Mavzu: Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish ahamiyati, maqsadi hamda vazifalari mundarija



Download 125,99 Kb.
bet3/7
Sana11.04.2023
Hajmi125,99 Kb.
#926952
1   2   3   4   5   6   7
Kurs ishi maqsadi: Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya tizimini rivojlantirishning umumiy tasnifi o’rganish. Umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi xisoblangan milliy madaniyatimizni, yoshlarning axloqiy tarbiyasini ongli ravishda yondashishsiz tasavvur etish qiyindir. Inson ijtimoiy xayotda ongli ravishda o’z o’rnini egallashi uning voyaga etishi, farzandlik burchini, ota-onalik burchini ato etishi, o’zidan keyin ma’lum bir iz qoldirishi jamiyat taraqqiyotini belgilaydi
Kurs ishi metodi: kuzatish, ma’lumotlar to’plash, tahlil ,suhbat, pedagogik tahlil.
Kurs ishi ahamiyati: Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish ahamiyati, maqsadi hamda vazifalari Jismoniy madaniyat ta'lim yo'nalishi talabalari foydalanishlari mumkin.
Kurs ishining tuzilishi: Kirish, Asosiy qism, 2-bob, 4 paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.


I-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI JISMONIY TARBIYA TIZIMIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISLOHATLAR
1.1. Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fanning maqsadi va vazifalari
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish maxsus o‘quv hamda ilmiy fan sifatida ijtimoiy-pedagogika fanlarining tarkibiy kismi hisoblanadi. U aholi urtasida tashkil qilinadigan ommaviy soglomlashtiruvchi jismo­niy tarbiya va sport tadbirlarining yo‘llarini o‘rganadi, shu sohadagi mutaxassislarni tarbiyalashga bevosita xizmat qiladi.
Shu sababdan bu fan O‘zDJT va SU va respublika oliy o‘quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakultetlari, Olimpiya zahiralari kollejlari hamda pedago­gika bilim yurtlari tarkibidagi jismoniy madaniyat bo‘limlarining o‘quv rejasida o‘z o‘rni va mavqeiga ega bo‘lmog‘i lozim.
Fanning asosiy maqsadi bo‘lajak mutaxassislarni jismoniy tarbiya va sport harakatining barcha faoliyatlarini tashkil etish va ularga rahbarlik qilish yo‘llari bilan qurollantirishdan iboratdir. Shu maqsadda u o‘z oddiga quyidagi vazifalarni qo‘yadi: yuqori va quyi sport tashkilotlarining ish mazmunlari hamda ularning usullarini o‘zlashtirishni ta’minlash davlat va jamoat tashkilotlari, ularning jismoniy tarbiya va sport soxasidagi faoliyatlarini o‘rganish; fan asoslari va mazmuni bilan tanishtirish; egallangan nazariy bilim, amaliy ko‘nikma hamda malakalarni o‘quv amaliyoti jarayonida tajribadan o‘tkazish ilmiy-nazariy tadkikotlar o‘tkazishga da’vat etish reyting tizimi talablari asosida talabalarning bilimlarini baholash Jismoniy madaniyat va sportni boshqarish fani o‘quv rejasidagi "Jismoniy madaniyat tarixi", "Jismoniy tarbiya nazariyasi va matodikasi", pedagogika, psi­xologiya, iqtisod nazariyasi hamda barcha mutaxassislik fanlari bilan chambarchas bog‘liqdir. Shu sababdan ham fanlar erishgan yutuqlardan foydalanish zaruriyati tugiladi.
Fanning asosiy mazmunini quyidagi yunalishlar tash­kil etadi: jismoniy madaniyat va sportni tashkil qalishning nazariy asoslari boshqarishning davlat va jamoat tizimlari boshqarishdagi asosiy vazifalar, usullar horijiy mamalakatlarda jismoniy madaniyat va sport­ni tashkil qishish, xalkaro sport va Olimpiya harakatlari. jismoniy madaniyat va sport harakatidagi asosiy tarmoqlar.3
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish maxsus o’quv hamda ilmiy fan sifatida ijtimoiy-pedagogika fanlarining tarkibiy qismi hisoblanadi. U aholi o’rtasida tashkil qilinadigan ommaviy sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya va sport tadbirlarining yo’llarini o’rganadi, shu sohadagimutaxassislarni tarbiyalashga bevosita xizmat qiladi.SHu sababdan bu fan PJT I va respublika oliy o’quv yurtlarining jismoniy tarbiya fakulbtetlari, Olimpiya o’rinbosarlari kollejlari hamda pedagogika bilim yurtlari tarkibidagi jismoniy tarbiya bo’limlarining o’quv rejasida o’z o’rni va mavqeiga ega bo’lmog’i lozim. Fanning asosiy maqsadi bo’lajak mutaxassislarni jismoniy tarbiya va sport harakatining barcha faoliyatlarini tashkil etish va ularga rahbarlik qilish yo’llari bilan qurollantirishdan iboratdir. SHu maqsadda u o’z oldiga quyidagi vazifalarni qo’yadi: - fan asoslari va mazmuni bilan tanishtirish;
-davlat va jamoat tashkilotlari, ularning jismoniy tarbiya va sport sohasidagi faoliyatlarini o’rganish;
-yuqori va quyi sport tashkilotlarining ish mazmunlari hamda ularning usullarini o’zlashtirishni ta’minlash;
- egallangan nazariy bilim, amaliy ko’nikma hamda malakalarni o’quv amaliyotijarayonida tajribadan o’tkazish;
- ilmiy-nazariy tadqiqotlar o’tkazishga da’vat etish;
- reyting tizimi talablari asosida talabalarning bilimlarini baholash;
Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani o’quv rejasidagi «Jismoniy tarbiya va sport tarixi», «Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati», pedagogika, psi-xologiya, iqtisod nazariyasi hamda barcha mutaxassislik fanlari bilan chambarchas bog’liqdir. CHunki boshqarishda doimiy ravishda ta’kidlanib turiladigan sport taraqqiyoti, aholini jismoniy tarbiya vositalari yordamida tarbiyalash usullari, sportchilarning ruhiy holatlari hamda barcha sport tadbirlarini uyushtirishda moddiy-texnik ta’minot sohasidagi bilimlar amaliy tajribalar bilan uzviy bog’liqdir. SHu sababdan ham fanlar erishgan yutuqlardan foydalanish zaruriyati tug’iladi.
Fanning asosiy mazmunini quyidagi yo’nalishlar tashkil etadi: -jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilishning nazariy asoslari; - boshqarishning davlat vajamoat tizimlari; - boshqarishdagi asosiy vazifalar, usullar; -jismoniy tarbiya va sport harakatidagi asosiy tarmoqlar; -horijiy mamalakatlarda jismoniy tarbiya va sportni tashkil qilish, xalqaro sport va Olimpiya harakatlari.
Bularning negizida jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bo’lajak mutaxassislarni tayyorlab etishtirishdagi barcha yo’l-yo’riqlar o’z ifodasini topadi. Eng muhimi, O’zbekistonda olib borilayotgan turli islohotlar, ularning ijobiy natijalari sifatida o’tkazilayotgan turli xil sport tadbirlari, sport inshootlarini qurish va boshqalarning o’z aksini topishi ifodalab beriladi. «Jismoniy tarbiya va sportni boshqarish» fani o’zining tarixiga ega. Bu hakda quyidagi ma’lumotlarni keltirish mumkin. Bu fan avvallari jismoniy tarbiya va sport tarixi fanining tarkibida bo’lib, 1948 yildan boshlab mustaqil fan sifatida ajralib chikdi va taraqqiy qila boshladi. fakulbtetlarining talabalari uchun eng qulay, tushunish oson bo’lgan o’quv qo’llanmalari 1965 yilda nashrdan chiqqan «Organiza^iya fizicheskoy kulbturM» va 1972 yilda Bunchuk M.B. (Ukraina) tomonidan tayyorlangan «Organiza^iya fizicheskoy kulbturbi» o’quv qo’llanmasi hisoblanadi. Keyingi yillarda jismoniy tarbiya texnikumlari, pedagogika bilim yurtlari talabalari uchun «Istoriya i organiza^iya fizicheskoy kulbturbi i sporta» (Stolbov V.V., Moskva, 1984) darsligi ommabop xususiyatga ega bo’lgan «Fizkulbtura harakatini kengaytirish yo’llari» Abdumalikov R., YUnusov T.T., Akramov A.K. (Toshkent, 1988), «Sportivnaya postup Sovetskogo O’zbekistona» (Ibragimov M.I., Balakin S.S., 1985) o’quv qo’llanmalari tayyorlandi. O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituta tomonidan «O’zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni boshqarishni tashkil etish yo’llari» (YUnusov T.T., Abdumalikov R.) o’quv qo’llanmasi chiqarildi. Bular orasida do^ent R.Abdumalikovning «Jismoniy madaniyat va sport ixtisosligidagi talabalarni boshqaruvchilik faoliyatlariga tayyorlashning nazariy va amaliy asoslari» monografiyasi (1994), «Jismoniy tarbiya va sportni boshqarishning nazariy asoslari» o’quv qo’llanmasi (1995) muhim ahamiyat kasb etdi. Bular talabalarning boshqaruvchilikdagi nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarini oshirishda katta xizmat qilmoqda. E’tirof etish kerakki, boshqarish jarayonlarida avvalgi ish tajribalari, erishilgan yutuqlar hamda ilmiy-nazariy tadqiqotlar natijalari muhim ahamiyat kasb etish bilan fanning asosiy omili sifatida xizmat qiladi. Bularni o’rganish va tanqidiy yondoshish zarur bo’ladi.
2. Barcha o’quv yurtlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llanilayotgan fanlar kabi jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani eng avvalo O’zbekiston Qonunlari, Prezident Farmonlari va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga tayanadi. SHu bilan birga, sog’lom avlodni tarbiyalashda xizmat qiluvchi milliy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy qadriyatlar hamda xalq pedagogikasiga asoslanadi.
Bu fanning asosiy xuquqiy tayanchi O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi hisoblanadi. Unda fuqarolarning o’z sog’liklarini yaxshilash, bilim va madaniy saviyalarini oshirish, jismoniy tarbiya
Va sport bilan shug’ullanishlari kafolatlangan. O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi Qonuni jismoniy tarbiya va sport harakatini yuritish, unga rahbarlik qiluvchi davlat hamda jamoat idoralarining vazifalari, burchlari va huquqlarini belgilab bergan. Bu jarayonlar fanni o’rganish va mutaxassislar tayyorlash faoliyatida muhim omil hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni barcha turdagi o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslari, darsdan tashqari ommaviy-sog’lomlashtirish sport tadbirlarini tashkil qilishga yo’l ochib beradi. Bujarayonlar ham tashkilotchilik va boshqaruv faoliyatlarining eng muhim tarmog’i sifatida o’z o’rniga egadir. 1993 yilning mart oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga asosan «Sog’lom avlod uchun» ordeni ta’sis etildi. Uning Nizomiga ko’ra sog’lom avlodni tarbiyalab etishtirish mas’uliyati maktab, tarbiya muassasalari kabi sport tashkilotlari zimmasiga ham yuklangan. Bu yo’lda qilinadigan ishlarning mazmuni va rahbarlik usullari jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani tarkibining asoslaridan biriga aylandi. O’zbekistonda barcha sohalardagi yutuklarni ta’minlash mutaxassis kadrlarga bog’liq ekanligi e’tirof etildi. SHu sababdan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» kabul qilindi. Jismoniy tarbiya hamda sportni tashkil qilish va boshqarishda uning ahamiyati beqiyosdir.
Muhim tomonlaridan yana biri shundaki, Respublika hukumati va mutasaddi vazirliklar, davlat hamda jamoat tashkilotlarining maxsus qarori bilan «Alpomish» va «Barchinoy» maxsus testlari ishlab chiqildi va uni amalda qo’llash joriy etildi. Buning mazmuni va tashkiliy jihatlari asosan sport tashkilotlari hamda jamiyatlari zimmasida bo’lganligi uchun o’zining muhim manbai sifatida tan oladi.
O’zbekiston Davlat sport qo’mitasining rasmiy ma’lumotlariga qaraganda, 1991 yilda 38 kishiga xalqaro toifadagi sport ustasi unvoni berilgan, 350 kishi esa sport ustasi unvoniga sazovor bo’lgan.
Ma’lumki, 1992 yilning yozida Barsеlоnada (Ispaniya) bo’lib o’tgan yozgi XXV Olimpiya o’yinlarida O,zbеkistоnning 17 nafar sportchisi sobiq SSSR tarkibida so’nggi Ьог qatnashdilar. Ular orasida Galieva R., CHusovitina О. /gimnastika/, SHmonina M. /engil atletika/ о п medal, Sir^ov S. /og’ir attetika/, Аsrabaеv /o’q otish/ kumush medal va Zaxarevich V. /qilichbozlik/ branza medali sovrindorlari bo’lishdi. 1996 yil Айайа (AQSH)da o’tkazilgan XXVI Olimpiya o’yinlarida А.Bagdasarоv (dzyu-do) kumush, K.To’laganov (boks) bronza medaliga sazovor bo’lishdi. 2000 yil Sidneydagi (Avstraliya) XXVII Olimpiya o’yinlarida M.Abdullaev boks bo’yicha oltin; Artur Taymazov (kurash) kumush, Rustam Saidov, Sergey Mixaylov (boks) bronza medallarini qo’lga kiritdilar. O’z-bek kurashi bo’yicha Xalqaro kurash asso^ia^iyasi tuzildi va 3 marta jaton chеmpiоnati o’tkazildi. Umuman, Respublika sporta taraqqiyotning yangi bosqichga ko’tarildi.
3. Ma’lumki, O,zbеkistоn Respublikasi siyosiy, ijtimоiy-iqtisоdiy va madaniy jihatdan tobora rivoj topmoqda. Bu esa jismoniy tarbiya va sport rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bunga faqat mustaqillik yillarida (1991-2001) erishildi. Boshqa sohalar qatori jismoniy tarbiya va sport sohasi ham faqat shu yillarda rivoj topdi. Buni quyidagi ko’rsatkichlarga qarab ham bilsa bo’ladi (1-23 jadval).
4. Sobiq IttifDqning inqirazi uning tarkibida bo’lgan barcha respublikalarning, jumladan O’zbеkistоnning mustaqil davlat bo’lishiga olib keldi va birinchi bo’lib O’zbеkistоnda Prezidentlik boshqaruvi joriy qilindi.
Qonun qabul qiluvchi organ - O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi shakllandi. U qonunlarni ishlab chiqish va tasdiqlash huquqiga egadir. Uning tarkibida boshqa sohalar kabi fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo’yicha qo’mita mavjud. Bu qo’mita o’z nufuzidagi sohalar bo’yicha qonunlarni tayyorlab, Oliy Majlis sessiyasiga tavsiya etadi. O’zbekiston Respublikasining «Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida»gi qonuni ham shu qo’mita tomonidan ishlab chiqilgan.
O’zbekiston Respublika Prezidentining farmonlarini, Oliy Majlis qabul qilgan qonunlarni amalda ijro etuvchi organ. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hisoblanadi. U o’z faoliyatida eng muhim muammolarni hal etish uchun qarorlar qabul kiladi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.

Download 125,99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish