1. Tashkiliy-farmoyish tizimi. Bu tizim tarkibida quyidagilar mavjuddir:
—tashkiliy hujjatlar (nizom, qoidalar, yo’riqnomalar);
—farmoyish hujjatlari (qaror, buyruq, farmoyish); 540
—ma’lumot-axborot hujjatlari (holatlar, xizmat yozishmalari, tushuntirish xati, ma’lumotlar, arizalar, taqdimnomalar, bayonnomalar va hokazolar);
—personal bo’yicha hujjatlar (xodimlar bo’yicha buyruqlar, mehnat shartnomasi, shaxsiy varaqa, mehnat daftarchasi. Anketa, tarjimai hol, tavsiyanoma, pensiya hujjatlari bo’yicha hujjatlar).
—fuqarolar murojaatlari bo’yicha hujjatlar.
2. Reja hujjatlari (kadrlar masalalari bo’yicha reja topshiriqlari yoki mutaxassislarga buyurtmalar, xodimlar soni, ular mehnatiga haq to’lash, kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish bo’yicha rejalar).
3. Hisobot-statistika hujjatlari (xodimlar soni, ish vaqti balansi, ish haqi, mehnat unumdorligi, ishdan bo’shatish va hokazolar bo’yicha statistika hisobotlari).
4. Ijtimoiy ta’minot bo’yicha hujjatlar (nafaqalar, imtiyozlar, ijtimoiy sug’urta va hokazolarga oid hujjatlar). Kadrni boshqarish xizmatining har bir bo’linmasi hujjatlarni o’z funktsiyalariga asosan yaratadi, rasmiylashtiradi va ijrosini ta’minlaydi. Bu hujjatlarning aksariyati korxona yoki tashkilot ichkarisida foydalanishga mo’ljallanganligi sababli ular bilan ishlash tartibi ichki nizomlar, qoidalar va yo’riqnomalarda belgilab qo’yiladi. Kadr bilan ishlash xizmatining tashkiliy-kadrlar hujjatlari mavjud bo’lib, ular korxona va tashkilot tarkibi, shtatlar jadvali, personal to’g’risidagi nizom, xizmat yo’riqnomasi, ichki ish tartibi qoidalaridan iboratdir4.
Kadrni boshqarish xizmati farmoyish hujjati hisoblangan quyidagi buyruqlar chiqarishi mumkin:
— shtatlar jadvaliga o’zgartishlar kiritish to’g’risida;
— rahbar o’rinbosarlari o’rtasida vazifalarni taqsimlash to’g’risida;
— xodimlarga har yillik haq to’lanadigan ta’tillar berish tartibi va muddatlari to’g’risida;
— ishga qabul qilish, yangi lavozimga tayinlash, boshqa ishga o’tkazish, ishdan bo’shatish to’g’risida;
— qo’shimcha (o’quv) ta’tili, navbatdagi ta’tiddan chaqirib olish to’g’risida;
— to’liqsiz ish haftasi, to’liqsiz ish kuni o’rnatish to’g’risida;
— jazolash to’g’risida;
4 Personalni boshqarish. Q.X.Abdurahmonov, Sh.R.Xolmo’minov, N.Q.Zokirova, A.B.Irmatova. Darslik. TDIU, 2011 y.538
bet.
541
— malaka razryadi berish to’g’risida;
— xizmat safariga yuborish to’g’risida va hokazolar.
Buyruq korxona yoki tashkilot rasmiy blankida chiqariladi va unda quyidagi rekvizitlar bo’lishi talab etiladi:
—yuqori tashkilot nomlanishi;
—hujjat muallifi — korxona yoki uning bo’linmasi nomlanishi;
—hujjat turining nomlanishi;
—hujjat chiqarilgan sana va tartib raqami;
—hujjat qabul qilingan manzil;
—sarlavha;
—imzo.
Qoida bo’yicha xodimlar hamda korxona yoki tashkilot asosiy faoliyati bo’yicha buyruqlar alohida-alohida tartib raqamlari bilan chiqariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |