44
|
51
|
62
|
12
|
35
|
40
|
Qo’shiluvchi
|
54
|
20
|
46
|
28
|
24
|
78
|
25
|
30
|
Yig’indi
|
80
|
62
|
90
|
79
|
86
|
90
|
60
|
70
|
Qo’shiluvchilardan biri noma`lum bo’lsa yig’indidan ma`lum qo’shiluvchi ayiriladi.
4- misol
Topshiriq matematik diktant tarzida bajariladi.
60 + 40 = 100 60 – 40 = 20
50 + 20 = 70 50 - 20 = 30
V. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: 5 -misol (144-bet)
O’qish
Mavzu: Taqsim (hikoya)
Maqsad: O’quvchilarni “Taqsim” hikoyasi bilan tanishtirish; ularga noshukrlik boridan ham mahrum qilishi mumkinligini tushuntirish; tushunib o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Ochko’z sichqon” ertagini o’quvchilarga qayta so’zlatish. Undan olgan xulosalarini aniqlash.
Sichqonning niyati nima edi?
Sichqon nega don tagida qoldi?
III. Yangi mavzu bayoni: Abdulla Avloniyning “Taqsim” hikoyasi bilan o’quvchilarni tanishtirish.
Taqsim – so’zini o’quvchilarga tushuntirish:
Taqsim – bo’lish, bo’lishish ma`nosini beradi.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. “Taqsim” hikoyasini o’quvchilarga o’qib berish.
2. Hikoya mazmunini tushuntirish:
Bolalar yong’oqni o’zaro teng bo’lib, uni o’zlari yeyishlari mumkin edi. Lekin ularning ochko’zligi, noshukrligi yong’oqni boshqa odamga nasib qilishiga sabab bo’ldi. Oldingi darslarimizda tanishgan ertak va rivoyatlardan ham ma`lumki ochko’zlik, baxillik, noshukrlik hech kimga naf keltirmagan.
V. Darsni yakunlash:
Ozga qanoat qilmagan ko’pdan qolur - maqolining mazmunini o’quvchilarga tushuntirish.
VI. Uyga vazifa: “Taqsim” hikoyasini o’qib kelish, so’zlashga tayyorlanish.
Ona tili
Mavzu: Og’zaki nutq va yozma nutq.
Maqsad: o’quvchilarni og’zaki va yozma nutq bilan tanishtirish; ularni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Yangi mavzu bayoni:
Og’zaki nutq va yozma nutq
Mamunan bog’langan gaplardan nutq hosil qiladi. Og’zaki ravishda biror voqea-hodisa haqida so’zlab berilganda og’zaki nutqdan foydalaniladi. Og’zaki nutqning yozuvda ifodalanishi yozma nutq deyiladi.
III. Darslik bilan ishlash:
150-mashq. Rasm asosida hikoya tuzish.
Boburning otasi – duradgor. U kishi juda chiroyli eshik va romlar yasaydi. Bobur ham otasiga yordam berib turadi. U yaqinda qushlar uchun in yasadi.
Rasm asosida og’zaki so’zlangan hikoya og’zaki nutqni tashkil etadi.
151-mashq. Mashqda berilgan Anvar haqidagi hikoya yozma nutq namunasidir.
Anvar rassom bo’lishni istaydi. U ko’m-ko’k dala, beg’ubor osmon rasmini chizdi. Rasm o’rtoqlariga yoqdi.
Hikoya gaplardan tuzilgan.
IV. Darsni yakunlash:
Yangi mavzuni umumlashtirish, mustahkamlash.
V. Uyga vazifa: 152-mashq
Matematika
Mavzu: 6 – 9 – misol va masalalarni yechish (145-bet).
Maqsad: o’quvchilarning bilim va malakalarini mustahkamlash; bilim bebaho boylik ekanligini tushunishlariga erishish; mustaqil ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlash;
Darsning usuli: aralash;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:
Uchinchi qo’shiluvchini topish usuli mustahkamlanadi.
Uchunchi qo’shiluvchini topish uchun ma`lum ikki qo’shiluvchini qo’shib, umumiy yig’indidan ayiramiz.
III. Yangi mavzu bayoni:
Misol va masalalar yechish
6-masala.
T ovuqlar uchun – 28 kg don - ? kg don sarflanadi.
G’ozlar uchun - ?, 11 kg kam
Yechish: 1) 28 – 11 = 17 kg
2) 28 + 17 = 45 kg
Javob: jami 45 kg don sarflanadi.
7-misol
Pushti rangdagi misollar – 1-qator, sariq rangdagi misollar – 2-qator, ko’k rangdagi misollar – 3- qator o’quvchilariga beriladi.
8-misol. Qavslarni o’yishga doir misollarni yechiladi.
(60 + 20) + 7 = 87 (7 + 3) + 30 = 40
IV. Darsni yakunlash: o’tilganlarni umumlashtirish, o’quvchilarni baholash.
V. Uyga vazifa: 9- misol (145-bet).
O’qish
Mavzu: Chiroyli salom (hikoya)
Maqsad: O’quvchilarni “Chiroyli salom” hikoyasi bilan tanishtirish; ularni odobli, tarbiyali bo’lishga o’rgatish; tushunib o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Taqsim” hikoyasini o’quvchilardan so’rash. Savollarga javob olish:
Bolalar nimani talashib qoldilar?
Yigit yong’oqni qanday bo’lib berdi?
Ozga qanoat qilmasa, nima bo’ladi?
III. Yangi mavzu bayoni: Safar Barnoyevning “Chiroyli salom” hikoyasi bilan o’quvchilarni tanishtirish.
Salomlashish odobi, salom so’zining ma`nosi haqida o’quvchilar bilan suhbat o’tkazish.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. “Chiroyli salom” hikoyasini o’quvchilarga o’qib berish.
2. Hikoya mazmunini tushuntirish:
Insonlar bir-birlariga yaxshi tilak bildirib, salomlashadilar. Salomlashishning ham o’z qoidasi bor. Nigina timsolida o’zidan kattalarga muomala qilish odobi hikoyada yoritib berilgan. O’zbek xalqida yuz-qo’lini yuvmasdan boshqalarga ko’rinish uyat hisoblangan, shuning uchun ham yoshlar uyqudan erta turganlar. Katta yoshdagi bobo va buvilarimiz uyqudan turganlarida ularga chiroyli salom berish odat tusiga kirgan.
V. Darsni yakunlash: Matnni o’quvchilarga o’qitish. Mavzu bo’yicha o’quvchilarning fikrlarini aniqlash.
VI. Uyga vazifa: “Chiroyli salom” hikoyasini o’qib kelish.
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (153-155-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarning og’zaki nutq va yozma nutq mavzusiga oid malakalarini mustahkamlash; ularni chiroyli, tushunarli so’zlashga o’rgatish; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Yangi mavzu bayoni:
Og’zaki nutq va yozma nutq mavzusini mustahkamlash
Nutq nimalardan tuziladi? (Gaplardan).
Og’zaki nutq va yozma nutqning farqini ayting.
III. Darslik bilan ishlash:
153-mashq.
“Mehmon-mehmon” o’yini mavzusida berilgan savollarga rasm asosida javob berish. Javoblar bir-biriga bog’langan gaplar asosida berilib, hikoya tuziladi. Og’zaki ravishta yaratilgan hikoya og’zaki nutqning namunasidir.
154-mashq. “Zarif va Zafar” matni ko’chirib yoziladi. Bu yozma nutq shakli ekanligi tushuntiriladi.
Zarif shaharda yashaydi. U qishloqdagi xolasining uyiga bordi. U yerda Zarif Zafar akasiga yordamlashdi.
Yordamlashdi – ko’maklashdi
IV. Darsni yakunlash:
- 153-mashqda qanday nutq yaratdik?
- 154-mashqda-chi?
V. Uyga vazifa: 155-mashq
Matematika
Mavzu: O’lchash natijasida hosil bo’lgan sonlar ( 146-bet)
Maqsad: o’quvchilarning bilim va malakalarini mustahkamlash; ularni tabiat hodisalarini tushunishga o’rgatish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
Mustahkamlash. Og’zaki hisoblang:
30 + 40; 58 + 2; 100 – 70; 74 – 70;
15 + 5; 50 + 50; 49 – 9; 26 + 4;
III. Yangi mavzu bayoni:
O’lchash natijalarida hosil bo’lgan sonlar
Uzunlik o’lchov birliklarini ayting.
Og’irlik o’lchov birliklarini ayting.
Yana qanday o’lchov birliklarini bilasiz? (suyuqlik - litr).
IV. Darslik bilan ishlash:
1-misol
60 sm + 20 sm = 80 sm 40 dm – 30 dm = 10 dm
30 dm – 10 dm = 20 dm 70 sm – 20 sm = 50 sm
2-masala
Jami g’ozlar noma`lum bo’lgan masalaning yechimi qo’shish bilan topiladi. Bor bo’lgan va olib kelingan g’ozlarni topishga doir masalalarning ikkalasida ham ayirish bilan topiladi.
3- misol. Ko’rsatkichlar orqali misollar yechimi topiladi.
4-masala.
Ochiq kunlar – 12 kun
Bulutli kunlar – 18 kun
Ochiq kunlar qancha kam?
Masalani yechishdan oldin quyidagi savolga o’quvchilardan javob olinadi:
- Aprel oyi necha kundan iborat?
- Masala necha amal bilan yechiladi?
Yechish: 18 -12 = 6
Javob: ochiq kunlar bulutli kunlardan 6 kun kam bo’lgan.
V. Darsni yakunlash: yangi mavzuni mustahkamlash, o’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: 5 -misol (146-bet)
O’qish
Mavzu: Bo’lim yuzasidan takrorlash
Maqsad: O’quvchilarning “Odob – insonga husn” bo’limidan olgan bilimlarini umumlashtirish; ularni odobli, tarbiyali bo’lishga chorlash, muomala madaniyatiga o’rgatish; ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: umumlashtiruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Chiroyli salom” hikoyasini o’quvchilardan so’rash. Savollarga javob olish:
Nigina qanday qiz?
Xurshid buva Niginaga nima deb tanbeh berdi?
Hikoyadan qanday hulosa chiqardingiz?
III. Yangi mavzu bayoni: “Odob – insonga husn” bo’limini yakunlash.
Bo’limda qanday mavzudagi asarlarni o’qidik?
Sizga qaysi asar yoqdi?
“Maslahat” she`rini yod aytib bering.
Qanday salom “chiroyli salom” bo’ladi?
IV. Darslik bilan ishlash:
Bo’lim yakunida berilgan boshqotirma va rebuslarni o’quvchilar bilan birgalikda yechish.
Boshqotirmada berilgan so’zlar to’g’ri joylansa - Odobli bola – elga manzur – hikmatli gapi kelib chiqadi.
Rebus hal qilinganda - O’yna gapirsang ham, o’ylab gapir – hikmatli gapi hosil bo’ladi.
Darsni yakunlash: “Odob – insonga husn” bo’limiga xulosa yasash.
Uyga vazifa: Savol va topshiriqlarga javob tayyorlash.
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (156-158-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarga gap haqida ma`lumot berish; ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalsh; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:
Shaxs va narsani bildirgan so’zlar qanday so’roqlarga javob bo’ladi?
Belgini bildirgan so’zlarga misollar keltiring.
Sanoqni va tartibni bildirgan so’zlar qaysi so’roqlarga javob bo’ladi?
III. Yangi mavzu bayoni:
Gap
Gap so’zlardan tuziladi. Gapning birinchi so’zi bosh harf bilan boshlanadi.
III. Darslik bilan ishlash:
156-mashq.
Biz hayvonot bog’iga bordik. Bog’ keng maydonni egallabdi. Hayvonot bog’iga dengiz akvariumi ham bor ekan.
Matnda uchta gap bor. Har bir gap bosh harf bilan boshlangan.
157-mashq.
Quddus Muhammadiy
Quddus Muhammadiy – bolalarning sevimli shoiri. Bolalar shoirning “Tabiat alifbesi” kitobini sevib o’qiydilar. Bu kitob ona tabiatni va jonivorlarni sevishga o’rgatadi.
Matn uchta gapdan iborat. Gap so’zlardan tuzilgan.
IV. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash.
V. Uyga vazifa: 158-mashq.
Musiqa
Mavzu: “Kapalak” qo’shig’i
Maqsad: “Kapalak” qo’shig’ini o’rgatish, musiqiy rebusni yechish; kuyni eshitish qobiliyatini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi.
Darsning usuli: tanishtirish, kuylatish.
Darsning borishi.
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. 1. “Kapalak” qo’shig’ining matni bilan o’quvchilarni tanishtirish, kuyga solish.
Kapalak
Z. Diyor she`ri S. Barnoyev musiqasi
Hoy gul emgan kapalak,
Qanotlaring ipakdak.
Seni ko’rdim bog’chamda,
Meni qilding jonsarak.
Uchrataman har kuni
Seni go’zal bog’chamda,
So’rib gullar bargini
O’tirasan olchamda.
Borib ushlay deganda
Shoshib qolib uchasan.
Sira tutqich bermaysan
Guldan gulga ko’chasan.
III. Darsni yakunlash:
Rebusni yechish. Hosil bo’ladigan so’zlar: dovrug’, rekord, misol, farzand, solist, ventilyator, sigir, dovul, dono, sichqon, Galya, solishtir, farosat, miyov, rezavor, doston.
IV. Uyga vazifa: “Kapalak” qo’shig’ini yod olish. O’tilganlarni mustahkamlash.
Matematika
Mavzu: 6-11- misol va masalalar ( 147-bet)
Maqsad: o’quvchilarni geometrik shakllarga doir bilim va malakalarini mustahkamlash; ularga duradgorlik hunarining hayotimizdagi o’rni haqida ma`lumot berish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash. Matematik diktant
60 va 30 ning yig’indisini toping.
90 va 10 ning ayirmasini toping.
III. Yangi mavzu bayoni:
Misol va masalalar yechish
IV. Darslik bilan ishlash:
6-misol (og’zaki)
a) 4 ta shakl bor;
b) 1- shakl tog’ri to’rtburchak, 2- va 3- shakllar to’rtburchaklar, 4-shakl kvadrat.
7-masala
Randaladi – 42 ta taxta
Qoldi – 6 ta Yechish: 42 + 6 = 48 ta
Hammasi - ? ta taxta Javob: hammasi 48 ta rtandalashi kerak.
8- masala.
O’quvchilar maktab bog’ida 100 kg olma terib, ularni uchta yashikka joyladilar. Birinchi yashikka 38 kg, ikkinchi yashikka 30 kg olma joylangan bo’lsa, uchinchi yashikka qancha olma joylangan?
Yechish: 100 – (38 +30) = 100 – 68 = 32 kg
Javob: uchinchi yashikka 32kg olma joylangan.
9-misol.
54 = 50 + 4 96 = 90 + 6 39 = 30 + 9
85 = 80 +5 72 = 70 + 2 68 = 60 + 8
10-misol.
98 – (33 +45) = 98 – 78 = 10
V. Darsni yakunlash: yangi mavzuni mustahkamlash, o’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: 11misol (147bet)
Atrofimizdagi olam
Mavzu: Salom, yoz! Yozda kishilarning mehnati
Maqsad: o’quvchilarni mavzu bilan tanishtirish, ularni tabiat in`omlarini qadrlashga o’rgatish; og’zaki nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash:
O’tgan mavzu bo’yicha suhbat tashkil etish.
Dorivor o’simliklar qayerlarda o’sadi?
Uy sharoitida qanday dorivor o’simliklardan foydalangansiz?
Shifobaxsh o’tlarning nimasidan dori sifatida foydalaniladi?
III. Yangi mavzu bayoni:
Salom, yoz!
Iyun, iyul, avgust – yoz oylari. Yurtimizda yoz juda issiq bo’ladi. Bog;lardagi mevalar pishadi. Polizlarda qovun-tarvuzlar yetiladi. Dalalardagi bug’doy va sabzavotlarni dehqonlar yig’ib-terib oladilar.
Biz bobonizga bog’dagi mevalarni terishda yordam beramiz. Foydali mehnatdan so’ng maza qilib dam olamiz.
Biz yozda ta`tilga chiqamiz. Ta`tilda o’rtoqlarimiz bilan o’ynaymiz. Hovuz va anhorlarda cho’milamiz.
Bolalar oromgohlarida dam olamiz. U yerda vaqtimizni qiziqarli o’tkazamiz. Tabiat qo’iyniga sayohat qilamiz. Sport musobaqalarida qatnashamiz. Qiziqarli kitoblar o’qiymiz.
Biz yozda miriqib o’qiymiz.
IV. Darsni yakunlash:
Yuqorida o’qilgan matndan foydalanib “Yozda kishilarning mehnati” mavzusida suhbat tashkil etish, xulosalash, o’quvchilarni baholash.
V. Uyga vazifa: Har ikkala mavzuni mustahkamlash.
Mehnat
Mavzu: Erkin mavzu
Maqsad: o’quvchilarning bilim va malakalarini mustahkamlash; ularni mehnat qilishga odatlantirish; mehnat qilish ko’nikmasini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: amaliy ish;
Darsning jihozi: rangli va karton qog’ozlar, qaychi, yelim, qalam, chizg’ich.
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Yangi mavzu bayoni:
1. Bugungi darsda o’quvchilar yil davomida olgan bilimlari asosida erkin mavzuda ishlashlari e`lon qilinadi.
Ular ixtiyoriy ravishda xohlagan xom-ashyosidan foydalanib, buyum, o’yinchoq, esdalik sovg’asi kabilarni yasashlari mumkinligi aytib o’tiladi.
Ishlash jarayonida mehnat havfsizligi qoidalariga rioya qilish qat`iy talab etiladi.
2. o’quvchilar ish jaraonini boshlaydilar.
III. O’quvchilarning mehnat jarayoni kuzatib turiladi. Kerakli vaqtlarda ularga yordam beriladi.
IV. Darsni yakunlash: ishni yakunlash, ish joyini tozalash.
V. Uyga vazifa: ishni yakunlashga ulgurmagan o’quvchilar ishni yakunlaydilar.
Matematika
Mavzu: Mustahkamlash uchun mashqlar ( 143-bet)
Maqsad: o’quvchilarni 100 ichidagi sonlarni qo’shish va ayirishni malakalarini mustahkamlash; ularni rostgo’y, halol bo’lishga o’rgatish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Yangi mavzu bayoni: Mustahkamlash uchun mashqlar
“Qiziqarli jadval” asosida og’zaki misollar yechish
0
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
8
|
9
|
10
|
10
|
11
|
12
|
13
|
14
|
15
|
16
|
17
|
18
|
19
|
20
|
20
|
21
|
22
|
23
|
24
|
25
|
26
|
27
|
28
|
29
|
30
|
30
|
31
|
32
|
33
|
34
|
35
|
36
|
37
|
38
|
39
|
40
|
40
|
41
|
42
|
43
|
44
|
45
|
46
|
47
|
48
|
49
|
50
|
50
|
51
|
52
|
53
|
54
|
55
|
56
|
57
|
58
|
59
|
60
|
60
|
61
|
62
|
63
|
64
|
65
|
66
|
67
|
68
|
69
|
70
|
70
|
71
|
72
|
73
|
74
|
75
|
76
|
77
|
78
|
79
|
80
|
80
|
81
|
82
|
83
|
84
|
85
|
86
|
87
|
88
|
89
|
90
|
90
|
91
|
92
|
93
|
94
|
95
|
96
|
97
|
98
|
99
|
100
|
III. Darslik bilan ishlash.
1-masala
Bor edi – 50 m mato
Qirqib olindi – 20 m
Qoldi - ? metr mato
Yechish: 50 – 20 = 30 m
Javob: 30 m mato qoldi.
2-misol
83 + 17 = 100 67 -32 = 35 28 + 72 = 100 50 + 14 = 64
3-misol.
Bo’sh kataklarga kerakli sonni qo’yishga doir misol yechiladi.
56 - 6 = 50 58 - 8 = 50 97 – 7 = 90
49 - 9 = 40 43 – 3 = 40 53 - 3 = 50
4-masala.
1 – albomga – 24 bet - ? bet qog’oz ishlatilgan
2 – albomga - ?, 16 bet ko’p
Yechish: 1) 24 + 16 = 40
2) 24 + 40 = 64 bet
Javob: hammasi 64 bet qog’oz ishlatilgan.
V. Darsni yakunlash: 5 – misolni og’zaki bajarish, o’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: 6 -misol (148-bet)
O’qish
Mavzu: Nazorat ishi - 6
Maqsad: O’quvchilarning o’qish tezligini tekshirish; ulardagi ilm olish, o’qishga bo’lgan intilishni kuchaytirish; tushunib o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: nazorat darsi;
Darsning usuli: o’qish texnikasini tekshirish;
Darsning jihozi: darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Nazorat ishi o’tkazilishini e`lon qilish.
1. Nazorat shakli o’qish texnikasini tekshirish ekanligi, uni o’tkazilish tartibini o’quvchilarga tushuntirish
2. Nazorat ishini o’tkazish uchun mavzu tanlash.
Darslikdagi “Mustaqil o’qish uchun” berilgan mavzulardan o’quvchilarga mos bo’lgan biri tanlab olinadi. O’quvchilar notanish matnni o’qiydilar, ular quyidagi mezonlar asosida tekshirib boriladi va baholanadi:
O’qish tezligi;
Ravonligi;
Tinish belgilariga rioya qilib o’qishi;
So’zlarni to’liq talaffuz qilishi;
Tushunib o’qishi;
V. Darsni yakunlash:
O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: o’tilganlarni mustahkamlash
Ona tili
Mavzu: 159-161-mashqlarni bajarish
Maqsad: o’quvchilarning bilim va malakalarini mustahkamlash; ularni kattalarni hurmat qilishga odatlantirish; chiroyli yozish malakalarini rivojlantish.
Darsning turi: mustahkamlash;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazmalar, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tilganlarni mustahkamlash.
Gap nimadan tuziladi? Misollar keltiring.
Gapning boshi qanday yoziladi?
Nutq deb nimaga aytiladi?
Yana qanday so’zlar bosh harf bilan yozilishi mumkin?
III. Yangi mavzu bayoni:
Mashqlar bajarish
“Gap” mavzusini mustahkamlovchi mashqlar bajarish.
IV. Darslik bilan ishlash:
159-mashq.
(Hikoya Farhod va uning bobosi haqida. Hikoyada to’rtta gap bor.)
Farhod bobosi bilan dala hovliga bordi. Bobosi daraxtlarni, toklarni parvarish qildi. Farhod bobosining yonida o’ynab yurdi. U bobosining ishlariga yordamlashdi.
Hikoya ko’chirib yozdiriladi, kim? so’rog’iga javob bo’lgan so’zlarning tyagiga chizdiriladi.
160-mashq.
Ertak beshta gapdan tuzilgan. Gaplar bosh harf bilan yoziladi.birinchi gap chol va kampir haqida, to’rtinchi gap laylak haqida aytilgan.
V. Uyga vazifa: 161-mashq.
Matematika
Mavzu: 7-11- misol va masalalar ( 150-bet)
Maqsad: o’quvchilarning bilim va malakalarini mustahkamlash; ularni vaqtni qadrlashga o’rgatish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Mustahkamlash. Mustaqil ish
36 + 14 = 50 100 – 73 = 27 15 + 80 = 95
40 – 27 = 13 90 + 10 = 100 30 + 67 = 97
III. Yangi mavzu bayoni:
Misol va masalalar yechish
IV. Darslik bilan ishlash:
7-masala (og’zaki)
Savatda 36 ta olma bor edi. 1-likopga 10 ta, 2-likopga 6 ta olma solindi. Qolgan olmalar uchinchi likopga solindi. Uchunchi likopga qancha olma solingan?
Yechish: 36 – (10 + 6) = 36 – 16 = 20 ta
Javob: uchinchi likopga 20 ta olma solingan.
8-misol
9 sm li va 5sm li kesma chiziladi.
9- misol
28 + 10 = 38 68 – 20 = 48 68 – 30 = 38
56 – 6 = 50 25 + 50 =75 25 + 65 = 90
10-masala (og’zaki).
Rasm asosida yo’lka orqali yo’l qisqa ekanligi aniqlanadi.
V. Darsni yakunlash: yangi mavzuni mustahkamlash, o’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: 11-misol (150-bet)
Atrofimizdagi olam
Mavzu: Bilib qo’ygan yaxshi.
Maqsad: o’quvchilarni mavzu bilan tanishtirish, ularni xavfsizlik qoidalari yuzasidan egallagan bilimlarini kengaytirish; og’zaki nutqini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash:
O’tgan mavzu bo’yicha suhbat tashkil etish.
Biz hozir qaysifasldamiz?
Qaysi fasl yaqinlashib kelyapti?
Yoz oylarini sanab bering.
Yoz faslining o’ziga xos tabiati nimalardan iborat?
III. Yangi mavzu bayoni:
Bilib qo’ygan yaxshi!
Tabiiy gaz, elektr tarmog’i, quvurlardan oqadigan suv odam mehnatini yengillashtiradi. Biroq ularga beparvolik bilan qarash baxtsiz hodisalarga olib keladi.
Olov – insonning do’sti. U issiqlik va yorug’lik beradi, inson mehnatini yengillashtiradi. Lekin undan ehtiyot bo’lib foydalanish kerak, aks holda u dushmanimizga aylanishi ham mumkin.
Yodingizdan tuting!
Olov – o’yinchoq emas.
Yong’in – bu katta baxtsizlikka olib keladi.
Olov bilan o’ynashnamg.
Yong’in sodir bo’lganda kattalarga zudlik bilan habar bering.
So’ng 01 telefon raqami orqali o’t o’chiruvchilarni ogohlantiring.
IV. Darsni yakunlash: o’tilganlarni xulosalash.
V. Uyga vazifa: Mavzuni mustahkamlash.
Mehnat
Mavzu: Nazorat ishi
Maqsad: o’quvchilarning bilim va malakalarini mustahkamlash; ularni mehnat qilishga odatlantirish; mehnat qilish ko’nikmasini rivojlantirish;
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: amaliy ish;
Darsning jihozi: rangli va karton qog’ozlar, qaychi, yelim, qalam, chizg’ich.
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. Yangi mavzu bayoni:
1. Bugungi darsda o’quvchilar yil davomida olgan bilimlari asosida erkin mavzuda ishlashlari e`lon qilinadi.
Ular ixtiyoriy ravishda xohlagan xom-ashyosidan foydalanib, buyum, o’yinchoq, esdalik sovg’asi kabilarni yasashlari mumkinligi aytib o’tiladi.
Ishlash jarayonida mehnat havfsizligi qoidalariga rioya qilish qat`iy talab etiladi.
2. o’quvchilar ish jaraonini boshlaydilar.
III. O’quvchilarning mehnat jarayoni kuzatib turiladi. Kerakli vaqtlarda ularga yordam beriladi.
IV. Darsni yakunlash: ishni yakunlash, ish joyini tozalash.
V. Uyga vazifa: ishni yakunlashga ulgurmagan o’quvchilar ishni yakunlaydilar.
Matematika
Mavzu: 12-17-misol va masalalar yechish ( 151-bet)
Maqsad: o’quvchilarning bilim va malakalarini mustahkamlash; ularni bilim olishga intilishlarini kuchaytirish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
Mustahkamlash.
- Biz qanday o’lchov birliklari bilan tanishganmiz?
III. Yangi mavzu bayoni:
Misol va masalalar yechish
IV. Darslik bilan ishlash:
1 2-masala
Yuk avtomobili – 49 ta - ? ta mashina
Yengil mashina - ?, 9 ta kam
Yechish: 49 + (49 - 9) = 49 + 40 = 89 ta
Javob: hammasi 89 ta mashina.
13-misol
34 + 20 = 54 50 – 20 = 30 54 + 20 = 74 27 – 12 = 15
48 + 32 = 80 70 – 30 = 40 78 + 10 = 88 66 – 26 = 40
3- misol. Ko’rsatkichlar orqali misollar yechimi topiladi.
14-masala.
Birinchi chelakda 20 kg, ikkinchi chelakda ham shuncha bodring sotib olindi. 10 kg bodring tuzlandi. Yana qancha bodring qoldi?
Yechish: 20 + 20 – 10 = 40 – 10 = 30 kg
Javob: 30 kg bodring qoldi.
15-misol. Ifoda bo`yicha misol tuziladi va yechiladi.
46 + 30 – 36 = 76 – 36 = 40
56 +20 – 26 = 76 – 26 = 50
16-misol. (og`zaki bajariladi)
46 + 30 – 26 + 48 – 8 = 90
V. Darsni yakunlash: o`tilganlarni xulosalash, o’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: 17 -misol (151-bet)
O’qish
Mavzu: Yer nima der?
Maqsad: O’quvchilarni Po`lat Mo`minning “Yer nima der?” she’ri bilan tanishtirish; ularni ona Zaminimizni asrab-avaylashga, unga mehr berishga chaqirish; ifodali o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Soqi bilan onasi” hikoyasini o’quvchilardan so’rash. Savollarga javob olish:
Soqi maktabdan kelib, onasiga nima dedi?
Onasi nima dedi?
Soqiga ovqat nega shirin tuyildi?
III. Yangi mavzu bayoni: Po`lat Mo`minning “Yer nima der?” she’ri bilan tanishtirish.
IV. Darslik bilan ishlash:
She’r matnini o`quvchilarga o`qib eshittirish.
Uning mazmuni yuzasidan suhbat o`tkazish.
Darsni yakunlash:
Hikmatli gap ustida ishlash:
Yer boylikning onasi bo`lsa, otasi – mehnat.
Ya’ni, yerga mehr berib mehnat qilgan inson kam bo`lmaydi, boy-badavlat bo`lib yashaydi.
Tez aytish musobaqasi tashkil etish.
Uyga vazifa: Po`lat Mo`minning “Yer nima der?” she’rini ifodali o`qish, xohlovchilar uchun yod olish.
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (168-170-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarga gapning turlari haqidagi ma`lumotlarini mustahkamlash; ularni ziyrak, hozirjavob qilib tarbiyalash; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:
Gap nimalardan tuziladi.?
Gaplar oxiriga qanday tinish belgilari qo’yiladi?
So`roq belgisi ganday gaplar oxiriga qo`yiladi?
III. Yangi mavzu bayoni:
Mashqlar bajarish
III. Darslik bilan ishlash:
168-mashq. Berilgan suhbat o`qiladi. Undagi har bir gap alohida tahlil qilinadi.
Ra’noning buvisi aytgan gaplarni ko`chirib yoziladi.
Huv o`sha qir-adirlarda o`sadi.
Bahor kelganda eng birinchi bo`lib boychechak uyg`onadi!
169-mashq. Mashqda berilgan “Qasos” she’ri ifodali o`qiladi, mazmuni tushuntiriladi. Oxiriga so`roq va undov belgisi qo`yilgan gaplar ko`chiriladi.
1. Qalaysan, babaq xo`roz? 2. Qo`lga tushding, qanday soz! 3. Berolmaysan endi pand, Seni yeyman, xo`rozqand!
IV. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash.
V. Uyga vazifa: 170-mashq.
Matematika
Mavzu: 18-23-misol va masalalar yechish ( 152-bet)
Maqsad: o’quvchilarning bilim va malakalarini mustahkamlash; ularni bilim olishga intilishlarini kuchaytirish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
Mustahkamlash: Sonlarni o`qing:
59, 45, 32, 16, 71, 100, 58, 94, 73, 82, 40, 99, 67, 30;
III. Yangi mavzu bayoni:
Misol va masalalar yechish
IV. Darslik bilan ishlash:
18-misol.
50 – (55 – 5) = 50 – 50 = 0 50 + (20 + 20) = 50 + 40 = 90
85 – (75 – 70) = 85 – 5 = 80 70 + (20 + 10) = 70 + 30 = 100
29 + (61 – 60) = 29 + 1 = 30 93 – (43 – 40) = 93 – 3 = 90
19-masala.
Q izil koptoklar – 37 ta
Sariq koptoklar - ? ta - 87 ta
Yechish: 87 – 37 = 50 ta
Javob: Sariq koptoklar 50 ta.
20-misol.
69 – 18 = 51 60 + 28 = 88 76 – 63 = 13
46 + 22 = 68 57 – 32 = 25 58 + 22 = 80
2 1-masala
1-qopda – 46 kg
2-qopda – 43 kg - 100 kg sabzi
3-qopda ? kg
Yechish: 100 – (46 + 43 ) = 100 – 89 = 11
Javob: 3-qopda 11 kg sabzi bor.
22-misol. Taqqoslash:
90 > 80 60 < 70 76 > 67 22 = 22
V. Darsni yakunlash: o`tilganlarni xulosalash, o’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: 23 -misol (152-bet)
O’qish
Mavzu: Tugma
Maqsad: O’quvchilarni Shuhratnning “Tugma” hikoyasi bilan tanishtirish; ularda mas`uliyat hissini tarbiyalash; ifodali, to`g`ri, ravon o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Yer nima der?” she’rini o’quvchilardan so’rash, yodlatish. Savollarga javob olish:
Yer insonlarga nima der ekan?
III. Yangi mavzu bayoni: Shuhratning “Tugma” hikoyasi bilan tanishtirish.
O`zbek yozuvchisi shuhrat haqida qisqacha ma’lumot beriladi.
Shuhratning asl ismlari G`ulom Alimov, Toshkentda tug`ilganlar. Juda ko`plar kitoblar yozganlar. Biz bugun ulug` yozuvchimizning “Tugma” hikoyasini o`rganamiz.
IV. Darslik bilan ishlash:
Hikoya matnini o`quvchilarga o`qib eshittirish.
Uning mazmuni yuzasidan suhbat o`tkazish:
Erkinjonning kiyimiga nima bo`ldi?
Uning buvisi nima dedi?
3. Lug`at ishi:
Beparvo – e’tiborsiz
Qunt bilan – astoydil, chidam bilan ishlash.
V. Darsni yakunlash:
- Siz hikoyadan nimani o`rgandingiz?
VI. Uyga vazifa: Shuhratning “Tugma” hikoyasini o`qish, so`zlashga tayyorlanish.
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (171-173-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarning gapning turlari haqidagi ma`lumotlarini mustahkamlash; ularni ziyrak, hozirjavob qilib tarbiyalash; kitob bilan ishlash malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:
So’roq gaplarga misollar keltiring.
Gaplar oxiriga undov belgisi qo`yiladigan gap tuzing.
Nuqta qachon qo`yiladi?
III. Yangi mavzu bayoni:
Mashqlar bajarish
III. Darslik bilan ishlash:
171-mashq. Berilgan savollar o`qiladi. Ularga o`quvchilar javob beradilar. O`quvchilarning javoblari umumlashtirilib bitta javob tanlanadi va yoziladi.
172-mashq.
Maydoni tekis, oppoq,
Urug`i qora munchoq.
Qo`l bilan ekiladi,
Ko`z bilan teriladi.
(daftar va yozuv)
Topishmoq ikkita gapdan tuzilgan.
IV. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash.
V. Uyga vazifa: 173-mashq.
Matematika
Mavzu: 1-6-misol va masalalar yechish ( 153-bet)
Maqsad: o’quvchilarning bilim va malakalarini mustahkamlash; ularni bilim olishga intilishlarini kuchaytirish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Yangi mavzu bayoni:
Misol va masalalar yechish
Nol bilan tugaydigan sonlar ishtirokidagi sonlar ustida amallar bajarish usullariga doir malakalarini mustahkamlash.
IV. Darslik bilan ishlash:
1-masala.
Bor edi – 30 nafar o`quvchi
Kirib ketdi -7 ta va 3 ta bola Yechish: 30 – (7 + 3) = 30 – 10 = 20 ta
Qoldi - ? ta bola Javob: 20 nafar o`quvchi qoldi.
2-masala. (og`zaki)
N ok – 20 kg Yechish: 20 + (20 + 7) = 47 kg
Olma - ?, 7 kg og`ir - ? kg meva Javob: hammasi 47 kg meva.
3-misol (og`zaki). Berilgan sonlarda necha o`nlik borligi aniqlanadi.
50 (5 ta o`nl.), 30 (3 ta o`nl.), 70 (7 ta o’`nl.), 90 (9 ta o`nl.), 80 (8 ta o`nl.);
4-misol. Namuna bo`yicha bajariladi.
5 -masala
1-jo`yakdan – 30 kg Yechish: 30 + (30 + 17) = 77 kg
2-jo`yakdan – ?, 17 kg ortiq - ? kg sabzi Javob: jami 77 kg savbi olingan.
V. Darsni yakunlash: o`tilganlarni xulosalash, o’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: 6 -misol (153-bet)
O’qish
Mavzu: Maqtanchoq g`oz. (Masal)
Maqsad: O’quvchilarni Abdulla Avloning “Maqtanchoq g`oz” masala bilan tanishtirish; ulardagi maqtanchoqlik illatini bartaraf etish, o`z-o`ziga to`g`ri baho bera bilishga o`rgatish; ifodali, to`g`ri, ravon o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Tugma” hikoyasini o’quvchilardan so’rash. Savollarga javob olish:
Hikoya qahramoni kim ekan?
Unga buvasi nima deb tanbeh berdi?
III. Yangi mavzu bayoni: Abdulla Avloniyning “Maqtanchoq g`oz” masali bilan tanishtirish.
Muallif Abdulla Avloniyning bizga tanish bo`lgan asarlari haqida suhbat tashkil etish.
IV. Darslik bilan ishlash:
“Maqtanchoq g`oz” masalini o`quvchilarga o`qib eshittirish.
Uning mazmuni yuzasidan suhbat o`tkazish:
Masal g`ozning qaysi xususiyati haqida ekan?
G`oz nima deb maqtandi?
Asrada yana qaysi qahramon ishtirok etgan?
Qurbaqa ham maqtandimi?
3. Masalni o`quvchilarga o`qitish.
V. Darsni yakunlash:
- Siz mavzudan nimani o`rgandingiz?
VI. Uyga vazifa: Abdulla Avloniyning “Maqtanchoq g`oz” masalini o`qish, so`zlashga tayyorlanish.
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (174-176-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarning gapning turlari haqidagi ma`lumotlarini mustahkamlash; ularning kasb-hunarlar haqidagi ma’lumotlarini kengaytirish; xatosiz, chiroyli yozish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Mustahkamlash:
Og`zaki nutqda gapning chegarasi qanday aniqlanadi?
Belgini bildirgan so`zlar qaysi so`roqqa javob bo`ladi?
III. Yangi mavzu bayoni:
Mashqlar bajarish
III. Darslik bilan ishlash:
174-mashq.
Mening bobomni bilasizmi? Mening bobom – cho`pon. Bobomning qirda qo`ylari ko`p. bobom doim otda yuradi. Bobom uloqda hech kimni oldiga tushirmaydi.
Berilgan gaplar ko`chirib yoziladi. Gaplar oxiridagi tinish belgilarining qo`yilish sababi aniqlanadi.
175-mashq.
1. Bolam, katta bo`lganingizda kim bo`lasiz?
2. Men tabib bo`laman. Sizni, onamni, hamma odamlarni davolayman.
IV. Darsni yakunlash: o’quvchilarni baholash.
V. Uyga vazifa: 176-mashq. “Mening orzum” mavzusida to`rtta gap yozish.
Matematika
Mavzu: 7-12-misol va masalalar yechish ( 154-bet)
Maqsad: o’quvchilarning bilim va malakalarini mustahkamlash; ularda mehnatsevarlik xususiyatlarini tarbiyalash; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Yangi mavzu bayoni:
Misol va masalalar yechish
O`quv yili davomida olingan bilmlarni mustahkamlash
IV. Darslik bilan ishlash:
7- misol. Taqqoslash:
64 > 60 18 < 81 92 > 29
70 < 79 19 < 20 14 < 41
8- misol.
50 + 20 = 70 60 + 20 = 80 30 – 20 = 10 70 – 20 = 50
40 + 20 = 60 10 + 20 = 30 50 – 20 = 30 90 – 20 = 70
30 + 20 = 50 20 + 20 = 40 80 – 20 = 60 60 – 20 = 40
9- masala.
Bo`yash kerak – 8 ta va 2 ta
Bo`yadi – 6 ta deraza Yechish: (8 + 2) – 6 = 10 – 6 = 4 ta
Qoldi - ? ta deraza Javob: yana 4 ta derazani bo`yashi kerak.
10-misol. Jadval asosida og`zaki bajarildi.
11-masala
Hammasi – 32 nafar o`quvchi
Keldi – 10 ta qiz va 20 ta o`g`il bola Yechish: 32 – (10 +20) = 2 ta
Kelmadi - ? nafar o`quvchi Javob: 2 nafar o`quvchi kelmagan.
V. Darsni yakunlash: o`tilganlarni xulosalash, o’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: 12 -misol (154-bet)
O’qish
Mavzu: Ona yer. (Hikoya)
Maqsad: O’quvchilarni Ibrohim Rahimning “Ona yer” hikoyasi bilan tanishtirish; ularda Ona yerga muhabbat uyg`otish, yerni avaylash va asrashga undash; ifodali, to`g`ri, ravon o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Maqtanchoq g`oz” masalini o’quvchilardan so’rash. Savollarga javob olish:
G`ozning qanday hunarlari bor ekan?
G`oz o`z hunarlarini qay darajada egallagan edi?
Qurbaqaning gapini siz qanday tushundingiz?
III. Yangi mavzu bayoni: Ibrohim Rahimning “Ona yer” hikoyasi bilan tanishtirish
O`quvchilar bilan nima uchun zaminimizni “Ona yer” deb atashimiz haqida suhbat tashkil etiladi.
IV. Darslik bilan ishlash:
“Ona yer” hikoyasini o`quvchilarga o`qib eshittirish.
Uning mazmuni yuzasidan suhbat o`tkazish:
Anvar maktabdan kelayotib nimalarni kuzatdi?
U onasiga nima deb savol berdi?
Anvarning onasi bergan javobni darslikdan o`qing.
3. Lug`at ishi:
Depsinmaydigan – tepinmaydigan
Murojaat qildi – so`radi, gapirdi.
V. Darsni yakunlash: o`quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: “Ona yer” hikoyasini o`qib kelish.
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (174-176-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarning gapning turlari haqidagi ma`lumotlarini mustahkamlash; ularni yaqinlariga e’tiborli, mehribon qilib tarbiyalash; xatosiz, chiroyli yozish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Yangi mavzu bayoni:
“Gap” mavzusini mustahkamlashga doir mashqlar bajarish.
III . Darslik bilan ishlash:
177-mashq. Har bir qatordagi so`zlardan gap tuziladi va yoziladi.
Yashil o`tlar ko`kardi. Daraxt barg yozdi. Qizil gullar ochildi. Bulbullar sho`x sayradi.
(Gaplar mazmunan bog`langanligi sababli matn hosil bo’ldi deyish mumkin)
178-mashq. Matn ko`chirib yoziladi, savollarga javob beriladi.
Maktub tashuvchi kabutar haqida eshitganmisiz?
Ular bir yurtdan ikkinchi yurtga xat tashiydi.
179-mashq.
Berilgan matn o`qiladi. Undagi gaplarning soni va maqsadga ko`ra turi aniqlanadi.
IV. Darsni yakunlash: Darslikda berilgan savollarga o`quvchilardan javob olinadi:
1. Nutq deganda nimani tushunasiz?
2. Nutq nimalardan tuziladi?
3. Gapning birinchi so`zi qanday harf bilan boshlanadi?
4. Gapning oxiriga qaysi tinish belgilari qo`yiladi? Nima uchun?
V. Uyga vazifa: 180-mashq.
Musiqa
Mavzu: Mustahkamlash
Maqsad: oquvchilarning o`quv yili davomida olgan bilimlarini mustahkamlash.
Darsning turi: umumlashtiruvchi
Darsning usuli: savol-javob.
Darsning borishi.
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O`tgan darsda o`rganilgan “Kapalak” qo’shig’ini o`quvchilarga kuylatish.
O`tilganlarni takrorlash:
Bastakor, shoir, xonanda, sozandalar nima bilan shug`ullanadilar?
Qanday milliy cholg`ularini bilasiz?
Shovqinli va musiqiy tovushlarning qanday farqi bor?
Nota yo`li nechta?
Nota yo`liga notalarni yozib ko`rsating.
Skripka kalitini yozib bering.
Yil davomida o`rganilgan qo`shiqlarni mustahkamlash:
O`quvchilar o`zlariga yoqqan qo`shiqni kuylab beradilar.
V. Notalar ishtirokida tuzilgan rebuslarni yechish.
VI. Uyga vazifa: o`tilganlarni mustahkamlash.
Matematika
Mavzu: 1-6-misol va masalalar yechish ( 155-bet)
Maqsad: o’quvchilarning bilim va malakalarini mustahkamlash; ularning iqtisodiy bilimlarini shakllantirish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Yangi mavzu bayoni:
Misol va masalalar yechish
O`quv yili davomida olingan bilmlarni mustahkamlash
IV. Darslik bilan ishlash:
1- misol. Jadval asosoda ishlash
Qo`shiluvchi
|
45
|
71
|
53
|
65
|
40
|
60
|
20
|
Qo`shiluvchi
|
20
|
29
|
36
|
25
|
32
|
24
|
45
|
Yig`indi
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |