O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
Termiz Davlat Universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti
1-kurs 103 - guruh talabasi Eshqobilova Xurshidaning Harakatli
o’yinlar va uni o’qitish metodikasi Sport bayramlarini o`tkazishda milliy va
harakatli o`yinlarni o`tkazish metodikasi mavzusida tayyorlagan kurs ishi
Qabul qildi: Sharipov H.A.
MAVZU: SPORT BAYRAMLARINI O`TKAZISHDA MILLIY VA HARAKATLI O`YINLARNI O`TKAZISH METODIKASI.
KIRISH. 3-4
I BOB. HARAKATLI O`YINLAR VOSITASIDA O`QUVCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY ASOSLARI… 5-18
Harakatli o`yinlarning umumiy tavsifi, xilma-xilligi va ularning o`quv jarayonida qo`llanilishi… 5-
11
Harakatli o`yinlar – o`quvchilarning jismoniy sifatlarni rivojlantirish
vositasi sifatida… 12- 18
II BOB. HARAKATLI O`YINLAR VOSITASIDA O`QUVCHILARNING JISMONIY SIFATLARINI RIVOJLANTIRISHNING DIDAKTIK SHART- SHAROITLARI… 19-28
2.1. Harakatli o`yinlar vositasida o`quvchilarning jismoniy sifatlarini
rivojlantirish jarayonining mazmuni… 19-
24
2.2. O`quvchilarni harakatli uyinlar orqali jismoniy sifatlarini rivojlantirishda
didaktik printsiplar, metodlar va vositalarga tayanish… 25-28
XULOSA… 29-30
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI… 31
KIRISH.
O`zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportning rivojlantirilishiga katta e’tibor qaratilmoqda. So`nggi yillarda Respublikamizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishga doir bir qator me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.
Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek: «Sog`lom avlodni tarbiyalash buyuk davlat poydevorini, farovon hayot asosini qurish deganidir”. Shu jihatdan olganda, mamlakatimizda sog`lom avlod dasturi harakatining keng tus olgani,
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida ta’lim-tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani ham ana shu ulug`vor vazifani amalga oshirish yo`lidagi muhim qadamdir.
Jismoniy tarbiya yosh avlodni taraqqiy ettirishda muhim vosita hisoblanadi.
Tana a’zolarining mo`tadil faoliyati uchun harakat juda zaruriydir. Buyuk hakim, mutafakkir Abu Ali ibn Sino: «Badantarbiya-sog`liqni saqlashda ulug`vor usuldir», -deydiki, bu fikr xalq pedagogikasidagi: «Kimki qilsa harakat- sog`ligida bo`lar barakat» degan naqlni eslatadi.
Jismoniy tarbiyaga e’tiborni kuchayganligini umumiy o`rta ta’lim maktab o`quvchilari o`rtasida «Umid nihollari», kollej va akademik litsey tinglovchilari ishtirokida «Barkamol avlod», oliygoh talabalari o`rtasida «Universiada» sport musobaqalarining tashkil etilganligi va muntazam o`tkazilib kelinayotganligida, yoki sportning ko`plab turlari bo`yicha O`zbekistondan Olimpiada va jahon chempionlari etishib chiqib, mamlakatimiz dovrug`ini butun dunyoga tarannum etishida ham ko`rish mumkin.
Mavzuningdolzarbligi. Jismoniy tarbiya - bu sof sport musobaqalaridan iborat bo`lgan soha emas. Bu tarbiya orqali bolalarda ko`plab ahloqiy-irodaviy hislatlar tarkib toptiriladi. Mashqlarni bajarish davomida bolalarda iroda, tezlik, chaqqonlik, chidamlilik tarbiyalanadi, ularning sog`ligi mustahkamlanadi, ish qobiliyatlari, aqliy faolligi oshiriladi, jasurlik, halollik, qat’iylik, mustaqillik kabi ahloqiy hulq
me’yorlari tarkib topadi, yetuklik sari qadam tashlanadi.
Maktab o`quvchilarida ahloqiy fazilatlarni milliy harakatli o`yinlar orqali shakllantirish jamiyatimizdagi madaniy-ma’rifiy sohalarda ilgari bosilgan qadam bo`lib hisoblanadi.
. Harakatli o`yinlar o`quvchi yoshdagi o`quvchilari uchun ham eng qulay faoliyat shakli bo`lib, harakatlar ko`nikmasini ongli ravishda takrorlashni ko`zda tutadi. Ko`pgina tadqiqotchilar harakatli o`yin tufayli bolalar tabiiy harakat faolligi sharoitida o`z jismoniy imkoniyatlarini namoyish etib, tengdoshlari bilan murakkab munosabatlarga kirishishlarini qayd etadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |