II BOB. HARAKATLI O`YINLAR VOSITASIDA O`QUVCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK SHART- SHAROITLARI 2.1. Harakatli o`yinlar vositasida o`quvchilarning jismoniy sifatlarini rivojlantirish jarayonining mazmuni
O`zbekiston Respublikasining “Ta’lim to`g`risida”gi Qonuni, “Sog`lom avlod” Davlat dasturi, “Jismoniy tarbiya va sport to`g`risida”, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (O`zRVM) “O`zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni yanada
rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori( 1999y., 27 may) va
bir qator hukumatimiz tomonidan chiqarilgan me’yoriy hujjatlarda mamlakatimiz fuqarolarining salomatliklarini yaxshilash va mustahkamlash, jismoniy jihatdan chiniqishlari uchun bir qator chora-tadbirlar belgilab berilganki, ular o`sib kelayotgan yosh avlodni jismoniy va ma’naviy kamolotga yetaklashda, ayniqsa mehnat va mudofaa ishlariga doimiy ravishda tayyor bo`lishga dav’at etadi.
Prezidentimiz Islom Karimov va Respublika hukumatining g`amho`rligi tufayli ta’lim tizimining barcha pog`onalarida sport ishlarini rivojlantirish uchun keng
islohotlar o`tkazilmoqda. Bu islohotlar to`la ma’noda umumiy o`rta ta’lim maktablarining boshlang`ich sinflaridagi jismoniy tarbiya ishiga ham taalluqlidir.
Umumiy vazifalar barcha dars yoki darslar turkumi jarayonida, xususiy vazifalar esa alohida olingan bir dars mobaynida bajarilishi kerak;
b) dars metodik jihatdan va tabiiy jihatdan to`g`ri tashkil qilinishi kerak;
v) oldingi mashg`ulotlarni izchil davom ettirishi va ayni paytda yahlit va tugallangan bo`lishi kerak, shu bilan birga u muayyan darajada bo`lg`usi darsning vazifa va mazmunini ko`zda tutishi zarur;
g) o`quvchilarning tarkibi, ularning yoshi , jinsi, jismoniy rivojlanishi va jismoniy tayyorgarligi hisobga olingan bo`lishi lozim;
d) har tomonlama jismoniy rivojlanishga, sog`liqni mustahkamlashga, qaddi-qomatni shakllantirishga yordam beruvchi mashqlar va o`yinlar bo`lishi darkor;
e) dars o`quvchilar uchun qiziqarli bo`lib, ularni faoliyatga faol da’vat etish lozim;
yo) jismoniy tarbiya darsi o`quv kun tartibidagi boshqa
darslarga muvofiq tarzda to`g`ri qo`shib olib borilishi kerak.
Umumrivojlantiruvchi mashqlar bu erda ham o`rtacha fiziologik samaraga erishish hamda boshqa asosiy mashq turlariga tayyorlash uchun qo`llaniladi. Buyumlarsiz bajariladigan va qaddi-qomatni shakllantiruvchi mashqlar darsga xususiy vazifani hal etish uchun, ya’ni harakat turlarini o`rganish uchun kiritiladi.
YUrish, yugurish, sakrash, uloqtirishning hilma-hil ko`rinishlari, tirmashish, muvozanat saqlash, osilish mashqlari, akrobatika mashqlari asosiy qismga aniq pedagogik vazifalarni hal etish, shuningdek ma’lum darajada fiziologik ta’sir ko`rsatish maqsadida kiritiladi. Darslarda doimo harakatli o`yinlar o`tkaziladi.
Shuni aytib o`tish joizki, asosiy qism ichida amaliy materiallarning to`g`ri joylashishi katta ahamiyatga ega. Asosiy qismning boshida yangi materiallar hamda aniq bajarishni talab qiladigan mashqlar o`rganiladi.
Organizmni zo`riqtiradigan mashqlar yengil mashqlardan so`ng o`tkaziladi. Bu bilan nagruzkani asta - sekin ko`paytirish qonun - qoidalariga rioya qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |