14-rasm. Silindrli (a) va (b) jilvirlash dastgohlarining ish bajaruvchi qismlari:
1 - vintli qurilma, 2 - qumqog‘oz, 3 - qistirma, 4 - silindr, 5 - taranglash shkivi, 6 - yuritish shkivi, 7 - dazmolcha.
Enli tasmali jilvirlash dastgohlarida jilvir qog‘oz, odatda, uchta shkivga tortiladi. Jilvir qog‘ozning sirpanishini kamayti- rish uchun vallar sirtiga rezina qoplanadi.
G‘o‘labur arrali va jilvirlash tasmali dastgohlarning ish qismla-ri — shkivlari aylanadi, kesish asbobi, ya‘ni g‘o‘labur arrasi yoki jilvirlash tasmasi zagotovkaga nisbatan ilgarilama harakat qiladi.
Jilvirlash. Jilvirlash tashqi silindrik sirtlarni pardozlashning asosiy usuli bo‘lib
hisoblanadi.
Zagotovkalarning quyma va shtampovkalarimi olishning hozirgi zamonaviy usullari
zagotovkaning o‘lchamlarini va shakllarini tayyor detal o‘lchamlari va shakllariga yaqin olish
imkonini qo‘yim qatlami yupqa bo‘lganligidan beradi. Bunday zagotovkalarda mexanik ishlov
berish uchun qoldirilgan, ko‘pincha, tig‘li asboblarda ishlov berib o‘tirmasdan, zagotovkaga
jilvirlash orqali yakuniy ishlov berish va shu usulda detalning yakuniy aniq o‘lchami va kerakli
sirt g‘adir-budirligiga erishish mumkin.
Tashqi silindrik sirtlarni jilvirlashning quyidagi ko‘rinishlari mavjud:
a) dag‘al jilvirlash;
b) aniq jilvirlash;
v) nafis jilvirlash.
Dag‘al jilvirlash tig‘li asboblarda dastlabki ishlov berishning o‘rniga qo‘llaniladi.
Aniq jilvirlash eng ko‘p tarqalgan bo‘lib, yuqori sinf aniqligiga va kam g‘adir-budirlikka
ega bo‘lgan sirtlarni jilvirlashda qo‘llaniladi.
Nafis jilvirlash eng yuqori sinf aniqligiga va eng kam g‘adir-budirlikka ega bo‘lgan sirt
hosil qilishda qo’llaniladi.
Nafis jilvirlash yumshoq mayda donali jilvir toshlarning katta aylanma tezliklarida (40
m/sek dan yuqori) va ishlov beriladigan detalning kichik aylanma tezligida (10 m/min gacha) va kichik kesish chuqurligida (5 mkm gacha) olib boriladi; jilvirlashda ishlov beriladigan detalni kuchli sovutib turiladi.
Tashqi silindrik va konussimon sirtlarni jilvirlash dumaloq jilvirlash dastgohdarida
amalga oshiriladi, bunda zagotovka dastgohning markazlariga, sangasiga, patronga yoki
maxsus moslamaga o‘rnatilishi mumkin.
Dumaloq jilvirlashning ikkita usuli mavjud:
a) bo‘ylama surishda jilvirlash;
b) ko‘ndalang surishda jilvirlash.
Jilvirlash usullari 10.4 va 10.5-rasmlarda ko‘rsatil-gan.
Birinchi usulning mohiyati shundan iboratki, jilvirlash jarayonida ishlov beriladigan detal
(10.4-rasm, a) uzlukli ravishda ikkala tomonga bo‘ylama harakatlanadi; jilvirtosh doirasining
ko‘ndalang surilishi har bir bo‘ylama harakat (yurish) yakunida amalga oshiriladi. Dastlabki
jilvirlashda bo‘ylama surishning qiymati detalning bir marta aylanishiga jilvirtosh doirasi
balandligining 0,5-0,8 qismiga teng bo‘ladi; yakuniy ishlov berishda esa uning 0,2-0,5 qismiga teng bo‘ladi; kesish chuqurligi har bir o‘tishda 0,005-0,02 mm bo‘ladi. Vallarni jilvirlash uchun bu usul keng tarqalgan va qulaydir.
Ikkinchi usul - ko‘ndalang surish ( кун S ) orqali jilvirlash usulidir (10.4- rasm,b). Bu
usulda detalning jilvirlanadigan sirtining uzunligi bo‘yicha birdaniga keng jilvirtosh doirasi
yordamida jilvirlanadi. Jilvirtoshga detalning markaziy chizig‘i yo‘nalishida ko‘ndalang surish uzatiladi. Jilvirtosh doirasining balandligi detalning jilvirlanadigan sirtidan biroz katta olinadi. Bu usul eng unumli hisoblanadi, yalpi va yirik seriyali ishlab chiqarishda keng qo‘llaniladi. Bu usul detalda tegishli shakldagi sirtni shakldor jilvirtosh doirasidan foydalanib, hosil qilishga imkon beradi. Pog‘onali valning kalta qismi va unga tutash sirtini jilvirlash zarur bo‘lsa, buraluvchi babkali jilvirlash dastgohi qo‘llaniladi.
Markazsiz jilvirlashda detal (2) mahkamlanmaydi, ikkita jilvirtosh doirasi o‘rtasida erkin
holatda joylashtiriladi (10.5-rasm, a). Jilvirtosh doirasining katta diametri (1) jilvirlovchi doira
bo‘lib xizmat qiladi, kichik diametrli (3) jilvirtosh doirasi yetaklovchi bo‘lib hisoblanadi, u
detalni aylantiradi va ko‘ndalang suradi. Jilvirtosh doirasi 30-35 m/s aylanma tezlikda aylanadi,
yetaklovchi jilvirtosh doirasi 20-30 ming m/min tezlikka ega. Ishlov beriladigan detal pichoq
ko‘rinishidagi tayanch yordamida qiya holatda turadi. Yetaklovchi jilvirtosh doirasi tomonga
pichoqda qiyalik bo‘lganligi sababli detal shu jilvirtoshga siqiladi.
Tayanch ishlov beriladigan detal markazini jilvirtosh doiralarining markaziy o’qlaridan
yuqorida (detal diametri yarmigacha, lekin 15 mm dan yuqori bo‘lmasligi kerak)
joylashtiradigan qilib o‘rnatiladi.
Markaziy jilvirlash 2 xit usulda amalga oshirilishi mumkin. Qaysi bir usulni tanlash
ishlov beriladigan detalning shakliga bog‘liq.
1-usul — bo‘ylama surish (10.5-rasm, a, b)
2-usul — ko‘ndalang surish (10.5-rasm, v)
Bo‘ylama surishli jilvirlash usuli vallarni, vtulkalarni, porshen barmoqlarini,
porshenlarni va boshqa silindrik shakldagi (bo‘rtiqsiz) detallarni jilvirlash uchun qo‘llaniladi;
jilvirlanadigan detal dastgohning bir tomonidan kiradi va ikkinchi tomonidan jilvirlanib
chiqadi. Bu harakatni amalga oshirish uchun yetaklovchi jilvirtosh doirasi jilvirlovchi jilvirtosh doirasi o‘qiga nisbatan 1 5 burchak ostida qiya qilib o‘rnatiladi. Yetaklovchi jilvirtosh doirasining qiyalik burchagini o‘zgartirish orqali surish qiymatini o‘zgartirish mumkin; burchak qancha katta bo‘lsa, surish qiymati ham shuncha katta bo‘ladi va o‘z navbatida jilvirlangan sirt g‘adir-budirligi ham shuncha katta bo‘ladi.
Ko‘ndalang surishli jilvirlash usulini yetaklovchi jilvirtosh doirasini jilvirlovchi
jilvirtosh doirasining yo‘nalishi bo‘yicha ko‘ndalang surish orqali amalga oshiriladi. Avval
detal yuqorisidan yoki yonidan tayanchga-cha o‘rnatiladi. Detalning kerakli o‘lchami hosil
qilingandan so‘ng jilvirlash tugatiladi, yetaklovchi doira orqaga suriladi, jilvirlangan detal
olinadi va navbatdagi jilvirlanadigan detal o‘rnatiladi.
Bu usulda yetaklovchi va jilvirlovchi jilvirtosh doiralarining o‘qlari parallel joylashgan
bo‘ladi. Yetaklovchi jilvirtosh doirasi surilishkning qiymati detalning bir marta aylanishiga
0,003 mm dan 0,01 mm gacha qabul qilinadi.
Ko‘ndalang surishli jilvirlash usuli, asosan bo‘rtiq yoki konussimon shaklga ega
bo‘lgan detallarni jilvirlashda qo‘llaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |