2.3.-rasm. Bakteriya hujayrasining tuzilishi
2. Eukariot – maxsus vazifalarni bajarishga ixtisoslashgan hujayralar yig‘indisi. Eukariot hujayralar prokariot hujayralarga qaraganda murakkab va xilma-xil tuzilgan. Ularda haqiqiy yadro va organoidlar mavjud. Bir hujayrali suv o'tlari, zamburug’lar, sodda hayvonlar, yuksak tuzilishga ega bo'lgan o'simliklar, hayvonlar va odamlar eukariot organizmlarni tashkil etadi.
O'simlik va hayvonlar hujayra tuzilishiga ko'ra umumiy o'xshashlikka ega bo'lib, o'z navbatida ma'lum qismlari bilan farq qiladi (2.4-rasm). O'simlik hujayralari uchun qo'shimcha sellyuloza va pektindan iborat hujayra qobiqi, plastidalar, hujayra shirasi to'playdigan vakuolaning bo'lishi bilan, hujayra markazida sentriolaning bo'lmasligi, zahira oziqa moddasi – kraxmal (hayvon hujayrasida- glikogen) ekanligi bilan hayvon hujayrasidan farq qiladi. Lekin o'simlik va hayvon hujayralari uchun plazmatik membrana-plazmalemma, sitoplazma va yadroning bo'lishi umumiy belgi hisoblanadi (2.1-jadval).
2.4-rasm. O‘simlik va hayvon hujayrasi
2.1-jadval. Prokariot va eukariot hujayralarning o'zaro farqlari
Hujayraning irsiy apparati
|
Prokariot hujayra
|
Eukariot hujayra
|
Yadro mavjud emas
|
Shakllangan yadro mavjud
|
Hujayraning irsiy tuzilmasi– genofor
|
Hujayra yadrosining irsiy tuzilmasi – xromosomalar
|
Genofor sitoplazmada joylashgan
|
Xromosomalar yadro karioplaemas ida joylashib sitoplazmadan yadro qobiqi bilan chegaralangan
|
Genofor DNKdan iborat
|
Xromosomalar – DNPdan iborat;
DNP =DNK+ oqsillar
|
Genofor xalqa ko'rinishiga ega
|
Xromosomalar – tayoqcha va ipsimon ko'rinishga ega (xromatin)
|
Sitoplazma
|
Organoidlardan faqat ribosomalar mavjud
|
Hujayraning turli organoidlari mavjud
|
Sitoskelet yo'q
|
Sitoskelet mavjud
|
Sikloz kuzatilmaydi
Sitoplazmatik irsiyat plazmidalar ko'rinishida mavjud
|
Sikloz sodir bo'ladi
Sitoplazmatik irsiyat mitoxondriya va plastidalardagi DNK ko'rinishida mavjud
|
Plazmalemma
|
Sitoplazmatik membrana – mezosomalarni hosil qiladi
|
Mezosomalar mavjud emas
|
Har bir hujayra hujayra qobig‘i, sitoplazma va yadrodan tashkil topadi. Hujayra tashqi muhitdan sitoplazmatik parda bilan ajralib turadi. Yadrodan tashqari hujayraning ichidagi barcha tuzilmalarning hammasi protoplazma deb nomlanadi. Yadroni о‘rab turuvchi protoplazma sitoplazma deb ataladi. Unda maxsus ixtisoslashgan tuzilmalar va kiritmalar bо‘ladi. Muayn vazifa bajarishga moslashgan tuzilmalar organoidlar bо‘lib, ularning ayrimlari barcha hayvon va о‘simlik hujayralarida uchrasa, ayrimlari faqat о‘simlik yoki faqat hayvon hujayralarida uchraydi. Eukariot hujayralar sitoplazmasining tuzilishi asosida gialoplazma, hujayra organellalari va kiritmalar yotadi. Yadro: yadrocha, xromatin, karioplazma (yadro shirasi) va kariolemma (yadro qobig’i) dan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |