Ishqalash (o‘lchamiga etkazish). Ishqalash dastlab jilvirlab olingan detal sirtlarini
yakunlovchi pardozlash uchun xizmat qiladi. Tashqi silindrik sirtlarni ishqalash abraziv
mikrokukunni (o‘lchami 3 mkm dan 20 mkm gacha kattalikdagi donachali) moy yoki maxsus
pasta bilan dastlab yopishtirib olinadigan (bunda ishqalovchi sirtga abraziv donachalarni
botirish tushuniladi) cho‘yandan, bronzadan yoki misdan tayyorlanadigan ishqalagich
yordamida amalga oshiriladi. Abraziv kukunni tayyorlash uchun korund, xrom oksidi, temir
oksidi va boshqalardan foydalaniladi. Pastalar abraziv kukun va kimyoviy aktiv moddalardan tarkib
topadi. Ular turli tarkibga ega bo‘ladi. Masalan, voskni va parafinni moy va kerosin bilan
aralashtirilgan pastalar qo‘llaniladi. Yakka tartibli ishlab chiqarishda va taxmirlash
ustaxonalarida detallarning tashqi silindrik sirtlari, masalan, vallarning bo‘yinlari,
ishqalanuvchi detal o‘lchami bo‘yicha charxlangan, mis, bronza, vtulkalar ko‘rinishidash
ishqalagich yordamida oddiy tokarlik dastgohdarida amalga oshiriladi. Vtulka bir tomonidan
qirqilgan bo‘lib, unga pasta surkaladi yoki tekis yupqa qatlamda mayda korund kukuni mashina moyi bilan surkaladi. Keyin vtulka qisqichiga o’rnatiladi. ishlov beriladigan detalga kirgiziladi. Qisqkchni bolt bilan torta borib, bir tekkisda kul yordamida ishkalagichni aylanuvchi detalga kiritiladi. Ishkalashda detalni suyuq mashina moyi yoki kerosin bilan moylab turish foydali bo’ladi.
10.4-rasm. Dumaloq jilvirlash sxemalari: sirtni jilvirlash
Ishqalash uchun diametrga 5—20 mkm atrofida qo‘yim qoldiriladi. Ishqalash paytida
detalning aylanish tez-liga 10 — 20 m/min bo‘ladi. Yirik seriyali va yalpi ishlab chiqarishda
ishqalash maxsus ishqalovchi dastgoh larda amalga oshiriladi.
Tebranuvchi qayroqlar yordamida mexanik ravishda o‘lchamiga etkazish
(superfinish). Superfinish yassi, dumalok botiq, egilgan, tashqi, ichki va shunga o‘xshash sirtlar o‘ta toza ishlov berish usulidan iborat. Bu usul avtomobil sanoatida eng ko‘p qo‘llaniladi. Superfinish tebranuvchi qayroqlar yordamida sirtlarga ishlov berishni nazarda tutadi, bunda uchta, ba’zida esa undan ham ko‘p yo‘nalishlarda harakatlar operatsiyaga oshadi, Detalning aylanishi dan tashqari qayroqlar bo‘ylama va tebranuvchi harakatga ega bo‘ladi. Asosiy ishchi harakat bo‘lib qayroqning tebranma harakati xizmat qiladi. Bunda qayroqlarning yurishi 2 — 6 mm ni tashkil etadi, ikkilanma tebranishlar esa minutiga 200 ming martagacha bo‘ladi. Superfinishning g‘oyasi "takrorlanmaydigan iz" degan tamoyil asosida bo‘lib, bunda har bir alohida abrazivning donachasi bitta yo‘ldan ikki marta o‘tmaydi. Superfinishda kesish tezligi juda ham past 1 dan 2,5 m/min gacha bo‘ladi.
10.5- rasm. Markazsiz jilvirlash sxemalari:
a—umumiy sxemasi; b—bo‘ylama surish orqali jilvirlash;
v- ko‘ndalang surish orqali jilvirlash
1- jilvirtosh doirasi
2- ishlov beriladigan detal
3- yetaklovchi jilvirtosh doirasi,
4- tayanch (pichok)
Abraziv asboblar bilan ishlov-chi stanoklar hozirgi zamon mashinasozligida
muhim o'rin egallaydi. Bunday stanoklarning asosiy qismi jilvirlash stanoklari bo'lib,
ular asosan texnologik jarayonning oxirgi tozalab va pardozlab ishlov berish (finish)
operatsiyalarini bajarish uchun mo'ljallangan. Jilvirlash stanoklari tashqi va ichki
silindrik, konussimon va shakldor yuzalar, hamda tekisliklami tozalab va pardozlab
ishlash, rezba va tishli g’ildirak tishlarini jilvirlash, shuningdek zagotovkalarga
tekislash, tozalash kabi xomaki ishlov berish, materiallarni qirqib ajratish, kesuvchi
asboblarni charxlash ishlarini amalga oshiradi.
Jilvirlash dastgohlar. Bu dastgohlar aniq va toza yuzali detallar xosil qilish
maqsadida tayyorlamalarga abraziv asbob yordamida ishlov berishga mo’ljallangan:
1. Tekislik va tsilindrik yuzalarga ishlov berish.
2. Tashqari va ichki yuzalarga ishlov berish.
3. Rezba, kulachok va xokazo yuzalarga ishlov berish.
Jilvirlash stanoklarining afzalliklaridan biri yuqori qattiqlikka ega bo'lgan,
boshqa kesuvchi asboblar yordamida ishlab bo'lmaydigan detallar, masalan,
toblangan po'latlar, qattiq qotishmalar va boshqa materiallarga ishlov berish
mumkinligidir. Abrazivlar yordamida ishlov beruvchi stanoklar quyidagi asosiy tiplarga
bo'linadi (7.1-jadvalga qarang):
Barcha jilvirlash stanoklarida bosh harakat jilvirlash doirasinimr aylanma
harakat bo'lib, uning doiraviy tezligi m/s olchanadi Surish harakatlan jilvirlash
usuliga qarab har xil bo'ladi Hozirgi zamon jilvirlash stanoklarida gidravlik yuritmalar juda keng qo llamladi.
Gidroyuntmalar elektromexamk qurilmalar bilan jilvirlash jarayonini
avtomatlashtirish imkonini yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |