1.2 Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi qonun, qarorlar boshqarishning asosiy manbalari
Barcha o’quv yurtlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida qo’llanilayotgan fanlar kabi jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani eng avvalo O’zbekiston Qonunlari, Prezident Farmonlari va O’zbekiston Respublikasi Vәazirlar Maxkamasining qarorlariga tayanadi. SHu bilan birga, sog’lom avlodni tarbiyalashda xizmat qiluvchi milliy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy qadriyatlar hamda xalq pedagogikasiga asoslanadi.
Bu fanning asosiy xuquqiy tayanchi O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xisoblanadi. Unda fuqarolarning o’z sog’liqlarini yaxshilash, bilim va madaniy saviyalarini oshirish, jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlari kafolatlangan. O’zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida"gi Qanuni jismoniy tarbiya va sport harakatini yuritish, unga rahbarlik qiluvchi davlat hamda jamoat idoralarining vazifalari, burchlari va xuquqlarini belgilab bergan. Bu jarayonlar fanni o’rganish va mutaxassislar tayyorlash faoliyatida muxim omil xisoblanadi.
O’zbekiston Respublikasining "Ta’lim tutrisida"gi Qanuni barcha turdagi o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya darslari, darsdan tashqari ommaviy-soglomlashtirish sport tadbirlarini tashkil qilishga yo’l ochib beradi. Bu jarayonlar ham tashkilotchilik va boshqaruv faoliyatlarining eng muxim tarmog’i sifatida o’z o’rniga egadir.
1993 yilning mart oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga asosan “Sog’lom avlod uchun”orderi ta’sis etildi. Uning Nizomiga ko’ra sog’lom avlodni tarbiyalab yetishtirish mas’uliyati maktab, tarbiya muassasalari kabi sport tashkilotlari zimmasiga ham yuklangan. Bu yo’lda qalinadigan ishlarning mazmuni va raxbarlik usullari jismoniy tarbiya va sportni boshqarish fani tarkibining asoslaridan biriga aylandi.
O’zbekistonda barcha sohalardagi yutuqlarni ta’minlash mutaxassis kadrlarga bog’liq, ekanligi e’tirof etildi. SHu sababdan "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" qabul qilindi. Jismoniy tarbiya hamda sportni tashkil qilish va boshqarishda uning ahamiyati bekiyosdir.
Muhim tomonlaridan yana biri shundaki, Respublika Hukumati va mutasaddi vazirliklar, davlat hamda jamoat tashkilotlarining maxsus qarori bilan "Alpomish" va "Barchinoy" maxsus testlari ishlab chiqildi va uni amalda qo’llash joriy etildi. Buning mazmuni va tashkiliy jixatlari asosan sport tashkilotlari hamda jamiyatlari zimmasida bo’lganligi uchun o’zining muhim manbai sifatida tan oladi.
O’zbekiston Davlat madaniyat va sport ishlari Vazirligi rasmiy ma’lu-motlariga qaraganda, 1991 yilda 38 kishiga xalqaro toifadagi sport ustasi unvoni berilgan, 350 kishi esa sport ustasi unvoniga sazovor bo’lgan.
Ma’lumki, 1992 yilning yozida Barselonada (Ispaniya) bo’lib utgan yozgi XXV Olimpiya o’yinlarida O’zbekistonning 17 nafar sportchisi qatnashdilar. Ular orasida Galieva R., CHusovitina O. /gimnastika/, SHmonina M. /yengil atletika/ oltin me-dal, Sirtsov S. /og’ir atletika/, Asrabaev /o’q otish/ ku-mush medal va Zaxarevich V. /kilichbozlik/ bronza medali sovrindorlari bulishdi. 1996 yil Atlanta (AQSH)da ugka-zilgan XXVI Olimpiya o’yinlarida A.Bagdasarov (dzyu-do) kumush, Q T laganov (boks) bronza medaliga sazovor bo’lishdi. 2000 yil Sidneydagi (Avstraliya) XXVII Olimpiya uyinlarida MAbdullaev boks buyicha oltin; Artur Taymazov (kurash) kumush, Rustam Saidov, Sergey Mixaylov (boks) bronza medallarini qo’lga kiritdilar. O’zbek kurashi bubicha Xalqaro kurash assotsiatsiyasi to’zildi va 3 marta jahon chempionati o’tkaziddi. Umuman, Respublika sporti taraqqiyotning yangi boskichga ko’tarildi.Bundan tashqari, jismoniy mashqlar texnikasiga o’qitishning yaxlit uslubini imkon qalar ko’proq qo’llash lozim.O’quvchilarning yoshi naqadar kichik bo’lsa, shu qadar ularning harakat tajribasi kam bo’ladi, ko’rgazmalilikni ta’minlash uslublari shu qadar o’rinni egallashi lozim. Kichik maktab o’quvchilari aksariyat hollarda, kuzatuvchan bo’lib, shu bilan bir qatorda, tafakkurning predmetli, obrazli turiga moyildirlar, ularning xulqi uchun taqlid qilish shakllari xosdir. O’spirinlar tanqidiy tarzda fikrlash va mafxumlashtirishga ega bo’lgan holda, hissiy idrok va tasavvurlarga tayanishni afzal ko’radilar. Kichik maktab o’quvchilarini sport texnikasiga o’qitishda katta rolni mashqning namunali ko’rsatilishi o’ynaydi, bu esa shug’ullanayotganlarning ko’z bilan idrok etishining keng imkoniyatlari bilan asoslanadi.
O’quvchilar yangi harakatlarni tezroq yodlab qolishlari uchun murabbiylar odatda, kinofilm, kinogrammalarni namoyon qiladilar.Kichik maktab yoshidagi bolalar bilan mashg’ulotlarda katta o’rin o’quv-mashg’ulotlarini bajarishning o’yin shakllariga beriladi.
O’yin uslubi mashqlarni erkin bajarish imkoniyatini beradi, bundan tashqari, o’quv mashqlarini takrorlashda bolalarda qiziqishni qo’llab turadi. Maktabgacha bo’lgan va kichik maktab yoshidagi bolalarni jismoniy mashqlar texnikasiga o’qitishning xususiyatlari bir qator maxsus yo’riqnomalarda batafsil tavsiflangan.
Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy jihatdan tobora rivoj topmoqda. Bu esa jismoniy tarbiya va sport rivojiga ijobiy ta’sir ko’rsatmoqda. Bunga faqat mustaqillik yillarida (1991-2001) erishildi. Boshqa sohalar qator ijismoniy tarbiya va sport soxasi ham faqat shu yillarda rivoj topdi. Buni quyidagi ko’rsatkichlarga qarab ham bilsa bo’ladi.
4.O’zbekistonning mustaqil davlat bo’lishiga olib keldi va birinchi bo’lib O’zbekistonda Prezidentlik boshqaruvi joriy qilindi.
Qonun qabul qiluvchi organ – O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi shakllandi. U qonunlarni ishlab chiqish va tasdiqlash xuquqiga egadir. Uning tarkibida boshqa sohalar kabi fan, ta’lim, madaniyat va sport masalalari bo’yicha Vazirlik mavjud. Bu Vazirlik o’z nufuzidagi sohalar bo’yicha qonunlarni tayyorlab, Oliy Majlis sessiyasiga tavsiya etadi. O’zbekistonRespublikasining "Jismoniy tarbiya va sport tug’risida"gi qanuni ham shu Madaniyat va sport ishlari Vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.Sport adminstratsiyasi yoki menejmenti yuqori o'quv muassasalarida yangi g'oya hisoblanadi. Janubiy Florida Universiteti birinchi bo'lib 1950-yillar o'rtalarida "Beyzbol biznes boshqaruvi" nomli o'quv sarlovhasini e'lon qildi. Birinchi fanlar to'plami 9 ta kontent sohalaridan tashkil topgan. 1966-yili Koral Kables dagi Mayami Universitetida tashkil topgan Sport boshqaruvi fani magistraturasi Ogio shtatida yo'lga qo'yildi. Bu voqea, Koral Gablezdagi profesional sportda sport boshqaruviga studentlarni tayorlash uchun o'quv dasturi ishlab chiqishga Mayami universiteti jismoniy ta'lim profesori James Masonga ta'sir o'tkazgan shahs- Bruklin Dodjers prizidenti Walter O'Malleyga borib taqaladi. Mason dasturni rivojlantirgan ammo bu Mayami universitetida qo'llanmagan. Mason 1996-yilda qabul qilingan dastur bilan birgalikda Ogio universitetiga ko'chdi. 5 yildan so'ng Amherst dagi Massachiust universiteti sport boshqaruvi yo'nalishida magestratura qabulni taklif qilishni boshladi. Bunga qadar, Biscayne kolleji(hozirgi St Thomas universiteti) va St Johns universiteti sport boshqaruvi yo'nalishidagi bakalavr darajasini taklif qilgan birinchi muassasalar bo'ldi. Bugungi kunda AQSHda 200 dan ortiq kollej va universitetlar Sport boshqaruvi yoki dasturlarni boshqarish darajalari yo'nalishini taklif qilyapti.
Oliy ta'limdagi barcha bosqichlarda taklif qilingan darajalar bor shu jumladan: bakalavr, magistratura va doktorlik. Yo'nalish xalqaro darajada Avstraliya,Kanada,Xitoy,Fransiya,Germaniya,Gretsiya, Hindiston,Irlandiya,Yaponiya,Korea,Yangi Zellandiya, JAR, Trinidat va tobago va Buyuk Britaniya kabi mamlakatlarda keng qamrovda yoyildi.4
O’zbekiston Respublika Prezidentining farmonlarini, Oliy Majlis qabul qilgan qonunlarni amalda ijro etuvchi organ. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hisoblanadi. U o’z faoliyatida eng muhim muammolarni hal etish uchun qarorlar qabul qiladi va ularning bajarilishini nazorat qiladi.
O’zbekiston mustaqilligi yillarida jismoniy tarbiya va sport sohasiga oid 10 dan ortik muxim qarorlar qabul qilindi va ular xayotga tadbiq etib kelinmoqda.
Yuqorida nomlari qayd etilgan davlat tashkilotlari bilan bir qatorda uning faoliyatiga yordam beruvchi jamoatchi tashkilotlar ham mavjud. Ular orasida O’zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi markaziy kengashi, "Xalq demokratik partiyasi", "O’zbekiston liberal dimokratik partiyasi" partiyalari, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, "Navro’z", "Mahalla", "Ekosan" va boshqa jamg’arma va uyushmalar mavjud.
5. Boshqarishda bir qator tamoyillar (printsiplar) mavjud bo’lib, u O’zbekistonda olib borilayotgan siyosat hamda turli islohotlardan kelib chiqqan holda amal qiladi. "Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida"gi Qonunning 3-moddasida "Jismoniy tarbiya va sport sohasidagi davlat siyosatining asosiy printsiplari" quyidagicha belgilangan.
insonparvarlik;
demokratizm;
fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi;
jismoniy tarbiya va sport tizimida davlat va jamoat boshqaruvining ustunligi.
Bu tamoyil negizida jismoniy tarbiya va sportning ommaviyligi, sport mahoratini oshirish, faoliyatlarni ilmiy jihatdan tashkil qilish, har bir tadbir natijalariga holisona (ob’ektiv) yondoshish kabi muhim talablar ham mavjuddir.
Insonparvarlik printsipida jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari hamda boshqa mutasaddi tashkilotlar, shuningdek rahbarlarning sport tadbirlarini tashkil qilish va o’tkazishda sportchilar, ularning murabbiylari, hakamlar hamda tomoshabinlarga nisbatan g’amxo’rligi, sharoitlar yaratib berishga intilishi, jismoniy taribiya va sport bilan aholining tobora ko’proq qismi shug’ullannshini ta’minlash kabi ishlar ko’zda tutilgan.
Fuqarolar jismoniy tarbiyasining uzluksizligi va davomiyligi printsipi asosan o’quv yurtlaridagi jismoniy tarbiya darslari, sport to’garaklari mashg’ulotlarining doimiy tashkil qilinishini ko’zda tutadi. Shuningdek, mehnatkash aholi va keksa kishilarni ham jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishga jalb etishdir. Bunda turli musobaqalarni muntazam o’tkazish, sog’lomlashtirish markazlarining ish faoliyatini yaxshilash maqsad qilib quyilgan. Bu printsiplarning yana bir jihati shundaki, aholini jismoniy tarbiya va sport, xalq milliy o’yinlariga jalb etish, ayniqsa, iqtidorli sportchilarning mahoratlarini oshirib borish, shuningdek sog’lom avlod tarbiyasini yaxshilashga qaratilgandir. Sport mahsulotlarini tashkil qilish, ularni rejalashtirish, musobaqalar o’tkazish, mutaxassis xodimlarni tayyorlash va boshqa faoliyatlarda tadqiqotlarning natijalariga tayanish, faoliyatlarni ilmiy ravishda boshqarish muhim ahamiyatga ega ekanligi bayon qilinadi. Ayniqsa, spor musobaqalarini o’tkazish, turli natijalar, hisob-kitob, nazorat qilish kabi faoliyatlarda xolisona (ob’ektiv) yondoshish masalalari ishning taraqqiyotiga ko’maklashishi hisobga olingan.
6. Jismoniy tarbiya va sport harakatida juda ko’p mahsus atamalar ishlatiladi va ularning mazmunida o’ziga xos boshqaruvchilik faoliyatlarini talab etuvchi ma’nolar mavjud. "Jismoniy tarbiya", "Jismoniy madaniyat: "Sport" kabi tushunchalarning mazmuni va mohiyati "Jismoniy tarbiya nazariyasi va uslubiyati" fanida yetarli darajada bayon qilingan. Shu sababdan ularga alohida to’xtalish zaruriyati yo’q. SHunday bo’lsada, qisqacha tavsif berish joizdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |