Mavzu: Kompleks sonlar va ular ustida amallar
Reja:
Kirish………………………………………………………………………..…….3
Asosiy qism
Kompleks sonlar va ular ustida amallar. Muavr va Eyler formulalari…..5
2. Kompleks sondan kvadrat ildiz chiqarish…………………………….....12
3. Kompleks sonning geometrik tasviriva uning trigonometrik shakli…….15
Xulosa……………………………………………………………………………18
Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………………….19
Kirish
Hozirda Respublikamizda ilm-fanga yanada ko’proq e’tibor qaratilmoqda. Chunki har bir kitob o’qigan odam mustaqil o’zi fikr yurita oladi va kelajakda o’z yo’lini o’zi mustaqil tanlashda qiyinchiliklarga uchramaydi. O‘zbekiston o‘z xalqi tanlab olgan yo‘l — ochiq, erkin bozor iqtisodiyotiga asoslangan odil jamiyat, kuchli demokratik huquqiy davlat qurish yo‘lidan bosqichma-bosqich olg‘a bormoqda. Davlatimiz oldida turgan g‘oyat muhim vazifalar — mamlakatni ijtimoiy va iqtisodiy jihatdan isloh qilish, iqtisodiy munosabatlarni demokratiyalash, kelajak poydevori bo‘lmish yuksak ma’naviyatimizni rivojlantirishdan, ta’lim-tarbiya tizimi shakli va mazmunini tubdan isloh qilib o‘zgartirish, uni yangi zamon darajasiga ko‘tarishdan iborat.
Buning uchun muqaddas zaminda yashayotgan har qaysi inson Vatan istiqboli, uning ravnaqi va kelajagi uchun kurashishi lozim. Mustaqil mamlakatimizga mustaqil fikrlaydigan ijodkor kadrlar zarur.
Mustaqil fikr yuritadigan, o‘z bilimlarini hayotga tatbiq eta oladigan ijodkor kadrlarni tayyorlash maktabdan boshlanadi. Lekin Prezident I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, «O‘qituvchi va o‘quvchi munosabatidagi majburiy itoatkorlik o‘rnini ongli intizom egallashi juda qiyin kechyapti. O‘qituvchining bosh vazifasi o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko‘nikmalarni hosil qilishdan iboratligini ko‘pincha yaxshi tushunamiz, lekin, afsuski, amalda, tajribamizda unga rioya qilmaymiz»
Huquqiy demokratik davlatda o‘quvchilar, umuman olganda har bir jamiyat a’zosi erkin fikrlaydigan qilib tarbiyalanadi. Zero, «Agar bolalar erkin fikrlashni o‘rganmasa, berilgan ta’lim samarasi past bo‘lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o‘z yo‘liga. Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir»
Kompleks son deb a+bi ifodaga aytiladi, bu yerda a va b haqiqiy sonlar, i – mavhum birlik bo’lib, u yoki i2= -1 tengliklar bilan aniqlanadi; a – kompleks sonning haqiqiy qismi, bi – mavhum qismi deyiladi. Faqat mavhum qismining ishorasi bilan farq qiladigan ikki kompleks son: a+bi va a-bi o’zaro qo’shma deyiladi. Ko’pincha a+bi kompleks son bitta α harfi bilan belgilanadi: α=a+bi. a+bi kompleks sonning haqiqiy qismi a=Reα bilan, mavhum qismining koeffitsientini b=Lmα bilan belgilaydilar. α kompleks sonning a+bi ko’rinishidagi yozuviga uning algebraik shakli deyiladi.
Agar ikkita α1=a1+b1i va α2=a2+b2i kompleks sonda a1= α2, b1= b2 bu ikki son teng deyiladi (α1= α2). Agar α=a+bi kompleks sonda a=0, b=0 bo’lsa, bu kompleks son 0 ga (α=0) teng bo’ladi. Agar α=a+bi kompleks sonda b=0 bo’lsa, haqiqiy son hosil bo’ladi; agar a=0 bo’lsa, 0+bi=bi sof mavhum son deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |