Sel haqida ma`lumot
Katta kuchga va yuqori tezlikka ega bo`lgan sellar o`z yo`llaridagi binolar, yo`llar, gidrotexnik va boshqa inshootlarni vayron qiladi, aloqa, elektr uzatish tarmoqlarini ishdan chiqaradi, bog`lar, ekinzorlarni payhon etadi, inson va jonzotlarning nobud bo`lishiga sababchi bo`ladi.
Selni «tog ajdari» deb atashadi. Sel 10 m/soniya va undan katta tezlikda harakat qiladi. Bitta joyning o`zida sel oqimlarining paydo bo`lish soni katta emas. Chunki sel hosil bo`lishi uchun faqatgina yogingarchilikning ko`p bo`lishi yetarlimas. Buning uchun yana suv oqimi olib ketishi mumkin bo`lgan tog` massasi ham mavjud bo`lishi zarur. Tog massasi esa o`z navbatida tog` jinslarining yemirilishidan hosil bo`ladi. Uning paydo bo`lishi uchun 5-6 yildan 20-25 yilgacha vaqt ketadi.
Sel hodisasiga misol qilib, 1998-yil 7-iyuldan 8-iyulga o`tar kechasi Shohimardonda yuz bergan sel hodisasini keltirish mumkin. Harorat, keskin ko`tarilib ketishi natijasida qorlarning tez erishi 200 m/soniya tezlikdagi sel oqimiga sabab bo`ldi. Sel oqibatida 104 nafar odam halok bo`ldi. 15 km uzunlikdagi gaz magistrali, 14 km avtomobil yo`li, 4 ta ko`prik, 3 km uzunlikdagi vodoprovod, 3 km elektr uzatish, 34741 m uzunlikdagi telefon tarmog`i ishdan chiqdi. 14200 kishi xavfsiz zonalarga evakuatsiya qilindi.
Selga qarshi kurashish uchun yer yuzasi daraxt o`tkazish yo`li bilan mustahkamlanadi, tog` yonbag`irlaridagi o`simlik qoplami maydonlari kengaytiriladi, vaqti-vaqti bilan tog` havzalaridagi suv oqizib turiladi, selga qarshi tug`onlar, dambalar va boshqa muhofaza inshootlari quriladi. Samarali usullardan biri sel oqimlarini maxsus sel tutkichlarda ushlab qolishdir.
Aholini muhofaza qilishni o`z vaqtida tashkil etishda xabar berish va aloqa tizimi birinchi o`rinda turadi. Ammo shuni ham nazarda tutish lozimki, bunday hollarda vaqt juda o`z bo`ladi va aholi xavf to`g`risida bir necha o`n daqiqa (ayrim hollarda 2 va undan ortiq soat) oldingina ogohlantirilishi mumkin.
Sel xavfi belgilari (gumburlash, suv loyqalanishi) paydo bo`lishi bilan darhol eng zarur buyumlarni olib, oldindan belgilab qo`yilgan yo`nalishda xavfsiz joylarga ko`chib o`tish lozim. Bunda yul sel o`zanlari tubidan o`tmasligiga e’tibor berish lozim. Sel oqimi o`tgandan so`ng sel o`zaniga tushib bo`lmaydi, uning ketidan ikkinchisi kelishi mumkin. Agar uy o`pirilgan qirgoq yaqinida bo`lsa yoki uning tagi qisman yuvilib ketgan bo`lsa bunday joyda qolish xavfli hisoblanadi.
Xulosa
Ko`chkilar tog` yonbag`rini suv yuvishi natijasida qiyalikning oshishi, shamollar ta’sirida yoki yog`inlar va yer osti suvlaridan namlanishi oqibatida jinslar mustahkamligining susayishi, seysmik tebranishlar ta’siri hamda joyning geologik sharoitini hisobga olmay inson tomonidan olib borilgan xo`jalik faoliyati ta’siridan sodir bo`lishi mumkin. Ko`chkilarning 90% tog`larda, 1000-1700 m balandlikda ro`y beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |