Mavzu:Yarimqattiqqanotlilar turkumi vakillari
Qandalar va yarim qattiq qanotlilar turkumi
Qandalalarni 40 mingga yaqin turi ma’lum. Qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunandalari. Ayrimlari esa hayvonlarni ektoparazitlari hisoblanadi. Og‘iz apparati sanchib so‘ruvchi tipda, mo‘ylovlari 4-5 bo‘g‘imli (54 rasm). Oyoqlari yuruvchi, yuguruvchi, suvda yashavchi vakillarida suzuvchi. Ko‘lansa xid chiqaruvchi bezlari bo‘ladi. Ko‘pchilik turlari o‘simlik sirtida, po‘stloq ostida, tuproq ichida yashaydi. Ayrim turlari suvda yashaydi. Ba’zi qandalalar yirtqich bo‘lib, hasharotlar, umurtqasiz hayvonlar, qushlar va sut emizuvchilarni qonini so‘rib oziqlanadi.
Rossiyada 2 minga yaqin turi uchraydi. Ular ikkita kenja turkumga bo‘linadi. Ochiq va yashirin mo‘ylovlilar (6tabli). o‘liq o‘zgarish bilan rivojlanish. Ko‘pchilik hasharotlar (qo‘ng‘izlar,
kapalaklar, burgalar, pashshalar, chivinlar, arilar, chumolilar)ning tuxumdan chiqqan
lichinkasining tuzilishi va hayot kechirishi voyaga yetgan davriga o‘xshamaydi.
Bunday lichinkalar chuvalchangsimon shaklda bo‘lib, qurt deyiladi. Hasharotlar
qurtining tanasi chuvalchanglarga o‘xshash halqalardan iborat; oyo‘qlari kalta, og‘iz
organlari ko‘pincha kemiruvchi tipda tuzilgan; oddiy ko‘zlari faqat yorug‘ni farqlash
uchun xizmat qiladi. Rivojlanish davrida qurt faol harakat qiladi va oziqlanadi; bir
necha marta tullab g‘umbakka aylanadi. G’umbak hasharotning tinim davri
hisoblanadi. Bu davrda lichinkalik organlar qayta tuziladi. Odatda, g‘umbak
harakatsiz bo‘lib, oziqlanmaydi. Ayrim kapalaklarning g‘umbagi pilla ichida
bo‘ladi
Mavzu: To’g’riqanotlilar turkumining keng tarqalgan turlari
Toʻgʻriqanotlilar (Orthoptera) -hasharotlar sinfiga mansub turkum. Tanasi uzunchoq, 2 juft qanoti yaxshi rivojlangan. Orqa oyoqlari sakrovchi. Urgochisining tuxum qoʻygichi bor. Maxsus tovush chiqarish va eshitish organlari mavjud. Toʻgʻriqanotlilar turkumi 2 kenja turkum: uzun moʻylovlilar (ediyexidsimonlar, temirchaksimonlar, chirildoqsimonlar, chirildoklar katta oilalari) va kalta moʻylovlilar (treperstsimonlar, tetrigidsimonlar, timpanalsizlar, pufaklilar, chigirtkalar katta oilalari)ga ajratiladi. 200000 dan, Oʻzbekistonda 350 dan koʻproq turi maʼlum. Jan. hududlardagi ochiq landshaftlarda keng tarqalgan. Chala oʻzgarish orqali rivojlanadi. Yilda bitta nasl beradi. Odatda, tuxum davrida qishlaydi. Koʻpchilik turlari oʻsimlikxoʻr, baʼzi turlari aralash yoki yirtqich oziklanadi. Ayrim turlari koʻp sonli gala hosil qilib, uzoq masofaga uchib oʻtishi (koʻchishi) mumkin. Qishloq xoʻjaligi ekinlariga zarar keltiruvchi turlari bor (chigirtkalar, buzoqboshilar). Gala boʻlib koʻchib yuruvchi turlari (osiyo chigirtkasi, marokash chigirtkasi) ekinlar uchun ayniqsa katta xavf tugʻdiradi. Choʻl temirchagi Oʻzbekiston Qizil kitobiga kiritilgan.
Uzun mo‘ylovlilarga temirchaklar va chirildoqlar kiradi.
Temirchaklar vakillarining mo‘ylovlari uzun, oyoq panjalari to‘rt bo‘g‘imli, tuxum qo‘ygichlari o‘roqsimon yoki qilichsimon bo‘ladi. Erkaklarining ust qanotlari birining asosida yo‘g‘onlashgan tomir, ikkinchi qanotida ingichkalashgan qismi bor. Ular bir biriga ishqalanish natijasida chirillagan ovoz chiqaradi. Eshitish organi oldingi boldirlar asosida o‘rnashgan. Qo‘pchilik turlari tuxumlik bosqichida qishlaydi. Rossiyaning evropa qismida , qozog‘istonda, o‘rta osiyoda uchraydi
Do'stlaringiz bilan baham: |