Mavzu: jismoniy tarbiya darslarida milliy harakatli oyinlardan pedagogik shart sharoitlari


II.2 . O`quvchilarni harakatli uyinlar orqali jismoniy sifatlarini rivojlantirishda didaktik printsiplar, metodlar va vositalarga tayanish



Download 1,37 Mb.
bet5/6
Sana26.04.2022
Hajmi1,37 Mb.
#582548
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
SPORT BAYRAMLARINI OTKAZISHDA MILLIY VA HARAKATLI OYINLARNI OTKAZISH METODIKASI

II.2 . O`quvchilarni harakatli uyinlar orqali jismoniy sifatlarini rivojlantirishda didaktik printsiplar, metodlar va vositalarga tayanish


  • YUqori sinflarning Jismoniy tarbiyadan Davlat ta’lim standartlari talablarida harakatli o`yinlardan foydalanishda ta’limning turli metodlari qo`llanilishiga alohida e’tibor qaratilgan. Turli metodlarning qo`llanilishi o`zaro chambarchas aloqadadir.

    O`qituvchi ularni turli birikmalarda qo`llab, jismoniy tarbiyaning
    to`laqonli jarayonini ta’minlaydi.

      • Metodlarni quyidagicha mumtoz (klassik) ravishda uch

    guruhga bo`lish mumkin:

      • a) og`zaki (tushuntirish, hikoya, suhbat, buyruq, ko`rsatma) ;

      • b) ko`rgazmali (ko`satish, ko`rsatma qurollardan foydalanish ) ;

      • v) amaliy (mashqlar, musobaqalar ).

      • Harakatli mashqlarni bajarishda, fikrimizcha, qat’iy reglament talab mashqlarni bajarish jismoniy ta’lim-tarbiya mazmunining barcha bosqichlarida amalga oshiriladi. Shu jihatdan olganda biz jismoniy mashqlarni bajarishda metodlarni quyidagicha tasnifladik.

      • Jismoniy tarbiya darslarida o`tilgan materialning o`quvchilar tomonidan o`zlashtirish darajasi doim hisobga olib boriladi. Bunda dastlab mashqlarni bajarishga tayyorlash amalga oshiriladi, so`ngra bilimlar, malaka va ko`nikmalar hisobga olinadi. Harakat o`rganishda ikki usul: umumiy va qismlarga bo`lib o`rganish usuli qo`llaniladi. Ular shu bilan diqqatga sazovorki, dastlab mashq elementlarga bo`linmasdan, umuman ko`rsatiladi, so`ng mashq asoslarini o`zlashtirish darajasiga qarab asta – sekin alohida elementlar o`rganiladi. Masalan, arqonga tirmashib chiqishga o`rgatishda dastlab mashq umumiy ko`rsatiladi. O`quvchilarda bu mashq haqida tasavvur hosil bo`lganidan keyingina ularni elementlar bo`yicha o`rganishga kirishiladi. Jismoniy mashqlar asablar majmuasining faoliyatiga ham, xususan, bosh miya qobig`idagi harakatlanuvchi qismga ham ta’sir etadi, natijada harakatlarning bir-biriga uyg`unligi yaxshilanadi, harakatlarda muvofiqlik, aniqlik zaruriy kuch va ritm hosil bo`ladi. O`quvchi aynan shu ta’sirlar natijasida tuzilishi jihatidan murakkab bo`lgan harakatlarni, katta tezlikdagi harakatlarni oson o`zlashtirib oladi, bu esa jismoniy mehnat mashg`ulotlari uchun muhimdir. Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat o`qituvchisi o`quvchilarga jismoniy fazilatlarni singdirar ekan, Vatan ostonadan, oiladan, mahalladan boshlanishini, Vatan tushunchasi har bir insonning yuksak darajadagi his-to`yg`ulari, sadoqatli, fidoiy mehnati, o`zaro izzat-hurmat kabi insoniy fazilatlarida namoyon bo`lishini anglatib bormog`i lozim.




      • Bu o`rinda respublika sportchilarining Xalqaro sport maydonlaridagi, ayniqsa, Olimpiya o`yinlaridagi ishtiroki, g`alabasi ana shu hislatlar tufayli ustuvor ekanligini anglatib borish joiz. Ayniqsa, yurtimiz bayrog`ini uzoq o`lkalarda viqor bilan ko`tarilishi, madhiyamizning baland yangrashi, sportchilarning ona-Vatan sharafi uchun kurashgan va hissa qo`shganligining timsoli ekanligini bolaga yoshligidanoq o`rgatib borish zarur. Buning boisi shundaki, o`shanday g`olib sportchilar, ularning murabbiylari, qolaversa sport tashkilotlari, jamiyatlari hodimlari hamda jismoniy tarbiya va sport sohasida mutahassislarga taqlid qilish hissini shakllantirish o`quvchi yoshidagi bolalar tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi.

      • Shunday qilib, Jismoniy tarbiya darslarida harakatli uyinlardan foydalanishda didaktik printsiplar, metodlar va vositalarga

    tayanish ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshiradi, o`qituvchining didaktik vazifalarning hammasini bir butun holda ongli ravishda amalga oshirishga xizmat qiladi.

      • «Sog`lom avlod uchun» Davlat dasturida belgilanganidek, sog`lom avlodni etishtirish uchun eng avvalo onalar sog`lom bo`lishi va o`z farzandlarining sog`lom o`sishi uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlardan foydalanishi zarurdir. Bunda bolalarni eng kichik yoshdan boshlab oila, bog`cha va maktablarda jismoniy tarbiya bilan shug`ullanishga odatlantirish alohida ko`zda tutilgan. Bu jihatlarni amalga oshirishda jismoniy tarbiya va sport o`qituvchilari astoydil ish olib borishlari lozim.

    Xulosa




        • Xulosa qilib aytganda umumta’lim maktablarida o`quvchi yoshdagi o`quvchilarning harakat faoliyatlarini rivojlantirish g`oyasi yotadi. So`ngi o`n yilliklar ichida uning ustida ko`pgina mutahassislar faol ish olib borganlar.

        • Ma’lumki harakatli o`yinlar o`quvchidan o`zining turli jismoniy imkoniyatlarini faol namoyon etishni talab qiladi. Ayni vaqtda o`yin vaziyatlari va u bilan o`zaro faoliyatlar shaxsning

    takomillashuviga, jismoniy va ruhiy rivojlanishiga doimiy ta’sir ko`rsatadi.

        • O`quvchi yoshdagi o`quvchilarni jismoniy sifatlarini rivojlantirishda harakatli o`yinlardan foydalanish jarayonida bir qator muammolarni hal etish lozim: o`quvchi yoshdagi o`quvchilarda asosiy jismoniy sifatlarning shakllanish yillik dinamikasiga hos yosh jins xususiyatlarini aniqlash; harakatli o`yinlardan foydalanib o`quvchi yoshdagi o`quvchilarni jismoniy sifatlarni rivojlantirish uslubiyati ishlab chiqish.

      • Masalan basketbol va qo`l to`pi o`yini o`rniga o`quvchilarga «To`pni to`tish», «To`p uchun kurash»,

    «To`p o`rtadagiga», to`pni olib yurish bilan estafeta va xalqaga tashlash va boshqalar.

      • O`quvchilar o`yinda sport jihozlari va asbob- anjomlaridan foydalanadilar. O`yinni yaxshi tashkil qilinganda o`yinda to`ldirma to`pni nafaqat uzatish balki bir-birlariga oshirishda ham foydalanish mumkin. Harakatli o`yinda yugurish masofasi, sakrash balandligi, uloqtirish va boshqa harakatlar 5-8 sinf o`quvchilari uchun belgilangan nazariy me’yorlari chegarasida bo`lishi kerak.

      • Bu barcha vazifalar o`quvchilarni o`zlashtirishiga bog`liq holda ketma-ket hal etiladi, malakasi kichik sinflarda o`ynalgan o`yinlarda egallagan malakalari bazasida sekin-asta tarbiyalab boriladi.

    Download 1,37 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish