Mavzu: Ko‘chki va ularga qarshi chora-tadbirlar.
REJA:
1. Ko'chki harakati va bahosi
2. Ko‘chki qarshi chora-tadbirlar
3. Sel haqida ma`lumot
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Respublikamizning tog`li, tog`oldi, daryo bo`ylari hududlarida yashaydigan aholi va xalq xo`jaligi ob’ektlariga katta xavf tug`diradigan tabiiy ofatlardan biri yer kuchishidir. Ko`chki sodir bo`lishi mumkin bo`lgan hududlarga Toshkent, Andijon, Fargona, Samarqand, Surxondaryo, Qashqaqaryo, shuningdek, Jizzax va Namangan viloyatlarining ayrim tumanlari kiradi. Har yili respublikamizda 150-250 ta ko`chki hodisasi sodir bo`ladi. Og`irlik ta’sirida tog` jinslarining tog` yonbag`ri bo`ylab siljishi ko`chki deb ataladi.
Ko`chkilar tog` yonbag`rini suv yuvishi natijasida qiyalikning oshishi, shamollar ta’sirida yoki yog`inlar va yer osti suvlaridan namlanishi oqibatida jinslar mustahkamligining susayishi, seysmik tebranishlar ta’siri hamda joyning geologik sharoitini hisobga olmay inson tomonidan olib borilgan xo`jalik faoliyati ta’siridan sodir bo`lishi mumkin. Ko`chkilarning 90% tog`larda, 1000-1700 m balandlikda ro`y beradi.
Tik tushgan va jarli tog` yonbag`irlarida, daryo vodiylarida va dengiz qirg`oqlarida asosan, shamol uchirib ketishi (nurash), yer usti va yer osti suvlari faoliyati ta’sirida tog` jinslarining bo`shashishi hisobiga katta massalar va tog` jinslarining uzilib, ag`darilib tushishi o`pirilish deb ataladi.
Ko'chki harakati va bahosi
Tezlik
|
Harakat bahosi
|
3 m/sek
|
jadal
|
0,3 m/daqiqa
|
faol
|
1,5 m.sut
|
tez
|
1,5 m/oy
|
me`yorida
|
1,5 m/yil
|
juda sekin
|
0,06 m/yil
|
juda ham sekin
|
Tog jinslari va yer massasi siljishlari turli belgilarda namoyon bo`ladi:
eshik va derazalarning yopilmay yoki qisilib qolishi;
tuproqda yangi yoriqlar va darzlarning paydo bo`lishi;
ichki va tashqi devorlardagi, suv quvurlari atrofida, asfalt yuzasidagi kutilmagan darzlar;
yonbag`irlar poyida yer bo`rtib chiqishi, yer osti suvlarining yangi-yangi joylardan chiqa boshlashi, de vorlar va daraxtlarning siljiy boshlashi;
gumburlash eshitilishi va zo`raya borishi;
yangi xavf manbalarining paydo bo`lishi va oldingi xavf manbalarining yo`qolishi;
Tabiiy ofatning bu turini oldini olish mumkinmi? Buning uchun qanday muhofaza tadbirlari olib borilishi kerak?
Ko`chki xavfi paydo bo`lganda tezlikda xavfli hududni tark etish lozim. Ko`chki yoki sel belgilari to`g`risida hukumat organlariga xabar berish kerak. Xavf kuchli bo`lgan joylarda o`ta ehtiyotkor bo`lib harakat qilish va xavfsizlik tadbirlarini ko`rish zarur.
Ko`chkining yana bir turi - qor ko`chkisidir. Bu tog yonbag`irlarida harakatga kelgan va surilayotgan qor massasining o`pirilishidir. Qor ko`chkisi doimiy qor qoplamiga ega bo`lgan barcha tog`li rayonlarda yuz berishi mumkin. Qop ko`chkisi katta hajmdagi qor massasi bo`lib, u 20-30 m/s tezlikda harakat qiladi. U 25-30 m o`lchamdagi, 20 sm qalinlikdagi kichkina ko`chkidan paydo bo`lishi mumkin. 150 m.kub hajmdagi ko`chkining og`irligi 20 dan 30 t.gacha yetadi.
Qor ko`chkisining uch turi bo`ladi:
1. Yangi yoqqan qordan (qor yog`ishi vaqtida yoki undan keyin hosil bo`ladi).
2. Qor qoplami qatlamining buzilishi bilan bog`liq.
3. Qor ko`chkilari sel oqimlari, ko`chki, o`pirilish, suv toshqinlariga olib keladi.
1999-yil 21-noyabr kuni Toshkent-O`sh avtomobil yo`lining «Qamchiq» dovonida qor ko`chkisi sodir bo`ldi. Soat 5:30 dan 12 largacha 8 bor qor ko`chishi takrorlanishi oqibatida 34 ta turli rusumdagi avtomobil qor uyumi ostida qolganligi, 6 ta mashinaning chuqurlik tomon surib tushirilgani aniqlandi. Qor ko`chkisi natijasida 29 odam halok bo`ldi, 400 transport vositasi va 1200 dan ortiq yo`lovchi qutqarib qolindi.
Qor ko`chkisiga duch kelib qolsangiz quyidagi muhofaza choralari sizga yaqindan yordam beradi: Qor ko`chkisi yaqinlashib qolgan bo`lsa, avvalo, gorizontal holatni egallab, qor yuzasida qolishga harakat qiling. Tizzalaringizni qoringa tortib, kaftlaringiz bilan yuzingizni qor massasidan muhofaza qilishga harakat qiling. Bu holat og`iz va burningiz qor bilan to`lib qolmasligiga va yuzingiz oldida havo bo`shlig`i bo`lishiga yordam beradi. Ko`chki to`xtagandan so`ng yuzingiz va ko`kragingiz oldini kengaytirishga harakat qiling. So`ngra yuqori tomon qayerdayu, pastki tomon qayerdaligini aniqlab olish zarur. Buning uchun so`lagingizni ko`lingizga olib uni oqizib ko`ring. So`lak pastlik qayerda e kanligini ko`rsatadi va siz qarama-qarshi tomonga harakat qilishingiz kerak bo`ladi.
Har qanday holda ham uxlamang. Erinmay yuqoriga tirmashavering. Sizni qidirishayotganligini doimo yodda tuting.
Sel - kuchli oqim, ya’ni tog` daryolari o`zanlarida to`satdan shakllanuvchi, katta hajmdagi tosh, qum va boshqa qattiq materiallarga ega vaqtinchalik suv oqimi. Kuchli va uzluksiz davom etgan yog`in, qor va muzliklarning tez erishi selning yuzaga kelishi uchun sababchi bo`ladi. Odatdagi oqimlardan farqli ularoq, sel uzluksiz oqim sifatida emas, balki alohida tulqinlar tarzida harakat qiladi. Shuningdek, o`zi bilan birga yuzlab tonna, ayrim hollarda millionlab kubometr yopipshoq massani olib
Turi
|
Birlamchi sababi
|
Tarqalishi va yuzaga kelishi
|
Yomgirli
|
Jala, kuchli yomg`ir
|
Qoyalarning yuvilishi va ko`chki hosil bo`lishi natijasida yuzaga keladi
|
Muzli
|
Qor va muzlarning keskin eriy boshlashi
|
Baland tog`li hududlarda, erigan muzlik suvlarining urib ketishi bilan bog`lik
|
Seysmogen
|
Kuchli zilzilalar
|
Yuqori seysmik faol hududlarda
|
Insonning bevosita ta’siri
|
texnogen jinslarning to`planishi, sifatsiz qurilgan tug`onlar
|
texnogen jinslarning yuvilishi va siljishi, to'g'onlarning buzilishi
|
Insonning bilvosita ta’siri
|
Tuproq-o`simlik qoplamining buzilishi
|
O'rmon, o`tloqlar birlashgan maydonlarda, qoya va o'zanlar ning yuvilishi
|
keladi. Ayrim tosh va bulaklarning o`lchami ko`ndalangiga 3-4 m.ga yetadi. Sel to`siqqa uchragandan so`ng, ularni oshib o`tadi va yanada kuchli bo`la boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |