2- misol.
90 + 8 = 98 69 – 9 = 60
19 + 40 = 59 58 – 30 = 28
40 + 14 = 54 74 – 4 = 70
3- masala.
Darslikda berilgan rasm asosida og`zaki masala tuziladi va yechiladi.
4-misol.
Uchta sonning yig`indisi 96. Birinchi son 44, ikkinchi son 32. Uchinchi sonni toping.
96 – (44 + 32) = 96 -76 = 20
Uchinchi son 20.
5-masala
Hammasi – 48 ta kiyim
Boshlang`ich sinflar uchun – 20 ta
Yuqori sinflar uchun - ? ta kiyim ajratilgan
Yechish: 48 – 20 = 28 ta
Javob: Yuqori sinf o`quvchilari uchun 28 ta kiyim ajratilgan.
V. Darsni yakunlash: o`tilganlarni xulosalash, o’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: 6 -misol (155-bet)
O’qish
Mavzu: Yurak (Hikoya)
Maqsad: O’quvchilarga “Yurak” rivoyati asosida inson salomatligi haqida tushuncha berish;; ularni o`zgalar mehnatini qadrlashga o`rgatish; ifodali, to`g`ri, ravon o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: yangi bilim beruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: mavzuga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Ona yer” hikoyasini o’quvchilardan so’rash. Savollarga javob olish:
Anvarjon onasidan nimani so`radi?
Onasi nima deb javob berdi?
Hikoyadan qanday xulosa chiqardingiz?
III. Yangi mavzu bayoni: “Yurak” rivoyati bilan tanishtirish
Tana a’zolarimiz va ularning vazifasi va ahamiyati haqida suhbat tashkil etish.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. “Yurak” rivoyatini o`quvchilarga o`qib eshittirish.
2. Uning mazmuni yuzasidan suhbat o`tkazish:
Qo`l, oyoq, bosh a’zolari qanday odamlarga o`xshatilgan?
Yurak aslida qanday vazifani bajaradi? Usiz yashash mumkinmi?
3. Lug`at ishi:
Tarvaqaylab – yoyilgan
Mag`rur – kekkayish ma’nisida.
V. Darsni yakunlash:
Mehnatning ahamiyati haqida suhbat o`tkaziladi? “Kim nimani yetkazib beradi?” o`yini o`tkaziladi. O`quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa: “Yurak” rivoytini o`qib kelish.
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (181-183-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarning o`quv yili davomida olgan bilim mustahkamlash; ularni el xizmatiga doim tayyor bo`lish ruhida tarbiyalash; xatosiz, chiroyli yozish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Yangi mavzu bayoni:
O`quv yili oxiridagi takrorlash.
III . Darslik bilan ishlash:
181-mashq. “Orzu” she’ri ko`chirib yoziladi. Unlilar tagiga bitta, undoshlar tagiga ikkita chiziq chiziladi.
Biz Vatanning yulduzi,
Ertasi - umid ko`zi,
Xizmat qilmoq baxt o`zi.
Tilimda shu orzu,
Dilimizda shu orzu.
182-mashq. Matn ko`chirib yoziladi, harflar birikmasi qatnashgan so`zlar tagiga chiziladi.
Ilmning cheki yo`q. Qancha ko`p o`qisangiz, bilimingiz shuncha oshadi. Odam ilm bilan yuksaklikka ko`tariladi.
IV. Darsni yakunlash:
“Yangi so`z toping” o`yini o`tkaziladi:
O`quvchilarga bitta so`z aytiladi. Ular bitta tovushni o`zgartirib yangi so`z topadilar. Masalan: Kun – tun – to`n – to`q – do`q va h.
V. Uyga vazifa: 183-mashq.
Matematika
Mavzu: 7-11-misol va masalalar yechish ( 156-bet)
Maqsad: o’quvchilarning bilim va malakalarini mustahkamlash; ularni turli to`garaklarga qatnashishga ishtiyoqini oshirish; misol-masalalar yechish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: aralash;
Darsning jihozi: ko’rgazma, darslik;
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorgarligini tekshirish;
II. Yangi mavzu bayoni:
Misol va masalalar yechish
O`quv yili davomida olingan bilmlarni mustahkamlash
IV. Darslik bilan ishlash:
7- masala
Qatnashar edi – 18 nafar o`quvchi
Qo`shildi – 10 nafar o`quvchi Yechish: 1) 18 + 10 = 28 ta
Ketdi – 4 nafar o`quvchi 2) 28 – 4 = 24 ta
Qoldi - ? ta o`quvchi Javob: to`garakda 24 ta o`quvchi qoldi.
8- misol.
Kamayuvchi
|
100
|
99
|
86
|
70
|
94
|
82
|
Ayriluvchi
|
10
|
49
|
64
|
24
|
31
|
32
|
Ayirma
|
90
|
50
|
22
|
46
|
63
|
50
|
9- masala.
Olib kelindi – 40 l sut
Berildi – 20 l va 15 l
Ortib qoldi - ? litr sut
Yechish: 40 – (20 + 15) = 40 -35 = 5 litr
Javob: 5 litr sut ortib qolgan.
10-masala. Jadval asosida masala tuziladi va yechiladi.
Oromgoh oshxonasi uchun 50 kg piyoz sotib olindi. Ertalab nonushta uchun 14 kg piyoz, kechki ovqat uchun yana 26 kg piyoz ishlatildi. Oshxonada qancha piyoz qoldi?
Yechish: 1) 14 + 26 = 40 kg
2) 50 – 40 = 10 kg
Javob: 10 kg piyoz qoldi.
V. Darsni yakunlash: o`tilganlarni xulosalash, o’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: 11-misol (156-bet)
O’qish
Mavzu: Bo`lim yuzasidan takrorlash
Maqsad: O’quvchilarning “Mehnatning tagi - rohat” bo`limida olgan bilimlarini mustahkamlash; ularni mehnat qilishga, o`zgalar mehnatini qadrlashga o`rgatish, turli kasblar haqida ma’lumot berish orqali kasbga yo`naltirish; ifodali, to`g`ri, ravon o’qish malakalarini rivojlantirish.
Darsning turi: umumlashtiruvchi;
Darsning usuli: suhbat, tushuntirish;
Darsning jihozi: kasblarga oid rasm, darslik.
Darsning borishi:
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash.
II. O’tgan mavzuni mustahkamlash: “Yurak” rivoyatini o’quvchilardan so’rash. Savollarga javob olish:
Qo`l nima dedi?
Oyoq nega yer tepindi?
Bosh nega hammadan zo`rman dedi?
Yurak nima qildi?
III. Yangi mavzu bayoni: “Mehnatning tagi - rohat” bo’limini yakunlash.
Bo`limda tanishgan mavular va ularning mazmuni eslatib o`tiladi. O`quvchilarga qaysi asar, nima uchun yoqqanligi haqida savol beriladi.
IV. Darslik bilan ishlash:
1. Boshqotirmani yechish.
Hosil bo`ladigan so`zlar: olma, nok, anor, yong`oq, behi, o`rik; - ONA YER.
2. Rebusni yechish:
Oltin yerda emas, mehnatda.
V. Darsni yakunlash:
Darslikda berilgan savollarga javob olish. O`quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa: O`tilganlarni mustahkamlash.
Ona tili
Mavzu: Mashqlar bajarish (184-187-mashqlar)
Maqsad: o’quvchilarning o`quv yili davomida olgan bilim mustahkamlash; ularni nonni e’zozlashga o`rgatish; xatosiz, chiroyli yozish malakalarini rivojlantirish;
Darsning turi: mustahkamlovchi;
Darsning usuli: tushuntirish;
Darsning jihozi: ko`rgazma, darslik.
Darsning borishi
I. Darsni tashkil etish: o’quvchilarni darsga tayyorlash. Uyga berilgan vazifani bajarilishini tekshirish; mavzuga oid ko’rgazmani darsga tayyorlash.
II. Yangi mavzu bayoni:
O`quv yili oxiridagi takrorlash.
III . Darslik bilan ishlash:
184-mashq.
Do'stlaringiz bilan baham: |