Kuch ishlatish mashqlarida jarohatning oldini olishi tavsiya etish usulari. Kuch ishlatish mashqlarini bajarish jarayonida jarohat olishdan saqlanish uchun tavsiyalar.
1. Kuch ishlatishi mashqlaridan oldin yaxshilab badan qizdirish mashqlarini bajarish va butun mashg’ulot vaqtida organizmdagi issiqlikni saqlash kerak.
2. Kuch ishlatish mashqlarining boshlanish bosqichlarida yuklamaning kattaligini va umumiy miqdorini asta-sekin oshirib borish kerak.
3. Har bir mashg’ulotda yuklamaning hajmini ehtiyot bo’lib o’rganish muhim. Avval juda oz yuklamalar bilan bajarish texnikasini o’zlashtirib olish kerak.
4. Kuch mashqlariga tayyorgarlikning daslabki bosqichlarida hamma suyak mushaklarini har tomonlama rivojlantirish lozim, buning uchun turli holatda har xil kuch ishlatish mashqlari qo’llaniladi.
5. Juda katta yuk bilan bajarilayotgan mashqlarda nafasni uzoq ushlab turish mumkin emas.
6. Umurtqa pog’onalariga ta’sir qiladigan kuchlardan saqlanish uchun maxsus og’ir atletikalar belbog’idan foydalanish zarur. Kuch bilan bajariladigan mashqlardagi dam olish oralig’ida umurtqa pog’onasiga dam berish, ya’ni yakka cho’pga osilish, gimnastik aylanishlarni bajarish kerak.
7. Umurtqa pog’onasi jarohat olmasligi uchun gavda va qorin mushaklarini mustahkamlab turish kerak.
ko'rsatma
9. Oyoq kafti mushaklarini muntazam ravishda mustahkamlash uchun o’sha yerga xos bo’lgan mashqlarni bajarish zarur.
10. Qo’lni jarohat olishdan saqlash uchun qo’l bilan ushlatib bajariladigan mashqlardan foydalanish kerak.
11. Yuk bilan o’tirib bajariladigan mashqlarda tovon uchun shunday holatni tanlash kerakki, tizza bo’g’imlarida harakat ko’proq bo’lsin.
12. Og’ir yuk bilan bajariladigan mashqlarda tizza bo’g’imlarini jarohatlanishdan saqlash zarur. Oyoq mushaklarida kuchni ko’paytirish uchun mahsus trenajyorlarda o’tirgan va yotgan hxolda mashqlar bajarish kerak.
13. Og’ir yuk bilan bajariladigan mashqlarni oyoq kiyimda va qattiq polda bajarish kerak, shundagina to’piq bo’g’imlarini mustahkamlash mumkin.
14. Yurak-qon tomir tizimi zo’riqtirmaslik uchun kuchanishdan oldin chuqur nafas olmaslik kerak.
15. Uzoq kuchanishdan saqlanish zarur.
16. Ko’z tomirlari jarohatlanmasligi uchun kuchanishdan oldin ko’zni yumib olish kerak.
17. Kuch ishlatish va cho’zish mashqlarini katta zo’riqish bilan bajarish kerak emas. Bo’g’imdagi maksimal harakat amplitudasi 10-20% ni tashkil qilishi kerak.
18. Mushaklarda, paylarda va bo’g’imlarda og’riq paydo bo’lsa, mashqlarni to’xtatish kerak.