2. Kuch – jismoniy sifat tarzida.
Har qaysi individ tashqi ta’sir yoki qarshilikni yengish uchun o‘z jismidagi ma’lum sifatni namoyon qiladi. Tashqi ta’sirga qarshi muskul zo‘riqishi orqali harakat faoliyati - shaxsning kuchi, uning kuch qobiliyati deb atash qabul qilingan.
Ilmiy tushuncha tarzida kuch imkoniyati boricha o‘zining aniq ta’rifiga ega bo‘lishi va farqlanishi lozim:
- Harakatning mexanik xarakteristikasi sifatidagi kuch (“tanaga «m» massasidagi «F» kuchining ta’siri...”);
- Inson jismidagi jjismoniy sifat tarzidagi kuch ( masalan: yoshning ulg’ayishi bilan kuchning rivojlanishi sportchi kuchini sport bilan shug’ullanmaganlardan ko’p bo’lishi.
Bu sifatning psixofizik mexanizmi muskul zo‘riqishining boshqarilishi (regulyasiyasi) va ularning ish tartibi (rejimi) bilan aloqador. Muskulning taranglashishi insonning kuchini namoyon bo‘lishiga olib keladi.
Muskul kuchni namoyon qilinishi uch xil rejimda amalga oshiriladi:
a) uzunligini o’zgartirmagan holda mushak zo’riqishi (statik, izometrik) rejimda namoyon qilishi orqali. Gavdani yoki uning ayrim bo’laklarini turlicha holatlarda(pozalar)da ushlash uchun kuch namoyon qilish;
b) mushak uzunligini qisqarishi hisobiga, bardosh berish – chidash bilan (miometrik) zo’riqish namoyon qilish. Zo’riqish birday turadi– o’zgarmaydi, bunday rejim siklik va ballistik harakatlardagi muskul qisqarishi fazalari evaziga sodir bo’ladi;
v) mushakning cho’zilishi, uning uzayishi hisobiga (yon berish, bo’sh kelish-pliometrik) kuch yuzaga keladi. O’tirib turish, uloqtirish, depsinishda muskul qisqarishi orqali shu kuch namoyon bo’ladi.
Uzunlikning o’zgarishi va mushaklarning taranglashuvi (aralash, ya’ni auksotonik tartib, masalan, halqalarga tiralgan holda ko’tarilish, tiralgan holda ko’llarni cho’zish («krest») va «krest»ni ushlab turish). (O.Gancharova “Yosh sportchilarnining jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish” o’quv-uslubiy qo’llanmasi)
Birinchi ikkita tartib mushaklarning dinamik, uchinchisi – statik, to’rtinchisi – statodinamik ishiga taalluqlidir. Mushak ishlarining bu tartiblari «dinamik kuch» va «statik kuch» atamalari bilan belgilanadi.
Kuch qobiliyatlarining turlari muskul zo’riqishi tartibining kombinasiyalashtira olish xarakteriga qarab farqlanadi. Statik rejimda va sekinlashtirilgan harakatlarda namoyon bo’ladigan shaxsiy – kuch qobiliyatlari va tezlik – kuchi hisobiga sodir bo’ladigan kuch (dinamik kuch), tez bajariladigan harakatlarda qo’llaniladi. Boshqachasiga buni shiddat (portlash) kuchi deb ham ataladi. Bunga qisqa vaqt ichida eng ko’p darajada kuch namoyon qila olish qobiliyati deb qaraladi. Portlash kuchi sakrashlarda depsinish orqali sakrovchanlik tarzida namoyon bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |