Mavzu: Kapalaklar- Lipidoptera
Kapalaklar (Tangakanotlilar, Lepidoptera).
Kapalaklarning 80000 xilidan ayrimlarigina don va don mahsulotlarining
zararkunandalari hisoblanadi. Kapalaklar har kungizlar bosib utgan boskichni utaydi:
tuxum, kurt, gumbak, kapalak. Kapalaklar kuydagi belgilari bilan kungizlardan fark
qilishadi: ogiz apparati surishga moslashgan; ikki juft kanoti bor; kurtlari uch juft
kukrak oyoklaridan tashqari ikki-uch juft korin oyoklariga har egalar. Ko`pgina
kurtlar uzlaridan suyuklik ajratib chiqarishadi va bu suyuklik kotib urgimchak ipiga
uxshash tolaga aylanadi. Kungiz va kanalar kabi kapalaklar har don mahsulotlari
bilan nafakat oziqlanadi balki uni uzining pusti, pillasi, chikindi axlatlari va murdasi
bilan ifloslantiradi.
Don mahsulotlari zararkunandalari - kapalaklar kuya, parvona va tunlam
oilalariga mansubdir.
6.4.1. Don kuyasi (Sitotroga cerealella oliv).
Bu kapalak uyik kanotli kuyalar oilasiga kiradi. Kapalak uncha katta bulmagan
ulcham (4 - 6 mm)ga ega. Kanotlarining yoyilmasi 11...16 mm. Tanasi ok rangli,
kanotlari kulrang-sargish. Don kuyasi donni dalada, ombor va elevatorlarda
zararlaydi. Kulay sharoitda kapalakning butun rivojlanish tsikli 27...30 kunni tashkil.
Mavzu: Suvaraksimonlar – Bliattopiera turkumi
Suvaraklar (Blattoptera) — hasharotlar turkumi. Uz. 4—95 mm. Oldingi koʻkrak boʻgʻimi boshini qisman yopib turadi. Moʻylovlari uzun, qilsimon, koʻp boʻgʻimli. Ogʻiz organlari kemiruvchi. Qanotlari pardasimon, oldingi qanotlari nisbatan qalin. Bir qancha turlarining qanoti rivojlanmagan yoki boʻlmaydi. Oyoklari yuguruvchi. Erkaklari qorin boʻshligʻida hid bezlari boʻladi. Chala oʻzgarish orqali rivojlanadi. 3600 ga yaqin turi bor; asosan, tropik va subtropiklarda tarqalgan. S. — tungi, yashirin hayot kechiradigan hasharotlar. Oʻsimlik qoldiqlari orasida, toshlar ostida, yerdagi yoriqlarda yashaydi. Tuxumlarini maxsus kapsula — ootekaga qoʻyadi, 3—4 oydan 3— 4 yilgacha rivojlanadi. Hamma narsani yeyaveradi. Qora suvarak va sariq suvarak sinantrop boʻlib, Yer yuzining hamma joyida xonadonlarda yashaydi. S uyda oziq zaxiralari, xona oʻsimliklari, kitoblarga va teridan tikilgan kiyimlarga ziyon keltirishi, ichburugʻ bakteriyalarini va gelmintlar tuxumlarini tarqatishi mumkin. Oʻzbekistonda S.ning 30 ga yaqin turi, jumladan, xonadonlarda 2 turi (sariq suvarak va qora suvarak) tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |