Mavzuga oid shakllantiriladigan kompetensiyalar:
a) tayanch kompetensiya(lar): TK1, TK2;
b) fanga oid kompetensiya(lar): FK1.
Dars turi: yangi tushuncha, bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars uslubi: an’anaviy.
Dars jihozlari: darslik, tarixshunoslik atamalari lug‘ati, mavzuga oid ilmiy adabiyotlar, slaydlar, bukletlar, tarqatma materiallar, ko‘rgazmali qurollar (audio, video, fotolavhalar, jadvallar) jamlanmasi.
DARS REJASI
|
№
|
Darsning tarkibiy qismi
(bosqichlari)
|
Ajratiladigan vaqt (reglament)
|
1
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2
|
Ma’naviyat daqiqasi
|
3
|
O‘tilgan mavzuni takrorlash
|
5 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni tushuntirish
|
25 daqiqa
|
5
|
Mustahkamlash
|
5 daqiqa
|
6
|
O‘quvchilarni baholash
|
5 daqiqa
|
7
|
Uyga vazifa berish
|
DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism: O‘quvchilar bilan salomlashib, sinf xonasining darsga tayyorlik darajasini tekshirish, davomatni aniqlash.
Ma’naviyat daqiqasi: O‘quvchilar bilan kunning muhim iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy-tarbiyaviy yangiliklari xususida qisqacha suhbat tashkil etish, ularga nisbatan o‘quvchilarning mustaqil yondashuvini tinglash, bahs-munozara uyushtirish. Yangi mavzu bayoni: Afg‘oniston. Mustaqillik uchun kurash. XVI asrdan boshlab, afg‘onlar Eron safaviylariga qarshi uzoq yillar davomida kurash olib bordilar. 1709-yili Qandahor viloyatida Eron bosqinchiligiga qarshi navbatdagi qo‘zg‘olon ko‘tarildi. Qo‘zg‘olonga afg‘onlarning gilzoiy qabilasi xoni Mir Vaysxon rahbarlik qildi. Uning harbiy qismi Qandahor shahrini egalladi.
Afg‘oniston — Eron munosabatlari. Qisqa vaqt ichida Qandahor qudratli xonlikka aylandi. U 1722-yili Eron poytaxti Isfahonni ham egalladi va Mir Vaysxonning o‘g‘li Mir Mahmud o ‘zini Eron shohi deb e’lon qildi. Endi Eron mustaqillik uchun kurash boshladi. Bu kurashga Eron qo‘shini qo‘mondonlaridan biri Nodir Quli boshchilik qildi. Eron afg‘on bosqinchilaridan to‘la ozod etildi.
1736-yili Nodir Quli Nodirshoh nomi bilan Eron shohi deb e’lon qilindi. U ayni paytda katta bosqinchilik urushlari ham olib bordi. Afg‘onistonni ham bo‘ysundirdi. Afg‘onistonni itoatda tutib turish uchun Erondan ko‘plab jangchilarni oilalari bilan Kobul va boshqa shaharlarga ko‘chirtirib keltirdi.
Afg‘oniston davlatining tashkil topishi. 1747-yili Nodirshoh o‘ldirilgach, imperiya ham parchalandi. Afg‘oniston davlatining tashkil to pishi uchun qulay sharoit tug‘ildi.
1747-yili afg‘on qabila xonlarining jirg ‘asi (kengashi) afg‘onlarning abdali qabilasi sardori Ahmadxonni Afg‘oniston shohi deb e’lon qildi. Ahmadshoh qisqa vaqt ichida mamlakat hududini birlashtira oldi. Bu g‘alabalar evaziga u o‘ziga «Durri durron» unvonini qabul qildi va abdali qabilasining nomini durroniy nomi bilan o ‘zgartirdi.
Markaziy hokimiyatga bo‘ysunmaslik harakati va bosib olingan o‘lka xalqlarining doimiy qo‘zg‘olonlari oqibatida durroniylar sulolasining hukmronligi zaiflashdi. Ahmadshohning vorislari bu ikki omilga qarshi qanchalik kurashmasinlar, ularni bartaraf eta olmadilar.
Durroniylar sulolasi hukmronligining barham topishi. Ayni paytda vorislar o‘rtasida taxt uchun kurash ham avj oldi. Bundan boshqa qabilalar xonlari foydalanishga urindilar. Chunonchi, barakzaylar yetakchisi Fathxon taxt uchun kurashda hali u vorisni, hali bu vorisni qo‘llab, davlatda bosh vazir lavozimini egallab oldi va butun davlat ishlarini amalda o‘z qo‘lida to‘plashga erishdi.
U yirik harbiy sardorlardan biri, ukasi Do‘st Muhammadxon yordamiga tayanardi. Ular Afg‘onistonning deyarli barcha yirik viloyatlari hokimlarini o‘zlariga qarashli kishilardan tayinlanishiga erishdilar.
Uzoq davom etgan o‘zaro kurashlardan so‘ng 1826-yili Do‘st Muhammadxon Afg‘oniston taxtini egalladi va o ‘zini amir deb e ’lon qildi.
Shu tariqa durroniylar sulolasi hukmronligi barham topdi. Mamlakatda barakzaylar sulolasi hukmronligi o ‘rnatildi. Bu sulola hukmdori amir Do‘st Muhammadxon butun Afg‘onistonni yagona davlatga birlashtirish va uni kuchli davlatga aylantirishga harakat qildi.
Mustahkamlash: Darsning ushbu qismida o‘quvchilar dars yakunida quyida berilgan topshiriqlar va savollarga javob beradilar:
4. Afg‘onistonda durroniylar sulolasi hukmronligi qanday barham topdi?
5. Nima uchun Buyuk Britaniya A fg ‘onistonni bosib olishga yoki o ‘ziga vassal
davlatga aylantirishga erisha olmadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |