Mavzu: Kirish darsning maqsadi


Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar



Download 156,38 Kb.
bet70/80
Sana18.02.2022
Hajmi156,38 Kb.
#453111
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80
Bog'liq
2 5190957401624282327

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Yaponiyaning kuch bilan «ochilishi». XVI asrdayoq Yaponiyada xristian dinining tarqalishi taqiqlangan edi. Hukmdorlar xristian dinini yapon xalqi milliy an’analarini buzuvchi, xristian missionerlarini bosqinchilarning dastlabki guruhi deb hisoblaganlar. Shu tufayli XVII asrda Yaponiya hukmdorlari mamlakatni chet elliklar uchun yopib qo‘ydilar va mamlakatdan barcha yevropaliklarni quvib yubordilar.
Syogun farmonida shunday deyilgan edi: «Shu davrdan boshlab, Yaponiyaga chet ellardan hech kim, hatto elchilar ham kiritilmaydi. O‘lim xavfi ham bu farmonni bekor qila olmasligi lozim».
Shu tariqa yillar ketidan yillar o‘taverdi. Va nihoyat, 18 54-yili AQSH harbiy-dengiz floti Yaponiyani ochilishga majbur etdi. Shu yili AQSH bilan Yaponiya o‘rtasida «Tinchlik va do‘stlik to‘g‘risida»gi Shartnoma imzolandi. Unga ko‘ra, Yaponiya AQSHga ikkita portini ochdi va AQSH konsulini qabul qildi. AQSHdan so‘ng Yaponiyaga Yevropa davlatlari ham kirib kela boshladilar. Ularning maqsadlari
Yaponiya bozorlarini egallash edi. 1858-yili amerikaliklarga yana bir nechta port ochib qo‘yildi. Yaponiyadagi AQSH fuqarolariga eksterritoriallik huquqi berildi. Ayni
paytda AQSH tovarlariga juda past boj to‘lovlari belgilandi. Tez orada xuddi shu mazmundagi shartnomalar Yevropa davlatlari bilan ham imzolandi. Aslida bu shartnomalar Yaponiyani kamsituvchi, teng bo‘lmagan shartnomalar bo‘lib, harbiy jihatdan qudratli davlatlarga yon bermaslikning iloji yo‘q edi. Shu tariqa Yaponiyaning siyosiy va iqtisodiy yopiqlik davri tugadi.
«Ma’rifatli boshqaruv» davrining boshlanishi. Chet el davlatlari uchun «ochilish» Yaponiya iqtisodiga ham salbiy ta ’sir ko‘rsata boshladi. Chunki Yaponiya bozorlarining chet el tovarlari bilan to‘ldirilishi bu yerdagi manufaktura va hunarmandchilik ishlab chiqarishiga kata zarba berdi. Natijada, chet elliklarni mamlakatdan quvib chiqarishni talab qiluvchilar harakati kuchaydi.
Ayni paytda samuraylarning savodxon qismi va ziyolilar Yaponiya chet elliklar uchun yopiq bo‘lgan yillarda mamlakat taraqqiyoti AQSH va G‘arbiy Yevropa davlatlaridan orqada qolganligini yaxshi tushunganlar. Shuning uchun ular chuqur islohotlar o ‘tkazish yo‘li bilan Yaponiyani zamonaviy davlatga aylantirish haqida o ‘ylay boshlaganlar.
Imperator tarafdorlari Yaponiyani modernizatsiya qilish uchun kurashuvchilar harakatidan syogun hokimiyatini tugatish va imperator hokimiyatini qayta tiklash uchun foydalanishga qaror qildilar. 1867-yili tokugava sulolasining oxirgi syoguni imperator Mutsuxitoning foydasiga oliy hokimiyatdan voz kechdi. Shu yili unga imperator Meydzi («ma’rifatli boshqaruv») nomi bilan toj kiydirildi. Meydz i islohot larining boshlanishi .
Yaponiya uchun modernizatsiya davri boshlandi. Hukumat o‘z oldiga milliy an’analardan voz kechmagan, mustaqillikni to‘la saqlab qolgan holda G ‘arb namunasida Yaponiyani zamonaviylashtirish vazifasini qo‘ydi.
Dastlab agrar islohot o ‘tkazildi. Bu islohot yerni sotish va sotib olishga, uni xususiy mulkka aylantirishga ruxsat berdi. Natijada, asrlar davomida katta yer egalari uchun mehnat qilib kelgan dehqonlar chek yerga ega b o ‘ldilar. Shuningdek, yer uchun katta soliq ham belgilab qo‘yildi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:

Download 156,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish