Mavzu: kimyoviy texnologiya jarayonlarini sinflanishi


Asosiy jarayonlarning turlari



Download 67,58 Kb.
bet6/8
Sana01.01.2022
Hajmi67,58 Kb.
#293936
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-seminar КТЖ ва А 180121201628

Asosiy jarayonlarning turlari

Sanoatda qo’llaniladigan turli xil texnologik jarayonlarni kinetik qonuniyatlari va ularning xarakatlantiruvchi kuchiga ko’ra quyidagi asosiy guruhlarga mujassamlashtirish mumkin: mexanik, gidromexanik, issiqlik almashinish, modda almashinish, kimyoviy, biokimyoviy va elektrofizik jarayonlar.



Mexanik jarayonlar mobaynida qattiq materiallarga mexanik kuch ta’sirida ishlov beriladi, masalan: qattiq materiallarni maydalash, sochiluvchan materiallarni saralash, uzatish, aralashtirish, presslash. Ushbu jarayonlarni tezligi qattiq jism mexanikasi qonuniyatlari bilan ifodalanadi. Jarayonlarni xarakatlantiruvchi kuchi vazifasini mexanik kuch (bosim kuchi) ta’siri yoki markazdan qochma kuch bajaradi.

Gidromexanik jarayonlar turkumiga suyuqlik va gazlarni quvurlar bo’ylab uzatish, gazlarni siqish, suyuqlik muhitlarida aralashtirish, suspenziya va emul’siyalarni ajratish (cho’ktirish, tindirish, fil’trlash, tsentrifugalash va boshqalar) kabi jarayonlar kiradi. Bunday jarayonlarning tezligi mexanika va gidromexanika qonunlari bilan aniqlanadi. Gidrostatik va gidrodinamik bosim jarayonning xarakatga keltiruvchi kuchi xisoblanadi.

Issiqlik almashinish jarayonlari asosida xaroratlar farqi mavjud bo’lganda issiq jismdan (muhitdan) sovuq jismga issiqlik o’tkazish (uzatish) qonunlari yotadi. Ushbu guruhga isitish, sovutish, bug’latish, kondensatsiyalash va sun’iy sovuq hosil qilish jarayonlarini kiritish mumkin. Jarayonlarning tezligi muhitlarni gidrodinamik rejimlariga bog’liq; ularning xarakatga keltiruvchi kuchi muhitlar o’rtasidagi xaroratlar ayirmasi (farqi) tufayli yuzaga keladi.

Modda almashinish jarayonlari moddalarning turlicha agregat xolatlarida bir fazadan ikkinchi fazaga (ularni ajratuvchi yuza orqali) molekulyar va turbulent diffuziyalar tufayli o’tishi bilan tavsiflanadi. SHu sababli ushbu jarayonlar diffuzion jarayonlar deb ham yuritiladi. Absorbtsiya, adsorbtsiya, suyuqliklarni xaydash, rektifikatsiya, ekstraktsiya, erish, suyultirish, kristallanish, namlash, quritish, dializ va ion almashinish kabi jarayonlar ushbu guruhga kiritiladi. Ushbu jarayonlarning tezligi fazalarning gidrodinamik xarakatiga bog’liq bo’lib massa o’tkazish qonuniyatlari bilan ifodalanadi. Jarayonlarni xarakatlantiruvchi kuchi sifatida tarqalayotgan moddaning fazalardagi kontsentratsiyalarining farqi qabul qilingan.

Kimyoviy jarayonlar paytida moddalarning o’zaro ta’siri natijasida yangi kimyoviy birikmalar hosil bo’ladi. Bu paytda issiqlik va moddalar almashinuvi ham yuz berishi mumkin.

Kimyoviy reaktsiyalar tezligi kimyoviy kinetika qonunlari bilan ifodalanadi. Sanoat miqyosida, katta xajmda o’tkaziladigan reaktsiyalar tezligi reaktordagi gidrodinamik rejimga, jarayonni xarakatlantiruvchi kuchi esa reagentlarning kontsentratsiyasiga bog’liq bo’ladi.




Download 67,58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish