Texnologik jarayon - xom-ashyoni qayta ishlash asosida tayyor mahsulot olish uchun texnologik jihozlar, moddiy va energetik oqimlar xamda ishlov berish usullarining vaqt bo’yicha izchil o’zgarishi. Odatda texnologik jarayonlar fizikaviy tabiati, konstruktiv loyihalanishi va boshqarish uslublariga ko’ra farqlanishlari mumkin.
Sistema - o’zaro bog’langan fizik va fizik- kimyoviy jarayonlar va ularni amalga oshiruvchi vositalar majmui. Sistema tarkibi odatda texnologik jarayon, uni amalga oshiruvchi jihoz, o’lchov-nazorat va boshqaruv vositalari kompleksidan iborat bo’ladi. Har qanday sistemaning barcha tarkibiy qismlari o’zaro uzviy bog’lanishlarga ega bo’lib to’la yopiq xolatda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |