1. Jilvirlanayotgan teshikning diametri <£=5-150 mm
2. Detaining eng katta uzunligi Zmax=125 mm
3. Jilvirlash doirasining aylanish chastotasi 9000-12000 min'1
4. Detaining aylanish chastotasi 85-600 min-1
5. Jilvirlash babkasi elektr dvigateli ]V=3kW; «=2880 min'1
6. Oldingi babkaning eng katta burilish burchagi 30°
7. Ko'ndalang surish 0,05-1,2 mm/min
8. Stolning harakat tezligi 0,4-10 m/min.
Ichki jilvirlash stanoklarida zagotovkani o'rnatib mahkamlash uchun universal va maxsus moslamalardan foydalaniladi.Universal mo- slamalardan ko‘p qo‘llaniladiganlari quyidagilardir:
-to‘rt kulachokli patronlar (simmetrik va silindrik bo‘lmagan detallar uchun);
-uch kulachokli patronlar (silindrik detallar uchun);
-magnitli patronlar (yupqa disk va halqalar uchun);
-membranali patronlar (podshipnikning tashqi halqasi uchun, katta aniqlikda ishlov berishni ta’minlaydi).
Yassi jilvirlash stanoklari tekisliklar va chiziqsimon shakldor yuza- larni jilvirlash uchun xizmat qiladi. Bu stanoklar jilvirlash doirasining cheti (periferiya) bilan (16.11-rasm, a) va yoni (toretsi) (16.11-rasm, b) bilan ishlaydigan, stolning shakli bo‘yicha to‘gsri burchakli stolli va doiraviy stolli stanoklarga bo'linadi. Jilvirlash doirasining cheti bilan ishlaydigan stanoklarning ishlov berish aniqligi doiraning yoni bilan ishlaydigan stanoklamikiga qaraganda yuqoriroq, lekin doiraning yoni bilan ishlovchi stanoklarning ish unumdorligi ancha yuqori
Yassi jilvirlash stanoklarining asosiy mexanizmlari quyidagilardir:
- jilvirlash doirasining elektr yuritmasi (elektr dvigateldan);
- bo‘ylama surishlar mexanizmi (gidroyuritmadan);
- ko£ndalang surishlar mexanizmi (gidroyuritmadan yoki vintli mexanizmdan);
- vertikal surishlar mexanizmi (xrapovikli mexanizm yoki gidrosilindrdan);
-doiraviy stol aylanma harakati (elektr dvigateldan surish qutisi orqali yoki o‘zgarmas tok elektr dvigatelidan, yoki hajmi bo‘yicha boshqariladigan gidrodvigateldan).
ЗБ722 modelli yassi jilvirlash stanogi to‘g‘ri burchakli stol va gorizontal shpindelga ega (16.12-rasm.).
Texnik tavsifi:
1. Stol ishchi yuzasining o‘lchamlari 320* 1000 mm;
2. Jilvirlash doirasining diametri 450 mm;
3. Jilvirlash doirasining aylanish chastotasi 1460 ayl/min;
4. Ko‘ndalang surish (avtomatik, stolning har yurishiga) 1-30 mm;
5. Vertikal surish (avtomatik, stolning har yurishiga) 0,005-0,1 mm;
6. Bo‘ylama surish (stolning surilish tezligi) 2-40 m/min;
7. Bosh elektr dvigatelining quwati 10 kW.
ЗЕ721ВФ1-1 modelli yassi jilvirlash stanogi yakka buyurtmali,
mayda seriyali va o‘rta seriyali ishlab chiqarish sharoitida turli tekis yuzalarni xomaki, yarim tozalab va tozalab jilvirlash uchun mo‘ljallangan. Stanok raqamli indikatsiya bilan yuqori aniqlikda ishlaydi (B). U gorizontal shpindel va to‘g‘ri burchakli ikki o‘zaro perpendiku- lar yo‘nalishda harakatlana oladigan stolga ega. Jilvirlash doirasining cheti (periferiya) bilan ishlaydi. Stolning bo‘ylama surilishi—ilgarila- ma-qaytar harakati gidrosilindr yordamida bajarilib, bu harakat tezligi 2...35 m/min oralig‘ida pog‘onasiz o‘zgaradi.
Stanokning raqamli indikatsiya sistemasi ishlov berish siklini av-tomatlashtirish darajasini oshirish, shuningdek kesilishi kerak bo'lgan metall qatlami (припуск)ш aniq dastur bo‘yicha olish imkoniyat- larini oshiradi.
ЗБ740 modelli yassi jilvirlash stanogi doiraviy stol va gorizontal shpindelga ega. Qiya yuzalarga ishlov berish uchun lyulka va krest stoli burilish imkoniyatiga ega (16.13-rasm).
Stanokning texnik tavsifi:
Stolning diametri Д. =400 mm;
Jilvirlash doirasi diametri d—350 mm;
Jilvirlash shpindeli aylanish chastotasi 1900 ayl/min;
Stolning aylanish chastotasi «st=20-200 ayl/min;
Vertikal surilish sv=0,0025-0,03 mm/min;
Bosh elektr dvigatel quwati Nei=7 kW.
Foydalanilgan adabiyotlar
METALLARNI KESISH NAZARIYASI ASOS1ARI, METALL KESUVCHI STANOKLAR VA ASBOBLAR
Oliy о ‘quv yurtlari uehun о ‘quv qo ‘llanma
Toshkent —“Talqin”—2006
2. V. A. Mirboboev. Konstruktsion materiallar texnologiyasi. T.: «O’qituvchi», 2004.
3. Shonasirov Sh. Sh., Abdugaffaro X.J. «O’quv ustaxonasi» fanidan uslubiy qo’llanma.TTESI, 2006.
4. Internet va Ziyo net ma`lumotlari.
5. Krupnitskiy E.I. «Slesarlik ishi». 1979 y.
6. Maxkamov S. «Slesarlik ishini o’rganish». 1988 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |