Gidromexanik jarayonlar deb tezligi gidromexanika qonunlari bilan aniqlanuvchi jarayonlarga aytiladi. Ularga suyuqlik va gazlarni uzatish, suyuqlik muhitlarida aralashtirish, turli jinsli sistemalarni fazalarga ajratish kabi jarayonlar kiradi.
Issiqlik almashinish jarayonlari - haroratlar farqi mavjud bo’lganda bir jismdan ikkinchisiga issiqlikning o’tishidir. Bu guruhga isitish, sovitish, bug’latish, kondensatsiyalash va sun`iy sovuq hosil qilish jarayonlari va boshqalar kiradi. Issiqlik almashinish jarayonlarining tezligi issiqlik uzatish qonunlari orqali aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |