Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.
DARS REJASI
|
№
|
Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Buyuk Britaniya mustamlakachilik tartibi. Buyuk Britaniya hukmron tabaqalari Yangi asrda ham Hindistonni butunlay o‘z mustamlakalariga aylantirish siyosatini davom ettirdilar. Shu maqsadda, hukumat «Hindiston ishlari bo‘yicha nazorat kengashi» tashkil etdi.
Bu kengash Buyuk Britaniyaning Hindistondagi mustamlakachilik siyosatining yo‘nalishlarini belgilab borardiShuningdek, Buyuk Britaniya parlamenti Hindistonni boshqarish to‘g‘risida qonun qabul qildi. Unga ko‘ra, «Ost-Indiya» kompaniyasining
Kalkutta shahridagi gubernatori Buyuk Britaniyaning Hindistondagi barcha mustamlakalari general-gubernatori etib tayinlandi. Shu tariqa kompaniya amalda Hindistonni boshqaruvchi mustamlakachi ma’muriyat apparatiga aylantirildi.
Buyuk Britaniya to ‘qimachilik sanoati mahsulotlarining Hindistonda sotilishi mahalliy to‘qimachilik hunarmandlarini xonavayron qildi. Chunki ularning mahsuloti sifat jihatidan Buyuk Britaniya tovarlari bilan raqobat qila olmasdi. Oqibatda, Hindistonning o‘n minglab to’quvchilari ochlikka mahkum etildi. «Ost-Indiya» kompaniyasi katta harbiy kuchga tayanar edi. U hindlarning o‘zidan ham yollanma qo‘shin tuzdi. Buqo‘shin askari sipohiy deb atalardi. Qo‘shinga ingliz zobitlari qo‘mondonlik qilishardi.
Hindistonda faqat shu qo‘shingina hindlarning birdan bir uyushgan tashkiloti edi, xolos. Kompaniya sipohiylarning Buyuk Britaniyaga so‘zsiz itoat etib, xizmat qilishini istardi. Mu stamlakachilar mahalliy aholining milliy his-tuyg‘ularini hisobga olmasdilar.
Oqibatda, mana shu yagona uyushgan, sipohiylardan iborat harbiy kuch orasida ham mustamlakachilik tartiblaridan norozilik tobora kuchayib bordi.
Sipohiylar qo‘zg‘oloni. Sipohiylar qo‘zg‘olonining boshlanishiga bevosita turtki bo‘lgan sabab qo‘shinda patron bilan o‘qlanadigan miltiqning joriy etilishi bo‘ldi. Yangi patronning usti yog‘langan qog‘oz bilan qoplangan bo‘lib, miltiqni o ‘qlashdan oldin qalin qog‘ozni tish bilan yirtib tashlash kerak edi. Sipohiylar orasida qog‘oz po‘stloq
ustiga surtilgan yog‘ sigir va cho‘chqa yog‘ining aralashmasidan tayyorlangan, degan gap tarqalib ketdi.
Qo‘zg‘ olonning bostirilishi. Buyuk Britaniya Hindistonga qo‘shimcha harbiy kuchlar yuborishga majbur bo‘ldi. Shundan so‘ng harbiy kuch ustunligi Buyuk Britaniya bosqinchilari tomoniga o‘tdi. Britaniya qo‘shini qo‘zg‘olonchilar egallagan shaharlarni qamal qilib, ularni shturm bilan egalladilar. Aholi o‘zini qahramonona himoya qildi. Janglar ko‘chalarda olib borildi. Mustamlakachilar to‘plarni fillarga ortib, Dehliga olib kirdilar va bu tadbir jang taqdirini hal qildi.
Qo‘zg‘olonni bostirish paytida dahshatli vahshiyliklar qilindi. Buyuk Britaniya askarlari xotin-qizlar, bolalar va keksalarni ayashmadi. Asir tushganlarni bir joyga to‘plangan olomon oldida to‘p og‘ziga bog‘lardilar va to‘pdan o‘q otib, parcha-parcha qilib tashlardilar. 1858-yili Hindiston Buyuk Britaniya mulki deb e’lon qilindi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
1. Hindistonda o ‘rnatilgan Buyuk Britaniya mustamlakachilik tartiblari haqida nimalarni
bilib oldingiz?
2. Mustamlakachilar Hindistonni qay tariqa boshqardilar?
Do'stlaringiz bilan baham: |