Kasbiy maslahat berish. Bundan ko'zlangan maqsad kasb tanlash yoki kasbini o'zgartirish to'g'risida murojaat etgan odamga uning istagi, qiziqishi, imkoniyatlarini, mavjud bo'sh ish joylari, istiqbolda ishga joylashtirishni hisobga olgan holda yordam berishdir. Kasb-hunarlar bo'yicha maslahatchi mijoziga:
xavfsirashining o'rinsiz ekanligini tushuntirishi, mavjud muammosi noaniq bo'lsa, unga aniqlik kiritishi;
uning qiziqish doirasini aniqlab, shunga muvofiq kasb-hunarlarni taklif etishi;
qayta o'qitish imkoniyatlari to'g'risida ma'lumot berishi lozim.
Hal etilishi kerak bo'lgan vazifalardan kelib chiqqan holda, kasbiy maslahat berishga turli tashkilot vakillari, shifokorlar, psixologlar, sotsiologlar jalb etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |