Tomonlar to‘qnashuvi va uning oqibatlari
Inson miyasi «bu odam g‘azablanmoqda”, “uning g‘azabi menga qaratilgan”, yoki “men g‘azabdaman”, “mening jahlim chiqyapti” (3-rasm) degan xulosalarni qilishi bilan miya adrenalin moddasini ishlab chiqaruvchi bezlarga buyruq yetkazadi.
Adrenalin bezlari miya qilgan xulosalarga muvofik ravishda organizmga anchagina miqdorda adrenalin suyuqligini chiqaradi. Organizmga chiqarilgan favkulodda adrenalin sababli yurak urushi kuchayadi va tezlashadi. Adrenalin inson shakllanishida juda zarur bo‘lgan moddalardan hisoblanadi.Chunki ibtidoiy jamiyat davrlarida ko‘p miqdordagi ortiqcha adrenalin odamga yirik hayvonlarni o‘ldirish, tabiat tahdidlariga qarshi kun ko‘rish, boshqa qabilalarni
yengish, turli o‘ljalarni qo‘lga kiritish, Ya’ni atrof-muxitning nixoyat darajada inson hayotiga tahdid qilishi sharoitida zarur moddalardan biri bo‘lgan. Adrenalin insonga uning atrof muhit bilan bo‘lgan kurashlarida qo‘rqmaslik, jasurlik, qat’iyat, qarshi tura olish, hujum qilish, o‘zini himoya qilish uchun ko‘mak bergan. Inson yirtqich hayvonni o‘ldirayotgan vaqtida adrenalin unga kuch ato etib turgan, yirtqich hayvon o‘ldirilgandan so‘ng, adrenalin moddasi o‘z funksiyasini bajarib bo‘lganligi sababli u organizmdan chiqib ketgan. Ammo biz g‘azablangandagi, jahlimiz chiqqanidagi, qahrimiz kelganidagi organizmdagi vujudga kelgan adrenalin moddasi o‘z-o‘zidan organizmdan chiqib keta olmaydi. Shu bois, sog‘lom turmush tarzi bilan Shug‘ullanib yashayotgan odamlar turli sport turlari, o‘yinlari, mashqlari orqali ortiqcha adrenalinga qarshi o‘z organizmi faoliyatini muvofiqlashtirib turadilar. Ammo hozir inson hayot tarzi o‘zgargan. Hozir bizning atrofimizda yirtqich hayvonlar yo‘q, biz ularni faqat hayvonot bog‘larida ko‘rishimiz mumkin, dushmanlar bilan yakkama-yakka olishmaymiz, tinch va osuda hayotga intilib yashaymiz. Shu bois, bizga organizmimiz ishlab chiqarishga odatlangan miqdordagi adrenalin moddasi zarur emas. Ammo aynan biz havotirlanganda, g‘azablangan, jahlimiz chiqqanida, umuman biror-bir favqulodda tang vaziyatga kirib borganimizda organizmimizda adrenalin ishlab chiqariladi va u keragidan ortiq miqdordagi adrenalinga to‘yinadi. Uning keragidan ortiqligi sababli adrenalinning bu hajmini bizning tanamiz to‘la xazm qila olmaydi. Adrenalin moddasining organizmdagi keragidan ortiq holati vujudga keladi. Adrenalinning organizmdagi muntazam mavjudligi esa inson yashash tarziga, uning salomatligiga o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkaza boshlaydi. Adrenalin g‘azab jarayonida o‘ziga hos o‘zgarishlarni amalga oshiradi.
G‘azab jarayonida tanamiz harorati ko‘tariladi. Bizning tana qon bosimimiz undagi qon miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. G‘azablanganda qon miqdori ko‘payadi va venalarimiz devorlariga uning kuchli bosimi ta’sir eta boshlaydi. Tomirlar devorlari qon bosimi bilan kurasha boshlaydi. Qon bosimining kuchli bosimiga qarshi ular turib berishi lozim bo‘ladi. Ammo inson muntazam g‘azablanaversa, qon tomirlariga bo‘lgan tahdid va bomis ham kuchayib boradi. Natijada, tomirlar devorlari yemirila boshlaydi. Yosh organizmda yemirilgan tomir devorlarini maxsus ishlab chiqiladigan xolesterin moddasi tiklash uchun ishlatiladi. Tomir devorlarini qayta tiklash maqsadida xolesterin moddasi ko‘proq ishlanadi. Ammo yosh o‘tgan sayin ortiqcha xolesterin tomir devorlarida to‘plana boshlaydi. Organizmda moddalar almaShuvi buziladi. U organizmning yog yig‘ishiga, qon tomirlarining og’irlashib qolishiga, tomir devorlarining bir tekis bo‘lmasligiga olib keladi.Oxir oqibatda—tomir-yurak sistemasi kasalliklarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Qon tomiri xolesteringa to‘lib ketib, Shu asosida qon bosimi kuchayib ketsa, yurak xurujlari vujudga kelishi mumkin bo‘ladi. G‘azab, jahl, qahr kabi hissiyotlar esa mana Shunday holatlarning kuchayib ketishi uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. G‘azab va jahl oshqozon yarasi, doimiy bosh ogriqlari, rak, yurak-qon sistemasining turli kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkinligi ilmiy isbotlangan. Shu bois-eng avvalo tinchlaning. O‘z g‘azab, jahl va qahringizni yengib o‘tishga o‘rganing. Ularni jilovlay biling. Ularning o‘z va o‘zgalar salomatligiga rahna solishiga yo‘l qo‘ymang. Inson xarakterini g‘azab, jahl va qahrdan poklash sizni juda ko‘p noxushliklardan saqlab qoladi va baxtli hayotingiz uchun Yaxshi zamin bo‘lib xizmat qiladi. Siz o‘z jahlingizni qanday jilovlaysiz? Har birimizning o‘zimizgagina hos bo‘lgan jahlimizni jilovlash usullarimiz mavjud. O‘z do‘stlaringizni esga oling. Ular ichida suprasi suv ko‘tarmay, juda tez jahli chiqib, hech ham ularni tinchlantirib bo‘lmaydigan, Shu bilan birga tamoman hissiyotsiz, suv toshsa ham to‘pig‘iga chiqmaydiganlari ham bor, Shunday emasmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |