Lyuminessent (yoki flyuorestsent) mikroskopda kurish. Lyuminestsensiyada qator moddalarning atomlari (molekulalari) qisqa to‘lqinli nurlanish yutar ekan, u qo‘zg‘algan holatga keladi. Ularning qo‘zg‘algan holatdan normal holatga o‘tishi esa yorug‘likni katta to‘lqin uzunligida tarqatib yuborish hisobiga bo‘ladi. Binobarin, preparat unga nur ta’sir qilish vaqtida hosil bo‘lgan energiya hisobiga nurlanadi, ya’ni flyuretsensiyalanadi.
Ultrabinafsha nurli mikroskopda ko‘rish. Bu inikroskop linzalari kvarsdan yasalgan bo‘lib, u faqat ultrabinafsha nurlarini o‘tkazadi. Bu mikroskopda kvartsdan yasalgan buyum oynasi va qoplagich oynachalar ishlatiladi. Ultrabinafsha nurli mikroskopda ko‘rish hujayrani chukurrok o‘rganishga imkon beradi.
Polyarizatsion mikroskopda ko‘rish. Bu usul hujayra va to‘qimalarning anizatrop yoki ikki xil nur sindiruvchi tuzilmalarini o‘rganish uchun ishlatiladi. Bu mikroskop bilan tuzilmalardagi molekulalarning joylanishini o‘rganish mumkin va hujayralar tuzilmasi aniqlanadi.
Bu mikroskop hujayra bo‘linishi, xromosomalar va organoid tuzilishini o‘rganishda xam qo‘l keladi.
Elektron mikroskopda ko‘rish. Sitologik preparatlarni elektron mikroskopda o‘rganish hozirgi vaqtda keng tarqalgan usul bo‘lib, uning yordamida hujayralarning nozik tuzilmalari, organoid va hujayra kiritmalarining tuzilishi hamda ularda sodir bo‘ladigan nozik o‘zgarishlar kuzatiladi. Elektron mikroskop buyumlarni 1000000 marta kattalashtirish imkoniga ega. Chunki elektron mikroskopda yorug‘lik mikroskopidagi singari uzun to‘lqinli nurdan emas, balki qisqa to‘lqinli elektronlar nuridan foydalaniladi. Kuzatmoqchi bo‘lgan obekt tasviri elektron nuri yordamida ko‘rsatilsa, bunday asbob elektron mikroskop deyiladi (2.2-rasm). Oddiy mikroskopda hayvonlar to‘qimasining mikroskopik tuzilishini, urganish uchun kesmalarning (preparatlarning) qalinligi taxminan 3-5 mikron (mk) bo‘lishi kerak. Bundan qalin bo‘lsa hujayralar qavati ortib ketib, obektning tasviri ko‘rinmaydi. Elektron mikroskopning afzalligi shundaki to‘qimalardan olinadigan kesma ancha yupqa (0,02mk) bo‘ladi. Oddiy mikroskopda obektning qalinligi, ya’ni hujayra va uning tuzilmalari o‘lchami, diarayetri "mikron"da o‘lchansa, elektron mikroskopda "nanometr" bilan, aksari hollarda esa: "angstrem" bilan o‘lchanadi. Hozirgi vaqtda elektron mikroskopning yangi turlari yaratilmoqda. Masalan, hajmiy (rastalovchi) elektron mikroskop shular jumlasidandir. Uning yordamida preparatlarning hajmiy tuzilishi o‘rganiladi.
2.2.-rasm. Barg osti epidermisining elektron niikroskopda ko‘rinishi
Do'stlaringiz bilan baham: |