SONLARNING BOLUVCHILARI VA KARRALISI
1. 1) Natural sonning karralisi nima? Bo‘luvchisi-chi?
2) 17 sonining bo‘luvchisi nechta? Karralisi-chi?
3) Juft son deb nimaga aytiladi? Toq son deb-chi? Ular qanday raqamlar bilan
tugashi mumkin?
2. Quyidagi sonlarning barcha bo‘luvchilarini yozing:
1) 30; 2) 19; 3) 36; 4) 54; 5) 59; 6) 62; 7) 89; 8) 95.
3. Quyidagi mulohazalar to‘g‘rimi:
1) 91 soni 7 ga karrali; 2) 12 soni 1248 sonining bo‘luvchisi?
4. Quyidagi sonlarning barcha umumiy bo‘luvchilarini toping: 1) 36 va 24;
2) 15 va 48; 3) 18 va 42; 4) 76 va 57.
5. Tengsizlik yechimlari ichidan juft va toq sonlarni ajratib yozing: l) 23
2) 34
6. 1, 2, 3, 4, 5, 6, 9, 10, 12, 15, 18, 20 sonlaridan qaysilari:
9 ning; 10 ning; 12 ning; 15 ning; 18 ning; 20 ning bo‘luvchilari bo‘ladi? Ularni
ajratib yozing.
7. Shunday uchta natural sonni topingki, ular:
5 va 9 ga;
3) 100 dan katta bo‘lib, 8 va 12 ga;
16 va 48 ga; 4) 100 dan kichik bo‘lib, 6 va 15 ga karrali bo‘lsin.
Sonlarning bo‘linish xossalari to‘g‘riligini 4-5 ta misolda sinab ko‘ring (8-11):
8. Agar ko‘paytuvchilardan biri biror songa bo‘linsa, u holda ko‘paytma ham shu
songa bo‘linadi (1- xossa).
9. Agar birinchi son ikkinchisiga, ikkinchi son esa uchinchisiga bo‘linsa, u holda
birinchi son uchinchi songa bo‘linadi (2- xossa).
10. Agar ikkita natural sonning har biri biror songa bo‘linsa, u holda bu sonlarning
yig‘indisi ham, ayirmasi ham o‘sha songa bo‘linadi (3- xossa).
11. Agar sonlardan biri biror songa bo‘linsa-yu, ikkinchisi bo‘linmasa, u holda bu
sonlarning yig‘indisi ham, ayirmasi ham o‘sha songa bo‘linmaydi (4- xossa).
12. Agar a soni b ga bo‘linsa, c esa ixtiyoriy natural son bo‘lsa, ac ko‘paytma bc ga
bo‘linishini misollarda tushuntiring.
13. Nima uchun berilgan:
1) sonning bo‘luvchilari ichidan har doim eng kichigi va eng kattasi topilishini;
2) songa karrali sonlar ichidan eng kichigi topiladi-yu, eng kattasi mavjud emasligini
misollarda tushuntiring.
14. Hisoblang:
1) (118 + 232): 2; 2) (630 - 306): 6; 3) (225 + 125): 25.
15. Ushbu sonlarning umumiy bo‘luvchilarini toping:
1) 25 va 60; 2) 32 va 88; 3) 26 va 104; 4) 35 va 56.
16. Sonlardan birinchisi ikkinchisiga karrali bo‘ladimi:
1) 144 va 36; 2) 343 va 8; 3) 4 545 va 9; 4) 3 678 va 24?
17. Sonlardan birinchisi ikkinchisining bo‘luvchisi bo‘ladimi:
1) 5 va 10; 2)19 va 24; 3) 8 va 48; 4) 21 va 63?
18. 16, 24 va 28 sonlarining yig‘indisi 4 ga bo‘linadimi? 8 ga-chi?
19. 100
∙ a+ 10 ∙ b + 5 yig‘indi 2 ga bo‘linadimi? 5 ga-chi? 10 ga-chi?
20. Hisoblang:
1) (220 + 300): 10; 2) (105 + 510): 5; 3) (770 + 220): 11.