-boshqaruvning funktsiyali mutaxassislari. Ularning mehnat mahsuli boshqaruv axborotlari hisoblanadi. Bu toifa mutaxassislar guruhiga referentlar, iqtisodchilar va hokazolar kiradi;
-mutaxassis-muhandislar. Ular mehnati mahsuli texnika va ishlab chiqarish
texnologiyasiga
oid
konstruktorlik-texnologik
yoki
loyiha
axborotlaridir. Bular - muhandislar, texnologlar, konstruktorlar, loyihachilar va hokazolardir;
-xizmatchi-texnik mutaxassislar (kompyuter operatorlari, omborchilar, maishiy sohalar xizmatchilari va hokazolar) asosan xizmat ko’rsatish bilan banddirlar.
Kadrni boshqarish yoki kadr menejmenti deyilganda ham alohida menejerlar, ham umuman boshqaruv butun apparatining faoliyat turlari, eng avvalo boshqaruv faoliyati tizimi tushuniladi. Korxona mehnat bozorida ishchi kuchi qidiradi, ammo ishlab chiqarishda aniq insonlar bilan o’zaro munosabatda bo’ladi. Shu sababli kadrni boshqaruv funkdiyasining ikki sohasi mavjuddir:
Kadrlar siyosati - kadr bilan ishlash tamoyillari, maqsadlari va strategiyasi. Korxonada xodimlar bilan ishlash bo’yicha barcha tadbirlar shu maqsadga yo’naltiriladi.
Kadr - korxona xodimlari: rahbarlar, mutaxassislar, ishchilar, xizmat ko’rsatuvchi kichik kadr.
Kadrga ega bo’lish - korxona uchun xodimlarni ishga yollash bilan bog’liq barcha jarayonlar, shuningdek, yangi xodimlarni o’z vazifalarini bajarishga kirishishlariga tayyorlash.
Kadrni rejalashtirish - kadr bilan ish olib borish barcha yo’nalishlarini belgilab olish.
Kadrni rivojlantirish - kadrning yangi bilimlarga ehtiyojlarini aniqlash va bu ehtiyojlarni qondirib borish, bosh-qaruv uslublarini muttasil takomillashtirib borish, xodimlarga ularning faolligini oshirishda har taraflama yordam berish.
Kadrni markazlashtirilmagan holda boshqarish barcha bo’linmalar (bo’limlar, sexlar, xizmatlar, laboratoriyalar, sho’’balar) rahbarlari faoliyatidir.
533
Kadrni boshqarishning funktsiyali-tashkiliy tuzilmasi mehnatning funktsional taqsimoti va funktsional ixtisoslashishga asoslangan ishlab chiqarishlar uchun mo’ljallangan 1- rasmda keltirilgan.
1‐rasm. Kadrni boshqarishning funksiyali tashkiliy tuzilmasi Bu eng ko’p uchraydigan tashkiliy tuzilma hisoblanadi. Korxonada ayrim funktsiyalar (masalan, mutaxassislarni ishga qabul qilishni rejalashtirish, mehnatga haqto’lash va tarif siyosati, ijtimoiy rivojlanish) tashkiliy jihatdan shakllanishi bilan mazkur tuzilmalarni yagona tizimga bog’lovchi va bo’ysunish tartibini belgilovchi kadrni boshqarishning tashkiliy tuzilmasi tarkib topadi.
Kadrni boshqarishning funktsiyali-tashkiliy tuzilmasi oliy rahbariyatga asosiy diqqat-e’tiborni strategik masalalarga qaratish, ixtisoslashtirish hisobiga ishlab chiqarishda yuksak samaradorlikka erishish uchun qulay imkoniyatlar yaratib beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |