qizil atirgul – 30 ta
Oq atirgul –?, qolgani
Yechish: 50 – 30 = 20 tup oq aturgil
3-misol. Bo’sh kataklarga kerakli sonni qo’yish.
20, 30, 40 40, 50, 60 70, 80, 90
4-misol
40 + 10 = 50 50 + 10 = 60 70 – 20 = 50 70 – 30 = 40
70 + 10 = 80 20 + 10 = 30 70 – 40 = 50 70 – 50 = 20
60 + 10 = 70 30 + 10 = 40 70 – 60 = 10 70 – 10 = 60
5-masala
Kitob do’konida 30 ta kitob bor edi. Ulardan 20 tasi xaridorlarga sotildi. Do’konda nechta kitob qolgan?
Yechish: 30 – 20 = 10 ta
Javob: do’konda 10 ta kitob qoldi.
V. Darsni yakunlash:
- O’ntalab sanash tartibini aytib bering.
VI. Uyga vazifa: 6 -misol (123-bet)
Atrofimizdagi olam
Mavzu: Navro’z bayrami
Maqsad: o’quvchilarni Navro’z bayrami haqidagi ma`luimotlarini kengaytirish, milliy urf-odatlarimiz, an`analarimizga hurmat, iftixor tuyg’ularini shakllantirish; ularni tabiatni sevishga, asrashga o’rgatish; og’zaki nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash:
O’tgan mavzul bo’yicha suhbat tashkil etish.
Bahorda qanday ishlarga amalga oshiriladi?
Nima uchun bu ishlar erta bahorda bajarilishi kerak?
III. Yangi mavzu bayoni:
Navro’z bayrami
Navro’z – bahor bayrami. 21-martda kun bilan tun tenglashadi. Sutkaning 12 soati kun va 12 soati tun bo’ladi (sutka 24 soat ekanligi haqida qo’shimcha ma`lumot beriladi). Shuning uchun bu kun bahorgi tengkunlik deyiladi.
Qadimda yangi yil shu kundan boshlangan. Mamlakatimizda Navro’z bayrami keng nishonlanadi.
IV. Mustahkamlash:
- Navro’z bayramini siz va oliangiz qanday nishonlaysizlar?
- Mahallangizda, maktabingizda Navro’z bayrami arafasida qanday hayrli ishlar o’tkaziladi?
- Bayram arafasidagi obodonchilik ishlarida siz ham qatnashganmisiz?
V. Uyga vazifa: “Navro’z bayrami” mavzusini o’qish. “Navro’z bayramida” mavzusioda rasm chizish.
Mehnat
Mavzu: Oddiy chok bilan tanishtirish
Maqsad: o’quvchilarni jismoniy mehnatga o’rgatish; ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; o’quvchilarning bilim va malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat;
Darsning jihozi: mato parchasi, igna, ip.
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash, dars uchun zarur ko’rgazmalarni shaylash;
II. Yangi mavzu bayoni:
Oddiy chok bilan tanishtirish
1.O’quvchilarga oddiy chok tikish usulini ko’rsatish.
2. Chokni tikishni bosqichma-bosqich o’rgatish:
Dastlab igna bilan ishlash chog’ida texnika hafvsizligi eslatib o’tiladi. Ignani hech qachon ipsiz qo’yib bo’lmasligi, foydalanib bo’lgan albatta maxsus yostiqchaga sanchib qo’yish kerakligi tushuntiriladi. So’ng bevosita oddiy chokni tikish o’rgatiladi. Avval ikki bo’lak matoning chetlarini o’ngini o’ngiga qilgan holda ustma-ust qo’yiladi. Ularni bir-birlari bilan teng, uchma-uch qo’yilishi tekshiriladi. So’ng ignaga o’tkazilgan ipning oxiri tugilganligi tekshiriladi. Shundan so’ng tikish boshlanadi. Igna matoning u tomonidan bu tomoniga navbat bilan o’tkazilib chok hosil qilinadi. Bu usul kiyimlarimizning ba`zi qismlari so’kilib qolganda, ularni yana birlashtirib qo’yish uchun ishlatiladi.
III. Darsni yakunlash.
Ishni yakunlash, ish stolini tozalash.
IV. Uyga vazifa: mavzuni mustahkamlash.
Atrofimizdagi olam
Mavzu: Qishlog’imiz tabiati
Maqsad: o’quvchilarni Vatanimizning shahar va qishloqlarida xos tabiati haqidagi ma`luimotlarini kengaytirish, milliy urf-odatlarimiz, an`analarimizga hurmat, iftixor tuyg’ularini shakllantirish; ularni tabiatni sevishga, asrashga o’rgatish; og’zaki nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash:
O’tgan mavzul bo’yicha suhbat tashkil etish.
Navro’z bayrami qanchon nishonlnadi?
“Navro’”z – so’zining ma`nosi nima?
Nima uchun yangi yil Navro’z kunidan boshlangan ekan?
III. Yangi mavzu bayoni:
Qishlog’imiz tabiati
Qishloqlar asosan chekka joylarda, tog’lar yaqinida joylashadi. Shu sababli u yerlarning tabiati toza, salqin, musaffo bo’ladi. Qishloq joylarida transport vositalaridan foydalanish cheklangan, chunki qishloqlarning adir, tog’lik hududlari bunga imkon bermaydi. Bu ham qishloqlarning tabiatini sofligiga zamin yaratadi.
Qishloq hududida katta-katta ekin maydonlari bo’lib, u yerlarda biz uchun turli oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladi.
IV. Mustahkamlash:
- Siz qaysi qishloqni ko’rgansiz, u yerning odamlari haqida so’zlab bering.
- Hozirgi kunda qishloqlarimizning obodligi yo’lida qanday ishlar amalga oshirilayotganidan habaringiz bormi?
V. Uyga vazifa: “Qishlog’imiz tabiati” mavzusini o’qish. “Bizning qishloq” mavzusioda rasm chizish.
Mehnat
Mavzu: Tugma qadash
Maqsad: o’quvchilarni jismoniy mehnatga o’rgatish; ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; o’quvchilarning bilim va malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: amaliy;
Darsning jihozi: mato parchasi, igna, ip, tugma.
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash, dars uchun zarur ko’rgazmalarni shaylash;
II. Yangi mavzu bayoni:
Tugma qadashni o’rgatish
1.Tayyor qadalgan tugmalarni ko’rsatish.
2. Tugna qadashni bosqichma-bosqich o’rgatish:
Dastlab igna bilan ishlash chog’ida texnika hafvsizligi eslatib o’tiladi. Ignaga ip o’tkazilib, oxiri tugib qo’yiladi. Ip mato va tugmamizning rangiga moslab tanlab olinishi kerak.
Tugmaning bir necha xili borligi o’quvchilarga ko’rsatiladi. Ikki teshiklik, to’rt teshiklik va oyoqchalik tugmalarni qadashda ipning yo’nalishi ko’rsatib beriladi.
Matoning teskari tomonidan tugma qadash uchun ip o’tkaziladi. Matoning oldi tomoniga o’tgan ip tugmaning teshigidan o’tkazilib, yana ortga o’tkaziladi. Shu usulda ip tugmadan bir necha marotaba o’tkaziladi. Tugmamiz mahkam o’rnashganig ishonch hosil qilingach, ipda tugun hosil qilinib tugma qadash tugallanadi.
III. Darsni yakunlash.
Ishni yakunlash, ish stolini tozalash.
IV. Uyga vazifa: mavzuni mustahkamlash.
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (112-114-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarning shaxs va narsa nomlarini bildiruvchi so’zlarni yozishga oid malakalarini rivojlantirish; ularni vatanimiz shaharlari haqidagi ma`lumotlarini kengaytirish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Yangi mavzu bayoni:
Mashqlar bajarish (112-114 mashqlar)
O’tgan darslarda o’rganilgan qoidani takrorlash.
III. Darslik bilan ishlash:
112-mashq. Rasm asosida mashq bajarish. Berilgan rasmlar kuzatiladi, unda tasvirlangan narsa nomlari aniqlanaib, yoziladi. Ularga savollar beriladi.
Ko’z, qo’l, nok, qop;
Berilgan so’zlarning umumiy jihatlari aniqlanadi. (so’zlarning barchasi bir bo’g’inli so’zlar bo’lib, ular bir satrdan ikkinchi satrga bo’gin ko’chirish yo’li bilan olib o’tilmaydi).
113-mashq. “Ko’hna Turon farzandlari” she`ri ko’chirib yoziladi. Matn tarkibida kelgan kishilarning ismini bildirgan so’zlarning tagiga chgiziladi.
Men Shiroqman, Men – Najmiddin Kubro,
Vatan uchun jon fido qilgan. Xorazm elini og’ir paytda
Men – To’maris, Tashlab ketmagan.
Vatan uchun Dilbandidan kechgan.
She`rda keltirilgan shazslar haqida o’quvchilarga to’laroq ma`lumot berish.
IV. Darsni yakunlash:o’quvchilarni baholash.
V. Uyga vazifa: 114-mashq.
O’qish
Mavzu: Sher va sichqon (ertak)
Maqsad: O’quvchilarni “Sher va sichqon” ertagi bilan tanishtirish; ularni o’zgalarning yaxshiligini unutmaslikka, boshqalarga doim yaxshilik qilishga o’rgatish; tushunib, ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Ilm – aql chirog’i” bo’limiga xulosa yasash.
“Ilm – aql chiro’gi” bo’limi qanday mavzudagi asarlarni o’z ichiga olgan?
O’qish, bilim olish haqida qanday fikrlarga ega bo’ldingiz?
- Siz kelajakda kim bo’lishingizni tanladingizmi?
III. Yangi mavzu bayoni: “Xalq o’giti – baxt kaliti” bo’limi boshlanayotganini e`lon qilish. Xalq og’zaki ijodi haqida qisqacha ma`lumot berish. Xalq ertaklaridan biri “Sher va sichqon” ertagi bilan tanishtirish.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. “Sher va sichqon” ertagi matnini o’qish.
2. Mazmunini tushuntirish:
Yaxshilik har doim odamning hurmatini oshiradi. Boshqalarning u haqida yaxshi fikrga ega bo’lishiga sabab bo’ladi. O’ziga boshqalar yaxshi munosabatda bo’lishini istagan inson o’zi ham boshqalarga yaxshilik qilib yurishi kerak. Yaxshilikni beminnat, hech qanday manfaatlarni ko’zlamay qilish kerak.
V. Darsni yakunlash:
Hikmatli gap va maqollarni o’qish, mazmunini tushuntirish.
Topishmoq va tez aytishlar asosida musobaqa tashkil etish.
VI. Uyga vazifa: “Sher va sichqon” ertagini o’qib kelish.
Ona tili
Mavzu: Harakatni bildirgan so’zlar (115-117-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarni harakatni bildirgan so’zlarni aniqlash va ularni yozishga oid malakalarini shakllantirish; ularni mustaqil fikrli, mulohazali bo’lishlariga erishish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Yangi mavzu bayoni:
Harakatni bildirgan so’zlar
Shaxs yoki narsaning bajarayotgan ishi yoki holatini anglatuvchi so’zlar harakatni bildirgan so’zlar deyiladi. Harakatni bildirgan so’zlar nima qildi?, nima qilyapti? yoki nima qiladi? so’rog’iga javob bo’ladi.
III. Darslik bilan ishlash:
115-mashq. Berilgan namuna asosida so’zlardan gaplar tuziladi. Harakatni bildirgan so’zlar so’roqlar yordamida aniqlanadi.
1 . O’qituvchi o’qitadi. 2. O’quvchi o’qiydi. 3. Shifokor davolaydi. 4. Qizcha o’ynaydi.
116-mashq. Rasmda berilgan harakatlar bir so’z bilan aytiladi, bolalarga ism qo’yilib gap tuziladi.
IV. Darsni yakunlash:o’quvchilarni baholash.
Uyga vazifa: 117-mashq.
Mashqda berilgan so’zlarning faqatgina nima qildi?, nima qilyapti?, nima qilmoqchi? so’roqlariga javob bo’lganlarigina ko’chirib yoziladi.
Matematika
Mavzu: 6-12-misol va masalalar ( 130-bet)
Maqsad: o’quvchilarni mavzuga doir bilimlarini shakllantirish; ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash:
Matematik diktant
75, 80, 12, 64, 98, 53, 24, 30, 47, 99;
III. Yangi mavzu bayoni:
6-12-misol va masalalarni yechish
6-misol yordamida o’nliklar va birliklar haqidagi bilmlarini mustahkamlash.
IV. Darslik bilan ishlash:
7-misol
a) (40 + 9 ) + 1 = 40 + (9 + 1) = 40 + 10 = 50
b) (90 + 9) – 8 = 90 + (9 - 8) = 90 + 1 = 91
8-misol.
40 + (27 - 7) = 40 + 20 = 60 (60 + 30) + 8 = 90 + 8 = 98
30 + (34 - 4) = 30 + 30 = 60 (70 - 20) + 5 = 50 + 5 = 55
9-masala
Bodring – 42 kg
Pomidor – 30 kg Yechish: 1) 42 + 30 = 72 kg
Tuzlandi – 20 kg sabzavot 2) 72 – 20 = 52 kg
Qoldi - ? kg sabzavot Javob: 52 kg sabzavot qoldi.
V. Darsni yakunlash: 10-11-misollar og’zaki bajariladi.
VI. Uyga vazifa: 12 -misol (130-bet)
Matematika
Mavzu: 1-6-misol va masalalar ( 131-bet)
Maqsad: o’quvchilarni mavzuga doir bilimlarini shakllantirish; ularni sportni sevishga, u bilan shug’ullanishga chorlash; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash: Matematik diktant
20 va 6 ning yig’indisini toping
III. Yangi mavzu bayoni:
1-6-misol va masalalarni yechish
Ikki xonali sonlarni qo’shishda o’nliklar o’nliklarga, birliklar birliklarga qo’shiladi.
IV. Darslik bilan ishlash:
1-misol (og’zaki)
32 + 15 = (30 + 10) + (2 + 5) = 40 + 7 = 47
2-misol. Darslik asosida og’zaki bajariladi.
3-masala
O’g’il bola – 32 ta Yechish: 1) 32 + 15 = 47 ta
Qiz bola - ?, 15 nafar ko’p 2) 32 + 47 = 79 ta
Hammasi nechta? Javob: hammasi 79 o’quvchi.
4- misol
24 = 20 + 4 52 = 50 + 2 68 = 60 + 8
V. Darsni yakunlash: 5-masala og’zaki bajariladi.
Fabrikada 76 m mato bor edi. Ko’ylak tikish uchun 20 m mato qirqib olindi. Yana qancha mato qoldi?
VI. Uyga vazifa: 6 -misol (131-bet)
O’qish
Mavzu: Maymun va duradgor (ertak)
Maqsad: O’quvchilarni “Maymun va duradgor” ertagi bilan tanishtirish; ularga biror hunarni to’liq egallamay turib, u bilan shug’ullarnish o’zlarini noqulay ahvolga solishi mumkinligi haqida tushuntirish; tushunib, ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “sher va sichqon” ertagini mustahkamlash. Matnni o’quvchilarga o’qitish, mazmunini og’zaki hikoya qildirish. Savollarga javob olish.
Sher sichqonga nima qilgan edi?
Sichqon sherning yaxshiligini qanday qaytardi?
III. Yangi mavzu bayoni: “Maymun va duradgor” ertagi bilan tanishtirish.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. “Maymun va duradgor” ertagi matnini o’qish.
2. Mazmunini tushuntirish:
Maymun timsolida uquvsiz, bilim olishni xohlamaydigan, lekin o’zining uquvsizligini tan olmaydigan odamlar kulgiga olingan. Har qanday kasb yoki hunar bilan shug’ullanishdan oldin, shu kasb-hunarni o’rganish, uning sirlarini egallash talab etiladi. Kasb-hunarni o’yin bilib, boshqalar mehnati ko’ziga oson ko’rinib uni mensimaslik odamni noqulay ahvolga tushurib qo’yishi mumkin. Shuning uchun kelajakda qanday kasb-hunar egasi bo’lishni hozirdan aniqlab, unga kerakli bilim va malakalarni egallab borish zarur.
V. Darsni yakunlash:
Duradgorlik va boshqa hunarlar haqida suhbat uyushtirish.
VI. Uyga vazifa: “Maymun va duradgor” ertagini o’qib kelish.
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (118-121-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarni harakatni bildirgan so’zlarni aniqlash va ularni yozishga oid malakalarini rivojlantirish; ularni tabiatni sevishga, uni asrab-avaylashga yana bir bor chaqirish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Yangi mavzu bayoni:
Harakatni bildirgan so’zlar mavzusini mustahkamlash uchun mashqlar bajarish.
O’tgan darsda tanishtirilgan qoidani o’quvchilardan so’rash.
“Nima qildi” o’yinini o’tkazish. O’quvchilar pantomima usulida biror harakatni bajaradi qolgan o’quvchilar u nima qilganini topadilar.
III. Darslik bilan ishlash:
118-mashq.
Tog’da nega Nega gullar
Eridi qor? Kuldi takror?
Nega loyqa Chunki yana
Oqar anhor? Keldi bahor.
Eridi, oqar, kuldi, keldi – so’zlari harakatni bildiruvchi so’zlar.
119-mashq. “Yaproqlar” she`ri o’qiladi. Harakatni bildiruvchi so’zlar aniqlanib, yoziladi.
Shovullaydi, chorlaydi, chang yutib, tozalaydi, yashnatib, korsatadi.
(Yaproqlar – barglar; chorlaydi – chaqiradi. )
120-mashq. Namuna asosida mashq bajariladi.
B ola kuladi, yuradi, o’ynaydi.
S uv oqadi, qaynaydi, soviydi.
Q aldirg’och sayraydi, uchadi,
P axta teriladi, yig’iladi.
O t yuguradi, chopadi, kishnaydi.
IV. Darsni yakunlash: o’tilganlarni mustahkamlash, o’quvchilarni baholash.
V. Uyga vazifa: 114-mashq. Mashqda berilgan matn ko’chirib yoziladi. So’roqlar yordamida harakatni bildirgan so’zlar aniqlanib, tagiga ikki chiziq chiziladi.
Matematika
Mavzu: 1-6-misol va masalalar ( 132-bet)
Maqsad: o’quvchilarni mavzuga doir bilimlarini shakllantirish; ularga jamoat joylarida o’zini tutish qoidalarini o’rgatish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash: Mustaqil ish
87 – 6; 55 + 4
19 – 4 77 - 70
36 + 20 46 + 30;
III. Yangi mavzu bayoni:
1-6-misol va masalalarni yechish
Ikki xonali sonlarni ayirishda o’nliklar o’nliklardan, birliklar birliklardan ayiriladi.
IV. Darslik bilan ishlash:
1-misol (og’zaki)
38 – 17 = 21 38 – 17 = 21
30 – 10 = 20 38 – 10 = 28
8 – 7 = 1 28 – 7 = 21
20 + 1 = 21
2-misol.
77 - 35 = 42 58 – 27 = 31 45 – 21 = 24
38 – 14 = 24 69 – 38 = 31 77 – 46 = 31
3-masala. Berilgan misollar asosida masala tuziladi.
1) Do’konda 90 kg sabzavot bor edi. 20 kg kartoshka va 30 kg sabzi sotlidi. Do’konda qancha sabzavot qoldi?
2) Kutubxonada 69 ta darslik bor edi. Kutubxonachi 28 ta darslikni o’quvchilarga tarqati, yana 9 ta darslik olib keldi. Kutubxonada nechta kitob qoldi?
4 - masala
1-vagonda – 48 nafar yo’lovchi -? nafar yo’lovchi
2-vagonda - ?, 17 nafar kam
Yechish: 1) 48 – 17 = 31 nafar
2) 48 + 31 = 7 9 nafar
Javob: hammasi 79 nafar yo’lovcho bor.
5- misol.
58 > 37 45 > 24 71 > 17 26 = 26
V. Darsni yakunlash: bugungi mavzu savol-javob orqali mustahkamlanadi. O’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa: 6 -misol (132-bet)
O’qish
Mavzu: Rostgo’y bola (ertak)
Maqsad: O’quvchilarni “Rostgo’y bola” ertagi bilan tanishtirish; ularga rostgo’y, to’g’riso’z qilib tarbiyalash; tushunib, ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Maymun va duradgor” ertagini mustahkamlash. Matnni o’quvchilarga o’qitish, mazmunini og’zaki hikoya qildirish. Savollarga javob olish.
Duradgon nima ish qilayotgan edi?
Maymun nima qildi?
O’ziga aloqador bo’lmagan ishga aralashishning oqibati nima bilan tugaydi?
III. Yangi mavzu bayoni: “Rostgo’y bola” ertagi bilan tanishtirish.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. “Rostgo’y bola” ertagi matnini o’qish.
2. Mazmunini tushuntirish:
Yolg’on hech qachon odamlarga yaxshilik keltirmagan. Yo’lg’on so’zlagan kishi har vaqt do’st-dushmanlarining oldida uyatga qolgan. Rost so’zlagan odam o’zgalar oldida hurmat topadi, ularning e`tiboriga sazovor bo’ladi.
“Rostgo’y bola” ertagining bosh timsoli bo’lgan bolakay ham o’zining rostgo’yligi orqali podshohning e`tiborini qozondi. Kelajakda yurtga podshohlik qilishga munosib topildi.
Shuning uchun xalqimizning “Boshingga qilich kelsa ham rost gapir” degan maqoliga amal qilib yashash kerak.
V. Uyga vazifa: “Rostgo’y bola” ertagini o’qib kelish.
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (122-125-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarni harakatni bildirgan so’zlarni aniqlash va ularni yozishga oid malakalarini rivojlantirish; ularning o’rtasidagi do’stlikni mustahkamlash; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Yangi mavzu bayoni:
Harakatni bildirgan so’zlar mavzusini mustahkamlash uchun mashqlar bajarish.
O’tgan darsda tanishtirilgan qoidani o’quvchilardan so’rash.
III. Darslik bilan ishlash:
122-mashq.
Kombayn o’radi, yig’adi, g’aramlaydi.
123-mashq.
To’quvchi to’qiydi.
Kapalak uchadi.
Baliq suzadi.
Suv oqadi.
124-mashq.
M en Javohir bilan dalaga bordim. Shudring tushgan o’tloqda rosa aylandik. Ikkalamiz bir xalta yalpiz, jag’jag’, ismaloq terdik.
IV. Darsni yakunlash: Darslikda berilgan savollraga o’quvchilardan og’zaki javob olish.
V. Uyga vazifa: 125-mashq. Mashqda berilgan savollarga javob yoziladi. Harakatni bildirgan so’zlar tagiga ikki chizik chiziladi.
Matematika
Mavzu: 1-6-misol va masalalar ( 133-bet)
Maqsad: o’quvchilarnning ikki xonali sonlarni ayirishga doir bilmlarini mustahkamlash; ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
III. Yangi mavzu bayoni:
1-6-misol va masalalarni yechish
Ikki xonali sonlarni ayirishda o’nliklar o’nliklardan, birliklar birliklardan ayirilishi eslatib o’tiladi. 1-misol orqali mustahkamlanadi.
IV. Darslik bilan ishlash:
1-misol (og’zaki)
78 – 38 = 40 78 – 38 = 40
70 – 30 = 40 78 – 30 = 48
8 – 8 = 0 48 – 8 = 40
40 + 0 = 40
2 - masala
O’g’il bola – 58 nafar -? nafar o’quvchi
Qiz bola - ?, 28 nafar kam
Yechish: 1) 58 – 28 = 30 nafar
2) 58 + 30 = 88 nafar
Javob: hammasi 88 nafar o’quvchi bor.
3-misol.
25 - 15 = 10 37 – 17 = 20 58 – 28 = 30 38 – 18 = 20
26 – 16 = 10 49 – 29 = 20 76 – 56 = 20 65 – 25 = 40
4-masala.
Bog’bon bog’dan birinchi savatga 29 kg olma, ikkinchi savatga undan 9 kg kam olma terdi. Bog’bon hammasi bo’lib necha kilogramm olma tergan?
Yechish: 1) 29 – 9 = 20 kg
2 ) 29 + 20 = 49 kg
Javob: hammasi 49 kg olma.
5-misol.
Sinf qatorlar bo’yicha guruhlarga bo’linib, misollarni og’zaki yechadilar.
V. Darsni yakunlash: bugungi mavzu savol-javob orqali mustahkamlanadi. O’quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa: 6 -misol (133-bet)
Atrofimizdagi olam
Mavzu: Bizning bog’
Maqsad: o’quvchilarni maktab bog’ida bajarilgan ishlar bilan tanishtirish, ularni tabiatni sevishga, asrashga o’zgalar mehnatini qadrlashga o’rgatish; og’zaki nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, sayohat;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash:
O’tgan mavzu bo’yicha suhbat tashkil etish.
Qishloq va shahar tabiatida qanday farqni sezdingiz?
Bu ikki joy tabiati nima sababdan bir-biridan farq qiladi deb o’ylaysiz?
III. Yangi mavzu bayoni:
Bizning bog’
Dars maktab bog’ida o’tkaziladi. O’quvchilarga o’zlaridan katta aka-opalari mehnati bilan tashkil etilgan maktab bog’I ko’rsatiladi. Ularga mevali va manzarali daraxtlar turlari, ularning ahamiyati haqida tushuncha beriladi.
Yashil tabiat insonga doim foyda keltirganini, unga munosib javob qilmasak tabiat bizni kechirmasligini tushuntiriladi. Har bir ekilgan nihol kelajakda o’zimizga naf keltirishi, shuning uchun ularni parvarish qilish kerakligi, sindirmaslik lozimligi haqida tushuncha beriladi.
IV. Mustahkamlash:
- Maktab bog’ida nimalarni ko’rdingiz?
- Maktab bog’iga siz ham o’z hissangizni qo’shganmisiz?
- O’zingiz yashayotganda yerda ham bog’ tashkil etilganmi, uni kimlar parvarish qiladila?
V. Uyga vazifa: “Bizning bog’” mavzusini o’qish.
Mehnat
Mavzu: Elektr jihozlaridan foydalanish
Maqsad: o’quvchilarga elaktr toki yordamida ishlaydigan jihozlar haqida ma`lumot berish; ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; o’quvchilarning bilim va malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat;
Darsning jihozi: elektr jihozlari tasvirlangan rasmlar.
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash, dars uchun zarur ko’rgazmalarni shaylash;
II. Yangi mavzu bayoni:
Elektr jihozlaridan foydalanish
1.Elektr jihozlari haqida ma`lumot berish.
2. Elektr jihozlaridan foydalanish tartibi bilan tanishtirish:
Hozirgi kunda hayotimizni elektr jihozlarisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Har qanday ish jarayonida biror bir elaktr jihozi albatta bizga yordam beradi. Elektr jihozlari tez ishlab, bizning ishimizni yengillashtiradi. Ular aynan elektor toki yordamida ishlaganligi inson uchun bir oz havf tug’dirishi mumkin. Elektr jihozlaridan foydalanishda eng birinchi uning tokka ulanuvchi shnuridan ehtiyot bo’lib ushalash kerak. Simning ochiq joylari bo’lsa bunday jihozdan foydalanish yaramaydi. Ba`zi insonlarni elektr jihozlarining simlarini mahsus suqiladigan qismisiz, to’g’ridan-to’g’ri tokka ulab ishlatayotganligini ko’rish mumkin, bu hayot uchun o’ta hafvlidir. Televizor, megnitafon, kompyuter kabi jihozlardan foydalanish birmuncha soddaroq bo’lsa-da, lekin isituvchi jihozlar: elektor plitalar, pechlar kabilar bilan ishlash kuchliroq ahamiyat talab etadi.
Elektor buyumlaridan foydalanilib bo’lgach uni tokdan uzishda ham ehtiyot bo’lish kerak.
III. Darsni yakunlash.
IV. Uyga vazifa: mavzuni mustahkamlash.
Matematika
Mavzu: 1-6-misol va masalalar ( 134-bet)
Maqsad: o’quvchilarning ikki xonali sonlar ustida amallar bajarish malakalarini mustahkamlash; ularni jamoat ishlarida faol qatnashishga o’rgatish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash: Mustaqil ish
45 – 25 27 – 14 57 - 37
56 – 50 77 – 43 64 – 60
III. Yangi mavzu bayoni:
1-6-misol va masalalarni yechish
Ikki xonali sonlarni qo’shish va ayirish qoidasi o’quvchilardan so’raladi.
IV. Darslik bilan ishlash:
1-misol
69 – 64 = 5 69 – 64 = 5
60 – 60 = 0 69 – 60 = 9
9 – 4 = 5 9 – 4 = 5
0 + 5 = 5
2-misol.
Kamayuvchi
|
58
|
30
|
58
|
70
|
90
|
52
|
47
|
Ayriluvchi
|
55
|
4
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |