Mavzu: Kirish. Sitologiya fanining qisqacha tarixi, qo‘llanidigan usullar. Hujayra tiplari



Download 0,56 Mb.
bet7/8
Sana01.02.2023
Hajmi0,56 Mb.
#906684
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1maruza. sito.sirtqi (1)

Mikroxirurgiya usuli. Bu tirik hujayrada maxsus asbob - mikromanipulyator yordamida nozik operatsiyalar o‘tkazish usulidir. Bu usul bilan hujayralar yadrosini ajratish, yadro qobig‘ini uzish yoki bo‘linayotgan hujayra xromosomalarini ajratish mumkin. Mikroasboblar asosan shishadan yasaladi. Bu usul yordamida hujayra tuzilmalarining fizik xususiyatlarini, hujayra yadrosini va organoidlarning xossalarini, holatini o‘rganish mumkin. Bundan tashqari bu usul yor­damida hujayra yadrosini biridan ikkinchisiga o‘tkazib yadroning irsiy belgilarini avloddan – avlodga o‘tishi o‘rganiladi,
Tirik hujayralarni o‘stirish usuli. Hujayralarni organizmdan tashqarida (in vitro) va organizmda (in vivo) o‘stirib o‘rganish mum­kin. Hujayralar organizmdan tashqarida o‘stirilganda maxsus muhit tayyorlanadi va bu oziq muhitda hujayra harakatlanish, bo‘linish va differtsiyalanish qobiliyatini saqlab turadi. O‘stiriladigan hujayralar oziq muhitga solingandan keyin termostatda 38-39° C haroratda saqlanadi. Bu hujayralar har 3-4 kundan keyin yangi oziqa muhitga o‘tkazilib turiladi. Hujayra- larni hayvonlarning hayoti davrida ya’ni vital (VITA -hayot) bo‘yab o‘rganish mumkin. Buning uchun litiy, karmin, triptan kabi moddalarni hayvon qoniga, teri ostiga yoki biror tana bo‘shlig‘iga yuborib, ma’lum vaqtdan keyin hayvon to‘qima va hujayralari mikroskop ostida o‘rganiladi. Tirik hujayraning faoliyati, uning tuzilishi mikrosyomka ya’ni mikroskop ostida fotosur’atga va kinokameraga olinadi.
Hujayrani fiksatsiya qilish usullari. Hujayralarni qotirib saqlab qo‘yish usulida fiksator moddalar qo‘llaniladi. Bu moddalar hu­jayra tarkibiga kirib, uni qanday bo‘lsa shundayligicha saqlashga imkon beradi. Bu jarayon uchun quyidagi fiksator moddalar qo‘llaniladi:
1. Formalin 4-10%. 2. Etil spirti 70°; 96°. 3. Sulemaning suvdagi eritmasi. 4.Pikrin kislotali eritma (pikrin kislotasi - 15 ml,formalin 5- ml sirka kislotasi -1ml). 5. Sirka kislotali eritmalar. 6. Osmiy eritmasi. 7. Muzlatish uchun tabiiy muzlar.
Hujayra tiplari - prokariot, mezokariot va eukariot.
О‘simlik va hayvon hujayralari tuzilishida umumiylik bо‘lishiga qaramay, ular tashqi kо‘rinishi, kattaligi, ichki tuzilishi bilan bir-biridan farqlanadi. Hujayraning shakli sirt tarangligiga va sitoplazmaning ilashimliligiga, yonma-yon turgan hujayralarning bir-biriga mexanik ta’sir etishi va boshqalarga bog‘liq. Kо‘pchilik hujayralar suyuq muhitda sirt tarangligi qonunitlariga bо‘ysungan holda sferik shaklga ega bо‘ladi. Leykositlar aylanib yuruvchi qonda ana shunday shaklga ega bо‘ladi, turli ta’sirlar natijasida yolg‘on oyoqlar chiqarib amyoboid harakatlanadi yoki notо‘g‘ri shaklga ega bо‘ladi.
О‘simlik hujayralari, odatda, hayvonlarnikidan anchagina yirik bо‘ladi, uning protoplazmasida kо‘p miqdorda hujayra shirasi saqlanadi. Vakuola u bilan hujayraning derli hamma qismini shunday tо‘ldirib turadiki, yadro sitoplazmaning chetki qismida, yoki sitoplazmaning ozgina qismi bilan о‘ralgan holda hujayraning о‘rtasida joylashadi.
O‘simlik hujayralari turli tuman shaklda bo‘lib, shakli jihatidan ular ikki gruppaga bo‘linadi. Parenxima shaklli hujayralar. Bularga eni bo‘yidan kam farq qiladigan yoki farq qilmaydigan hujayralar kiradi.Porezinxima shaklli hujayralar. Bu xildagi hujayralarning bo‘yi enidan bir necha barobar uzun bo‘ladi. Bu ikkala gruppa hujayralar yonidan qaralgandagina farqlanib, ko‘ndalangiga qaralganda deyarli farq qilmaydi.
Hujayralarning o‘lchamiga kelsak, bu organizmning o‘zida xilma-xil kattaligdagi hujayralarni kuzatish mumkin. Masalan, Qo‘zada shunday hujayra borki, uni oddiy ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan tutish mumkin. Masalan paxta tolasi, bir hujayrali bo‘lib, uzunligi 65-70 mm keladi. o‘simlik asosiy to‘qimasini tashkil qilgan parenxima hujayralarning kattaligi 0,015 dan 0,070 mm gacha bo‘ladi. Ayniqsa meva parenximasi yirik bo‘lib, eni 1 mm gacha borishi mumkin. Prozenxima shaklidagi hujayralar ancha uzun bo‘ladi. Masalan, qichitqi o‘t po‘stloq tolasi 80 mm uzunlikda, raminiki 200-500 mm keladi. Ba’zi o‘simliklarda uchraydigan bug‘imsiz sut naychalari bitta hujayradan iborat bo‘lib, o‘simlikning barcha organlariga shoxlar tarqalgan bo‘ladi. Bu xildagi naychalarning umumiy uzunligi bir necha o‘n metrga borishi mumkin.Bakteriyalarning hujayralari aksincha juda mayda bo‘ladi va ular mikronlar bilan o‘lchanadi. Masalan, tuproq bakteriyalarining hujayralari 1-4 mikron uzunlikka, 0,5-1 mikron yo‘g‘onlikka ega. Odam va hayvon organizmidagi hujayralar kattaligi shakli va tuzilishi jihatidan bir-biridan farq qiladi. Bajaradigan funksiyasiga ko‘ra hujayralar har xil shaklga ega (3-rasm). Suyuq muhitda hujayralar ko‘pincha o‘zgaruvchan bo‘lib, psevdopodiylar hosil qiladi. Masalan, amyoba, qon va biriktiruvchi to‘qimaning hujayralari. Bir-biriga yaqin yotgan hujayralar esa ma’lum shaklga ega. Masalan, teri epiteylisi hujayralari yassi, qisqaruvchi mushak hujaraylari esa uzun tasmasimon yoki duksimon shaklda bo‘ladi. Nerv hujayralari esa uzun o‘simtalarga ega bo‘lgan ipsimon shakldadir. Xivchinli bir hujayrali hayvonlar va erkaklar jinsiy hujayrasi-spermatozoidda harakat qiladigan xivchinlar bo‘ladi. Odam va hayvon hujayralari 5-7 mkm dan 200 mkm gacha bo‘ladi. Ularning soni ham turli, sodda hayvonlarda bitta hujayra bo‘lsa, ko‘p hujayrali organizmlarda hujayralar soni juda ko‘p bo‘ladi. Masalan, chaqoloqda 2 * 1012 hujayra bo‘ladi.
Ko‘rinishi va kattaligi bilan hujayralar bir-biridan farq qilsada, ular ko‘pincha hujayra tuzilishining asosiy belgilarini saqlab qoladi.
Hujayralardan tashkil topgan tirik tabiat olamining barcha organizmlari ikki yirik guruhga bo'linadi.
1. Prokariotlar (pro- avvalgi, karion - yadro) bakteriyalar, ko'k yashil suv o'tlari, yadrosiz hujayralar. Ularning oziqlanishi geterotrof, ba'zilarida avtotrof yoki fotoavtotrof jarayonlari bilan boradi, ko'payishi - jinssiz.
2. Eukariotlar - bir hujayralilar, zamburug’lar, o'simlik va hayvon hujayralari.
Bakteriyalar juda xilma - xil bo'lib, ular murein moddasidan iborat zich qobiq bilan o'ralgan bo'ladi. Ko'pgina bakteriya hujayralari shilliq kapsula- qo'shimcha himoyaviy pardaga ega. Bakteriyalarda ribosomadan boshqa hujayra ichki organoidlari bo'lmaydi. Uning genetik materiali halqa hosil qilgan DNKdan – genofor yoki nukleoiddan iborat. Bu DNK eukariot hujayralardan farq qilib, nukleogistonlardan holidir. DNK tarkibidagi genlar soni odamning DNKsidagi genlardan 500 marta kam. Hujayrada genetik apparatni sitoplazmadan ajratib turuvchi membranali tuzilma - shakllangan yadro bo'lmaydi. Sitoplazmasida plazmidalar ( DNK ning xalqadan tashqari fragmentlari) bo'lib ular bakteriya hujayrasining bir qator irsiy belgilarni nazorat qiluvchi genlardan tuzilgan. Plazmidalar mustaqil replikatsiyalanadi va nasldan –naslga irsiylanadi. Gen muxandisligida keng qo'llaniladi. Ba'zi bakteriyalarning plazmatik membranasi hujayra ichiga botib kirib mezosomalarni hosil qiladi. Mezosomalar hujayra burmalari bo'lib yuzasida nafas olish jarayonida ishtirok etuvchi ya'ni organoidlar vazifasini bajaradigan fermentlar joylashadi (2.3.-rasm). Fotosintezlovchi bakteriyalarda mezosoma burmalari orasida fotosintez pigmenti joylashadi. Bakteriyalar oddiy - har 20 minutda bo'linib turadi. Bu holat kasallik chaqiruvchi bakteriyadan ozginasi organizmga kirib qolsa, tezda ko'payib kasallik alomatlarini yuzaga keltirishini ko'rsatadi. Ba'zi hollarda bakteriyalar bir biriga o'ta yaqin kelib, o'zaro genetik materialini almashtiradi (kon'yugatsiya). Bunday genetik rekombinatsiya natijasida yangi irsiy materialga ega bo'lgan bakteriya hosil bo’ladi.
Bakteriyalarning organik olamdagi ahamiyati o'ta muhim: ular tabiat sanitari, ya'ni organik moddani emiruvchi, o'simlik va hayvon organizmi uchun zarur bo'lgan moddalarni hosil qiluvchi va ayrim xillari esa, turli kasalliklar tarqatuvchidir. Odam organizmida muntazam ravishda kasallik keltirib chiqarmaydigan, ko'pgina bakteriyalar ham mavjud. Ular inson organizmi uchun keraklidir. Masalan, yo'g’on ichakda yashovchi ayrim bakteriyalar ishtirokida odam organizmi uchun o'ta zarur vitaminlar hosil bo’ladi.



Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish