Mavzu: Kirish darsning maqsadi


Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar



Download 156,38 Kb.
bet68/80
Sana18.02.2022
Hajmi156,38 Kb.
#453111
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80
Bog'liq
2 5190957401624282327

Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.

DARS REJASI



Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)

Ajratiladigan vaqt (reglament)

1

Tashkiliy qism

5 daqiqa

2

Ma’naviyat daqiqasi

3

O‘tilgan mavzuni takrorlash

5 daqiqa

4

Yangi mavzuni tushuntirish

25 daqiqa

5

Mustahkamlash

5 daqiqa

6

O‘quvchilarni baholash

5 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Chin (Sin) imperiyasining zaiflashuvi. XVIII asr oxirlariga kelib, imperiyaning istilochilik qudrati zaiflashdi. Iqtisodiy turg‘unlik va
mamlakat aholisining asosiy qismini tashkil etuvchi dehqonlarning qashshoqlashuvi ularni qo‘zg‘olon ko‘tarishga majbur etdi. Shu tariqa Xitoy ichki ziddiyatlar iskanjasida qoldi. Hukmron sulola umri tugayotgan tuzumni butun choralar bilan saqlab qolishga urindi. Ular barcha qarshiliklarni shafqatsizlik bilan bostirdilar. Bu davrda Xitoyga Buyuk Britaniya va Fransiya savdogarlarining kirib kelishi kuchaydi. Ularning faol harakatlari Xitoy hukumatini xavotirga solib qo‘ydi. Chet elliklarning mamlakatga ko‘plab kirib kelishining oldini olish maqsadida imperator 1757-yili Xitoy bandargohlarini tashqi savdo uchun yopiq deb e ’lon qildi. «Yopiq eshiklar» deb nom olgan bu siyosat Xitoyni tashqi dunyodan ajratib qo‘yishga qaratildi.
Tashqi savdo imperator amaldorlari nazorati ostida faqat Guanchjou porti orqaligina olib boriladigan bo‘ldi. Xitoyning o‘zini o‘zi yakkalab qo‘yish siyosati feodal tartiblarining saqlanishiga xizmat qildi. Uning iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishiga kata zarar yetkazdi. Imperator ma’murlari fan va texnika sohasida boshqa
xalqlarning yutuqlarini rad etdilar. Mamlakat qoloqlik botqog‘iga botib qoldi.
Shunday bir sharoitda Buyuk Britaniya hukumati Xitoyni o‘z savdogarlari uchun ochishga bor imkoniyati bilan urindi. Chin imperatorining qaysarligini sindirish uchun unga bir bahona kerak edi. Birinchi afyun urushi. Buyuk Britaniya savdogarlari Hindistondan g‘ayriqonuniy ravishda Xitoyga afyun (qora dori) kirita boshladilar. Mahalliy Xitoy ma’murlari afyun ortilgan karvonlarni musodara qilganiga javoban Britaniya hukumati afyun va ingliz tovarlarini olib kirishni qonunlashtirish uchun 1840-yili Xitoyga qarshi urush boshladi. Urush tarixga «Birinchi afyun urushi» nomi bilan kirgan. Bu urush 1842-yilgacha davom etdi. Urushda Xitoy iqtisodiy va harbiy texnika
jihatidan qoloqligi tufayli mag‘lubiyatga uchradi.
Taypinlar mag‘lubiyati. Qo‘zg‘olon rahbarlarining orzu-umidlari puch xayol edi, xolos. Ularning yerni oilaga oila a’zolari soniga qarab teng bo‘lib berish haqidagi rejalari qo‘zg‘olonda ishtirok etayotgan mulkdor tabaqalarni q o ‘zg‘olondan uzoqlashtirdi. Bu hol taypinlar rahbarlari orasida nizo kelib chiqishiga sabab bo‘ldi. Yer ololmagan dehqonlar esa umidsizlikka tusha boshladilar. Bu esa davlat ma’murlariga taypinlarni tor-mor keltirishda yordam berdi. Hukumat kuch to ‘plab, hujumga o‘tdi.
Ikkinchi afyun urushi. 1856—1860-yillari Ikkinchi afyun urushi ro‘y berdi. Bu safar Xitoy Buyuk Britaniya va Fransiyaning birlashgan qo‘shinlaridan qaqshatqich zarbaga uchradi. Ular Pekin bo‘sag‘alarida juda boy xazinalarga ega bo‘lgan imperatorning yozgi saroyini taladilar va vayron qildilar. Mustamlakachilar Xitoyni yangi, teng bo‘lmagan shartnomalar tuzishga majbur etdilar. Chet elliklarga yana boshqa portlar orqali ham savdo olib borishga ruxsat etildi va yangi imtiyozlar berildi
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Xitoy qay tariqa buyuk davlatlar asoratiga tushib bordi?
2. «Yopiq eshiklar» siyosatidan k o ‘zlangan maqsad nima edi va u qanday oqibatlarga
olib keldi?

Download 156,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   80




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish